Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti
Download 255.61 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Mustaqil ish Algoritm tillar va dasturlash
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`zMU JIZZAX FILIALI AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI KIDT YO`NALISHI 471-22- GURUH TALABASI ASHURBOYEV SHOHRUHNING ALGORITM TILLAR VA DASTURLASH FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: C# va boshqa tillarda (Pascal, C++) modulli dasturlash 1. Kirish. 1.1 Dasturlash tili haqida; 1.2.C# dasturlash tili tushunchasi; 2. Asosiy qism. 2.1. C#, Pascal, C++ va boshqa tillar ; 2.2. C# dasturlash tillariga oid masalalar; 3. Yakuniy qism. 3.1. Xulosa; 3.2. Foydalangan adabiyotlar; Inson kabi kompyuter ham óziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til bólib, u cheklangan lug'at va qat'iy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan "til" DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi. Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni tóg'ridan - tóg'ri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli ótkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator . KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha óqib , mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig'adi. INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma - bosqich mashina kodiga aylantirib , tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda kól bólib, ularning har biridan óziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qismning – texnik va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta’minotining jadal sur’atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta’minotni ham keskin sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi va aksincha. Buning sababi ma’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o‘yinchoq» bo‘lib qolaveradi. Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so‘ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun- qoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko‘rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo‘lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Ingliz tilida “see-sharp” deb talaffuz qilinadi. Microsoft NET maslagi uchun obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili. Ci va C++ tillarining chatishmasi bo`ladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan Sun kompaniyasining Java tiliga raqobatdosh sifatida ishlab chiqilgan. Microsoft kompaniyasining mutaxassislari aytishlaricha, C# o`zida C++ tilining quvvatini va Visual Basic muhiti soddaligini mujassamlantirgan. C# veb-qo`llanmalarni ishlash tezligini va samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan. Til qat’iyan statatik namunalashgan bo`lib, qat’iy obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili emas (obyektlar turlaridan tashqari ma’lumotlar turlariga ega). U polimorfizm, operatorlarning ortiqcha yuklanishi, ko`p oqimli hisoblar, vakil - funksiyalar, hodisalar, xossalar, istisnolar va XML formatidagi sharhlarni quvvatlaydi va chiqindilarni avtomatik tarzda yig`adi. C# ilk bor 2000 yilda chiqqan, uning so`nggi rusumi bo`lib C# 2.0 hisoblanadi. C (/si ː/) — kompilyatsiyalanuvchi statik dasturlash tili bo ʻlib, 1969-1973-yillarda Bell laboratoriyasi xodimi Dennis Ritchie tomonidan yaratilgan. Uning sintaksisi C++, C#, Java, Objective-C va boshqa ko ʻplab dasturlash tillari uchun asos boʻlib xizmat qildi. C++ (talaffuzi: si plyus plyus) —1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. 1983- yili hozirgi nom bilan ya ʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM o ʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qo ʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qo ʻllaniladi. Python (talaffuzi: Piton) — umumiy maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili. Python har xil platformalar uchun yozilgan, masalan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud bo ʻlib, uning nomi — IronPython. if, if-else, ?: sharti Shartli iboralar - bu alohida operatsiyalar to'plami. Bunday operatsiyalar mantiqiy qiymatni, ya'ni bool tipidagi qiymatni qaytaradi: ifoda rost bo'lsa rost, ifoda noto'g'ri bo'lsa false. Bunday operatsiyalarga taqqoslash va mantiqiy amallar kiradi. Taqqoslash operatsiyalari ikkita operandni taqqoslaydi va bool qiymatini qaytaradi - ifoda rost bo'lsa rost, ifoda noto'g'ri bo'lsa false. Quyida n butun sonni i butun songa bo`lgadagi x butun sonni topish dasturi hisoblanadi: using System; class HelloWorld { static void Main() { int i,n,x; Console.Write("n="); n=Convert.ToInt32(Console.ReadLine()); Console.Write("i="); i=Convert.ToInt32(Console.ReadLine()); x=n/i; Console.Write("x="); Console.WriteLine(x); } } Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalar https://kopilkaurokov.ru/informatika/presentacii/dasturlash_tillari_haqid a https://multiurok.ru/files/mavzu-dastur-va-dasturlash-tillari.html file:///C:/Users/Talaba/Downloads/1-Mavzu_Kirish%20(2).pdf https://www.onlinegdb.com/ https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://com munity.uzbekcoders.uz/post/dasturlash-tillari-haqida-ma-lumot- 60850db952e23b8580e63cee&ved=2ahUKEwjmmNeJj5n7AhVJs4sKH T9IDLQQFnoECBEQAQ&usg=AOvVaw0-a90gGYh7GfETjgHXCVoh Download 255.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling