Jizzax Davlat Pedagogika Universitetiningning Matematika va Informatika yo’nalishi 2-kurs 111-21-guruh talabasi Mamasafarov Botirning Matematika o’qitish metodikasi fanidan mustaqil ishi
Mavzu:O’ylang texnikasi
«О‘YLANG-JUFTLIKDA ISHLANG-FIKR ALMASHING»
Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bо‘lib, talabalarni matn ustida fikrlash, о‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda ifodalashga yо‘naltiradi.
«О‘ylang-Juftlikda ishlang-Fikr almashing» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. О‘qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin о‘ylab chiqish, sо‘ng qisqa javoblar yozish tartibida.
2. Talabalar juftliklarga bо‘linib, biri biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.
3. О‘qituvchi bir necha juftliklarga о‘ttiz sekund davomida auditoriyaga о‘z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.
Quyidagi о‘quv topshiriqlarini bajarish uchun 3 guruhga bо‘lining:
1. Mustaqil xohlagan shaklda «hamkorlikdagi о‘qish», «о‘zaro о‘qish», «birgalikda о‘qish» tushunchalariga, sizning fikringiz bо‘yicha, munosib tavsif va belgilarni yozing.
2. Guruhda birgalikda yozilganni muhokama qiling va ushbu tushunchalarni birga taqqoslab tahlil qilishga harakat qiling (grafik tashkil etuvchilaridan foydalanishingiz mumkin).
3. Siz uchun uchta о‘qish texnikasidan qaysi biri ma’qul? О‘z javobingizni asoslab bering.
Ushbu mavzu bо‘yicha guruh bilimini aks etadigan kо‘rgazmali taqdimotni tayyorlang.
Boshqa guruhlar a’zolarining bilimini tekshirish uchun savollarni tayyorlang.
" O’ylang texnikasi " metodining afzalliklari:
• ta'lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
• fikr-g'oyalar vizuallashtirilib boriladi;
• ta'lim oluvchilarning boshlang'ich bilimlarini tekshirib ko'rish imkoniyati mavjud;
• ta'lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg'otadi.
" O’ylang texnikasi " metodining kamchiliklari:
• ta'lim beruvchi tomonidan savolni to'g'ri qo'ya olmaslik;
• ta'lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
• mashqni bajarish uchun kerak bo’ladigan vaqtni hisoblab chiqish
" O’ylang texnikasi " metodi yordamida dars ishlanma
Do'stlaringiz bilan baham: |