Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti «axborot tizimi va texnologiyalari»


Download 125.22 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi125.22 Kb.
#1500360
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi klasterlashtirish

Ushbu kurs ishining maqsadi: Linux operatsion tizimida klasterlarni sozlash va o‘rnatish.Klasterlarni umumiy o‘rganish.
Kurs ishini bajarish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi :

  1. Klasterlashtirish va klaster haqida tushunib olish;

  2. Linuxda klasterlarni o‘rganib chiqish;

Kurs ishi ikki asosiy qismdan iborat: birinchi qism nazariy qism linux operatsion tizimi va Klasterlashtirish va klaster haqida ma’lumotlarga bag‘ishlangan. Ikkinchi bo‘lim bu amaliy qism bo‘lib bunda Linux operatsion tizimida klasterlarni o‘rnatish va sozlashni ko‘rib chiqamiz.

I. Nazariy qism
1.1 Linux operatsion tizimi haqida ma’lumot
Linux operatsion tizimi 1991-yil Xelsinkidagi universitetlardan birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disertatsiya ishi natijasida, UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizim sifatida yuzaga keldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Frex (ingilizcha “free”, “freak”so‘zlari hamda UNIX oilasiga mansubligi bildiruvchi “X” harflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq karnel birinchi bor joylashtirgan FTP serverning administrator hamda Tordalsning do‘sti Ari Lemka karnelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu bilan bu operatsion tizim “Lnux” degan nom bilan atala boshladi.
Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog‘iga joylashtirishi natijasida tеz orada o‘z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo‘ldi va ko‘pgina dasturchi (programmist)larni o‘ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o‘ziga xos o‘riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog‘i orqali yoki bo‘lmasa kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo‘ljallangan intеrfеyslari bo‘lib, ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command Line Interface) - konsol, ya’ni komandalar qatoridan iboratdir
Linux OTining ishchi stoli ko‘rinishi.
Linux — bu shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun Unix — turkumli operatsion sistema. Bu tarmoqli darchali grafik sistemasiga ega bo‘lgan X Window System sistemasi bo‘lib, ko‘p qo‘llaniladigan, yaxshi himoyalangan tarmoqli operatsion sistema hisoblanadi. Linux ОT Internet tarmog‘idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentiari, dastlabki matnlar bilan birgalikda chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o‘rnatish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi.
Linux ОT tomonidan beriladigan imkoniyatlar Ham ish joyida, ham uyda foydalanish uchun legal (ochiq) ravishda zamonaviy OSga ega bo‘lish imkoniyatini beradi;

  • tez harakatlanish darajasiga ega;

  • mustahkam, barqaror, uzilishlarsiz ishlaydi;

  • viruslar ta’siridan xoli;

  • zamonaviy РKlаr imkoniyatlaridan to‘la foydalanishga imkoniyat beradi hamda Dos va MS Windowslarga xos bo‘igan kompyuterlar xotirasi va protsessorlar resurslaridan foydalanishdagi cheklanganlikni olib ashlaydi;

  • ko‘p vazifalilik va ustuvorliklarni samarali boshqaradi, fanga oid vazifalar (uzoq hisoblash, modem orqali elektron pochtani jo‘natish, disketlarni formatlash va h.k.) interaktiv ishlashga xalal bermaydi;

  • kompyuterni lokal va global tarmoqlarga, shu jumladan «Internet» ga oson integratsiya qilishga imkon beradi; Novell va MS Windows asosidagi tarmoqlar bilan ishlaydi;

  • Unix, MS Dos va MS Windowslarning turli versiyalardagi boshqa OTlarning to‘ldirilgan formatda berilgan amaliy dasturlarini bajarish imkoniyatini beradi;

  • Unix dunyosida jamlangan va dastlabki matnlar bilan birga ochiq tarqatilayotgan juda ko‘p sonli turli dasturiy paketiardan foydalanish­ga imkon yaratadi;

  • Linux hamda boshqa OT da ishlashga yaroqlilik obyektga orientirlashtirilgan, ko‘p darchali matnli yoki grafik interfeysli kliyent-server klassidagi sistemani ham kiritgan holda istalgan darajadagi murakkab amaliy dasturlarni ishlab chiqish uchun instrumental vositalarning boy to‘plami bilan ta’minlaydi;

  • foydalanuvchiga va, ayniqsa, ishlab chiquvchiga barcha komponentlarning, OT yadrosini ham qo‘shgan holda, boy hujjatlar va dastlabki matnlar ko‘rinishida ajoyib o‘quv bazasini beradi;

  • barcha xohlovchilarga ishlab chiqishda o‘z kuchini sinab ko‘rishga, Linux OT chiquvchilarining istalgani bilan Internet orqali muloqot qilish va birgalikda ishlash hamda ushbu sistemaga hammuallif bo‘lib o‘z hissasini qo‘shishga imkon beradi.

Linux OT kimga va nima uchun kerak bo‘ladi?Ko‘p toifadagi foydalanuvchilar turli sabablarga ko‘ra Linux ni qo‘llashdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin.
Linux — to‘laqonli 32- razryadli (64-razryadlisi DEC AXP platformasida bo‘ladi) operatsion sistema bo‘lib, kompyuterni to‘la quvvat bilan ishlatadi. Linux IBM PS shaxsiy kompyuterni haqiqiy ishchi stansiyaga aylantiradi. Shaxsiy kompyuterning narxi ishchi stansiya narxidan juda past turadi.
Bu yerda narx bo‘yicha yutuq juda katta, chunki asbob-uskunalar bo‘yicha tejamkorlikdan tashqari, Linux ning dasturiy ta’minoti ochiq litsenziya bilan beriladi va u sistemadan bepul nusxa olishni cheklamaydi. Yadro, muharrirlar, translyatorlar, SUBD, tarmoq, grafik interfeyslar, o‘yinlar va boshqa ko‘plab dasturlar ta’minoti minglab megabayt hajmda bepul va qonuniy asosda beriladi. Qaroqchilik bozorida dasturlar uchun haq to‘lamaslik odatiy ish bo‘lib qolgan. Ammo Linux butunlay boshqacha, undan foydalanuvchilarni hech kim ta’qib qilmaydi, buning ustiga hujjatlarni to‘la berishadi.Yana shunisi ham borki, barcha dasturlarning dastlabki matnlari ham beriladi. Bu qaroqchilarning tushlariga ham kirmagan.
Linux foydalanuvchilar va amaliy sistemani ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. O‘zingiz bir faraz qilib ko‘ring, bir necha shoxobchalardan iborat firma hududiy jihatdan shaharning turli tumanlarida va, hattoki, boshqa shahar va mamlakatlarda joylashgan. Asosiy korxonada ma’lumotlar bazasi serveri ishlab turibdi, mijozlar - shoxobchalarda ish joylari - tarmoq orqali server bilan o‘zaro aloqa qilib turibdilar.


Download 125.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling