Jizzax davlat pedagogika instituti jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#202999
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
3380-Текст статьи-15061-1-10-20201031

AHLOQIY  QADRIYAT  –  insoniy  fazilat  va  xislatlar  uyg’unligini  o’zida 

mujassamlashtirgan,  jamiyatdagi    ijtimoiy    tartiblar,  xuquq,  odob 

normalarini  anglash,  unga  rioya  qilish,  xamda  qadrlash  asosida 

takomillashib  boradigan  umuminsoniy  fazilatning  xam  fikriy,  xam 

amaliy me’yorlari majmui. 




 



 



“Qadriyat”  tushunchasi  va  mohiyati.  XX  asrning  boshida  fransuz 

faylasufi  P.  Lappi  qadriyatlar  nazariyasini  ifodalash  uchun  “aksiologiya”  (yunon. 

“axios”- “qadriyat”, “logos” – “fan”, “ta’limot”) atamasini muomilaga kiritdi.  

 

Qadriyatlar  haqidagi  ta’limot  aksiologiya  deb  nomlandi.    Aksiologiya  - 



inson  va  jamiyatning  moddiy  ehtiyojlari,  manfaatlari  va  ma’naviy  ehtiyojlari 

orasidagi  obyektiv  bog’lanishlarni  anglab,  ma’naviy  qadriyatlar  va  ehtiyojlarni 

o’ziga  xos  ko’rinishi  sifatida  ta’riflaydi;  Qadriyatlarning  tarixiy  taraqqiyot 

bosqichlaridagi  shart-sharoitlardan  kelib  chiqishini,  qadriyatlar  turli  davrlarda 

o’zgarib turishini, qadriyatlar tarkibidagi unversal umuminsoniy, ayrim millatlar va 

madaniyatlarga  xos  qadriyatlar  borligini  aniqlaydi;  Qadriyalar  rang-barangligini 

asoslaydi  va  inson  manfaatlari,  baxt  saodati  uchun,  tabiat,  jamiyat  taraqqiyoti 

uchun  qaysi  qadriyatlarning  muhimligi  darajalarini  belgilaydi;  Inson  manfaatlari, 

huquqlari  va  shaxs  erkinligini  hozirgi  jahon  taraqqiyoti  jihatidan  ustuvor 

qadriyatlar  ekanligini  belgilaydi;  Madaniy,  ma’rifiy  va  diniy  meros  bo’lgan 

qadriyatlarni egallashning zarurligini asoslaydi. 

 

Qadriyatlarning  inson  hayotidagi  o’rnini  aniqlashda  gnoseologik, 



sosiologik  va  ontologik    yondoshuvlar  dialektik  birligini  qo’llanilishi  talab 

etiladi. Bu quyidagicha izohlanadi: 

 

-birinchidan,  kishilik  jamiyatining  ilk  davrlarida  insonning  shu 



hayotda yashay olish qobiliyatini o’stirishi asosiy qadr-qimmatga ega bo’lgan; 

 

-ikkinchidan,  qadriyat,  tarixiy  tajribalar,  asosan,  ma’naviy  qadriyat 



orqali bir davrdan ikkinchi bir davrga yangicha  mazmun va  shakl birligida o’tib 

boradi,  bir  avloddan  ikkinchi  avlodga  yetkazib  beriladi.  Shu    ma’noda 

qadriyatning  tarixiy  taraqqiyot  jarayonida  rivojlanishi  har  bir  davrga  o’

Z

 



ta’sirini o’tkazib  borishi bilan belgilanadi; 

 

-uchinchidan,  jamiyatning  qadriyatlarga  asoslangan  hayoti,  madaniyati, 



siyosiy,  axloqiy,  ilmiy,  huquqiy,  diniy  qarashlari  o’zaro  ichki  aloqaga 

kirishadilar va ma’naviy qadriyatning ichki atributlariga aylanadilar; 

 

-to’rtinchidan,  qadriyatlarga  mujassamlashgan  jamiyat  taraqqiyoti  uchun 



xizmat  qiladigan  xolatlar  va  jarayonlar  insonning  ma’naviy  kamolotini 

belgilaydigan mezondir; 

-beshinchidan,  istiqlol  tufayli  O’zbekiston  jamiyatining  ma’naviy 

yangilanishida,  yangi  qadriyatlarning  shakllanishi  va  rivojlanishida  obyektiv 

sharoit va subyektiv omillar yuzaga kelib, ularning roli ortib bormoqda. 

Qadritlar  inson,ijtimoiy  guruxlar  va  uyushmalarning  biron-bir  ehtiyojlarni 

qondirish, ularning manfaatlari va ezgo’ niyatlariga xizmat qilishga qodir moddiy 

va  ma’naviy  predmetlar,  shu  predmetlarga  nisbatan  bo’lgan  munosabatdir.  Inson 

va jamiyat uchun ahamiyatli bo’lgan narsa va hodisa qadriyatga, qadriyatli xislatga 

ega bo’ladi.  

Atrof-borliqda  odamlar  e’tiboridan  chetda  qoladigan,  ular  qadriyat  sifatida 

qaramaydigan  hodisalar  juda  kam.  Shu  sababli  qadriyatlar,  tabiat  hodisalari, 

jamiyatdagi  jarayonlar,  insoniy  xatti-harakatlar  va  tuyg’ular  kabi  ko’pdir.  Ammo 

bu  fikr    ayrim  insonni  emas,  balki  butun  insoniyatni  nazarda  tutgan  taqdirdagina 

o’rinlidir.  Ayrim  insonda  qadriyatlar,  ya’ni  uni  qiziqtirgan  hodisalar  doirasi  juda 



 

tor,  cheklangan  bo’lishi  ham  mumkin.  Inson  shaxsiyatining  torligi  uning  hayot 



qadriyatlari, qiziqishlar sonining ozligi va ularning xususiyatida namoyon bo’ladi. 

Inson  voqyelikka  nisbatan  turli  munosabatda  (ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy, 

mafkuraviy  va  xakozolar)  bo’ladi.  Voqyelikka  bo’lgan  munosabatlar  doirasida 

inson  predmeti  va  hodisalarni,  o’zini  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  o’rganadi, 

biladi,  o’zlashtiradi,  ularga  baho  beradi,  ahamiyatini  aniqlaydi.  Mana  shu  baho 

berish,  ahamiyatini  aniqlash  paytida  inson  va  predmet  o’rtasida  qadriyatli 

munosabat paydo bo’ladi.  

Bilishda  narsa  va  hodisalarni  mohiyati,  xususiyatlari  in’ikos  etiladi,  ularga 

baho  berishda  inson  uchun  ahamiyati,  uni  qaysi  ehtiyoji  qondirilishi  aniqlanadi. 

Birinchi  gnoseologik  munosabat  doirasida  amalga  oshirilsa,  ikkinchisi  qadriyatli 

munosabatni bildiradi. 

Munosabatni  asosida  aloqadorlik,  bog’lanish,  o’zaro  qaramlik  yotadi. 

Qadriyatli munosabat zamirida esa inson va tevarak-atrof o’rtasidagi bog’lanishga 

olib  keladigan  inson  ehtiyoji  yotib,  u  narsalarga  faol  munosabatda  bo’lishga,  bu 

munosabatni  ro’yobga  chiqishi,  baho  berishi,  qadrlash,  predmetlarni  inson  uchun 

ahamiyati ochib berish bilan yakunlanadi.  

Demak, inson va voqyelik o’rtasidagi bog’lanish: 

birinchidan,  zaruriyatchilik,  insonni  tevarak-atrofsiz  (undan  modda, 

energiya, ashyo, bilish uchun in’ikos, obrazlar olmasdan) yashay olmasligi;  

ikkinchidan,  tabiat  va  jamiyatdagi  predmetlar  va  tizimlarga  nisbatan 

muhtojlik, talab, xojat, keraklik shaklida qadriyatli munosabatni yuzaga keltiradi/ 

Tabiatda  mavjud  bo’lgan  predmetlar,  tizimlar  jamiyatda  ishlab  chiqilgan 

mahsulotlar  manfaat,  zaruriyatchilik  asosida  o’rnatilgan  qadriyatli  munosabat 

doirasida    bir  necha  xil  ehtiyojlarni  qondirishlari  mumkin,  shu  bois,  xilma-xil 

qadriyatli belgilarga, xislatlarga ega bo’ladilar.  

Masalan,  ichish  vositasi  bo’lgan  piyola  o’zining,  foydali  xususiyatli  tufayli 

iste’mol  qiymati,  moddiy  ne’mat    sifatida  qadriyatli  tomonini  namoyon  etadi. 

Mehnat  maxsuloti  va  tovar  ayriboshlash  buyumi  bo’lganligidan  piyola  iqtisodiy 

qadriyat,  qiymat  sifatida  maydonga  chiqadi.  Agar  piyola  san’at  buyumi  bo’lsa,  u 

vaqtda u estetik qadriyatga, nafosatga ham ega bo’ladi.  

Manfaatlar,  ehtiyojlar  ma’naviy  xarakterga  ega  bo’lishi  mumkin.  Bunda, 

turli ijtimoiy manfatlar va ehtiyojlarni qondiradigan g’oyalar, ta’limotlar (qondirish 

baho  berishda  namoyon  bo’ladi:  yaxshilik  va  yomonlik,  adolat  va  adolatsizlik, 

axloqiy qoidalar va xakozolar) qadriyatga aylanadi. 

Inson  faoliyatining  barcha  sohasi  qadriyatli  munosabat  bilan  o’ralgan. 

Qadriyatli  munosabat  va  baholash  orqali  inson  o’z  faoliyatini  yo’naltiradi, 

boshqaradi,  kamolotga  erishadi.  Har  qanday  xatti-harakat,  xatto  insonlarning 

fikrlari ham ijtimoiy va individual qiymatga ega bo’ladi.  

Shaxs  va  jamiyat  ehtiyoj-lari  va  manfaatlarining  rang-barangligi 

qadriyatlarning murakkab tizimida o’z aksini topadi. Bu qadriyatlar turli asoslarga 

ko’ra tavsiflanadi.  

Kishining  moddiy  ehtiyojlarini  bevosita  qondiruvchi  narsalar  –  ishlab 

chiqarish  vositalari,  mehnat  qurollari  va  boshqalar  moddiy  qadriyatlar;  siyosiy, 

huquqiy, falsafiy, diniy, axloqiy sohalarga oid qadriyatlar ma’naviy qadriyatlar deb 

ataladi.  Har  qanday  qadriyat  ijtimoiy  taraqqiyot  jarayonida  muayyan  tarzda 



 

10 


namoyon  bo’lib,  inson  bilan  tabiat,  inson  va  inson  munosabatlarini  o’zida  aks 

ettiradi hamda jamiyat rivoji jarayonida takomillashib boradi. Shu nuqtai nazardan 

yondoshganda, qadriyalarning ahamiyati turli davrlarda turlicha bo’lgan va bo’ladi.  

Insoniyatni  o’rab  turgan  borliq,  atrof-muhit,  jonli  va  jonsiz  tabiatning  eng 

muhim  tomonlarini  ifodalaydigan  qadriyatlar  umumbashariy  xususiyatlarga  ega. 

Bular  inson  va  ular  ongiga  bog’liq  bo’lmagan,  kishilarning  irodasiga 

bo’ysinmaydigan  tashqi  olam  hamda  borliqning  yashashi,  harakati,  makon, 

zamondagi  o’zgarishlar  bilan  bog’liq  jarayonlarni  ifodalaydigan  eng  muhim  va 

umumiy  qadriyatlardir.  Borliq,  tabiat  va  ular  bilan  bog’liq  qadriyatlar  jamiyat  va 

inson bo’lmasa  ham yashay oladi,  ammo inson bu  qadriyatlarsiz yashay olmaydi. 

Bu  jihatdan  umumbashariy  qadriyatlar  jamiyat  uchun  hyech  qachon  o’z 

ahamiyatini yo’qotmaydigan, adabiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir. 

 

Qadriyat va qadriyatlar quyidagi xususiyat va belgilarga ega:  



 

-  birinchidan,  ular  inson  ongi,  dunyoqarashi,  yon-atrofga,  ijtimoiy 

borliqqa, boshqa “Men”larga subyektiv munosabatining ifodasi; 

 

-  ikkinchidan,  olamni,  hayotdagi  o’zgarishlar  va  hodisalarni  anglashga 



qaratilgan gnoseologik tajribasining maxsuli; 

 

-  uchinchidan,  ontologik  asosiga  ega  bo’lsa-da,  o’zi-o’zi  uchun  subyektiv 



voqyelik kongnitiv hodisa, fenomen;  

 

-  to’rtinchidan,  ular  barqaror  tushunchalar  sifatida  obyektiv  hodisalar 



va  o’zgarishlar  ketidan  ergashib  ketavermaydi,  balki  nisbiy  mustaqil  fenomen 

tarzida ularni izohlaydi, talqin qiladi, lozim topsa, rad etadi; 

 

-beshinchidan,  qadriyatlarning  obyektiv  borliqdan  va  hodisalardan 



nisbiy  mustakilligi  ularni  ijtimoiy  hayotdan,  undagi  jarayonlardan  alohida 

qarashga asos bulolmaydi; 

 

-  oltinchidan,      qadriyatlarni      ontologik      asosi      bilan      dialektik 



bog’liqlikda  qarashgina  ularning  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  fenomen  ekanligini 

anglashga yordam beradi; 

 

- yettinchidan, har qanday ikki hossa: funksional ahamiyat va shaxsga doir 



mazmun bilan tavsiflanadi.  

Qadriyatning funksional ahamiyati – bu narsa yoki 

g’oyalarning  ularni  mazkur  jamiyatda  qadriyatga  aylantiruvchi  ijtimoiy  muhim 

xossalari,  funksiyalarining  majmui.  Masalan,  muayyan  g’oyaga  ma’lum 

informasion  mazmun  va  uning  xaqqoniylik  darajasi  xos.  Qadriyatning  shaxsga 

doir  mazmuni  -    bu  uning  inson  ehtiyojlariga  bo’lgan  munosabati.  Qadriyatning 

shaxsga  doir  mazmuni  bir  tomondan,  qadriyat  funksiyalarini  bajaruvchi  obyekt 

bilan belgilanadi, boshqa tomondan esa, insonning o’ziga bog’liq bo’ladi;  

 

-sakkizinchidan, 



milliy 

va 


umuminsoniy 

qadriyatlar 

dialektik 

bog’liqdigida,  uyg’unligida  rasional  va  irrasional,  real  va  transsendental  jihatlar 

borligini unutib bo’lmaydi, faqat ulardagi integrativ belgilarni topish muammoni 

ilmiy xal etishga yetaklaydi. 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling