Jizzax Davlat Pedagogika Institutiti


Download 14.38 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.38 Kb.
#1557379
Bog'liq
TAQRIZ


Jizzax Davlat Pedagogika Institutiti “Tabiiy fanlar ” fakulteti “Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishining II-kurs tolibi Ne’matjonov Hasanning “Gund va Klichkovskiy qoidasi” mavzusi bo’yicha yozgan kurs ishiga
TAQRIZ
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan ta’lim tizimini II bosqichi undan keyingi bosqichlariga asoslanib, talaba ma’vzuni to’g’ri tanlagan va o’z ustida ishlashi jarayonida ilmiy adabiyotlarni taxlil qilib quyidagi manbalarni keltirgan.
1. Gund va Klichkovskiy qoidasi manbalar asosida keltirgan va bunda o’rganishlar olib borgan olimlarni ilmiy izlanishlarni denamik tahlil qilgan.
2. “Gund va Klichkovskiy qoidasi” mavzu yuzasidan umumiy tushunchalarni to’liq bayon qilgan, bunda turli xil manbalardan foydalangan.
3. O’rgangan mavzu yuzasidan ma’lumotlarni ketma-ketligini to’g’ri tanlagan va izchillik yaratgan. Bu kurs ishini o’rganuvchilar uchun ushbu mavzuni uzluksizlik asosida ketma-ket o’rganib borishlarini ta’minlaydi.
4. Kurs ishida mavzuning dolzarbligiga aloxida e’tibor qaratgan. O’rganib chiqilgan mavzudagi bilimlarni qo’llash yuzasidan misollar keltirib o’tilgan. Mavzuning boshqa fanlar bilan bog’liqliklari ko’rsatib o’tilgan.
5. Mavzu bo’yicha olingan va to’plangan ilmiy manbalar tahlil qilingan. Ushbu Kurs ishida talaba ko’pgina ilmiy adabiyotlarni tahlil qilib ularni ro’yxatini keltirgan hamda internet manbalaridan foydalangan.
Ushbu kurs ishi Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning kurs ishini tayyorlash va himoya qilish tartibi to’g’risidagi nizomga mos holda bajarilganligini hisobga olgan holda ushbu kurs ishini himoyaga tavsiya etaman.
Jizzax Davlat Pedagogika Institutiti
“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi
kafedrasi mudiri, ilmiy rahbar Shomurodov E.B.
Download 14.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling