Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti
Download 0.67 Mb.
|
Falsafa.....presentatsiya ali
Globalistika. Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi kop sonli say-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular tasirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi globalistika paydo bolishiga olib keldi. Kengroq manoda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy yetish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qollaniladi.Globalistika mustaqil ilmiy yonalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bolishi uchun obektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi. Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, malum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga orin boshatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini togri talqin qilishga muvaffaq boldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar toplanishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab boldi. Songgi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni ozgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay ozgartirdi. Er kurrasi shar (globus) korinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat oz tarixida birinchi bolib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qolga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo yetish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, oz davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi. Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bogliq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo ozining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo boldi, XX asr ortalariga kelib esa u tola darajada borliqqa aylandi. Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bogliq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo ozining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo boldi, XX asr ortalariga kelib esa u tola darajada borliqqa aylandi Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling