Jizzax davlat pedagogika unversiteti
Download 0.88 Mb.
|
5-MAVZU
Bugun birgina avtomobilsozlik sohasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlagan Asaka avtomobil zavodida yengil avtomobillarning uchta rusumi ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sha paytda transport vositalari haqida gap ketganda birgina vodiyning Asaka shahri tilga olinar edi. Hozirda esa Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlari ham O‘zbekiston avtomobil sanoatining markazlari sifatida tilga olinmoqda. Mazkur zavodlar yengil va yuk avtomobillari, maxsus transport vositalarining 100 dan ortiq turlarini ishlab chiqarmoqda. Bu esa o‘tgan davr mobaynida yurtimiz avtomobil sanoati qanday shiddat bilan rivojlanganini ko‘rsatadi.1996-yil 19-iyul kuni Asakada «O’zDaewooAvto» qo‘shma korxonasining ishga tushirishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida butunlay yangi - avtomobilsozlik tarmog‘iga asos solindi. Mazkur tarixiy sanadan boshlab, to bugungi kunga qadar Asaka avtomobil zavodida eng zamonaviy standartlarga javob beradigan, qulay, ishonchli va tejamkorligi jihatidan xorijiy avtoulovlar bilan raqobatlasha oladigan avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling