Jizzax davlat pedagogika unversiteti tarix fakulteti
Download 0.51 Mb.
|
4-MAVZU (3) (1)
Oliy Majlis “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning huquqlari vaerkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” qonunlarni, Mehnat kodeksi (1995), “Fuqarolik Kodeksi”ning (1996) (birinchi va ikkinchi qismlari) kabi ko‘plab qonunlar va qarorlar qabul qildi. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bo‘lib, saylangan deputatlardan O‘zbekiston Parlamentining yangi tarkibi shakllandi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan “2000-2002-yillarga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyatining ustivorlik jihatlari to‘g‘risida”gi hujjatni tasdiqladi.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling