Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/234
Sana29.09.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1689741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Bog'liq
OPN o`quv qo`llanma

Kirish.
 
Mamlakatimizda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ertangi yosh 
avlodni har tomonlama tarbiyalab, kelajakda komil insonlar boʻlib yetishishlarini 
koʻzda tutadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiznig ertasi 
boʻlgan yosh avlodga eʼtibor katta boʻlgan. Dunyo mamlakatlarining taraqqiyot 
darajasiga qarab yangi psixologik texnikalar va usullarning vujudga kelayotganligi, 
ularning jamiyat va insonlar ehtiyojiga koʻra mavqei oʻzgarib borayotganligi 
muttasil davom etmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida aholining ruhiy salomatligini 
muhofaza qilish milliy xizmatini takomillashtirish, ruhiy holati buzilishidan aziyat 
chekuvchi shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha sog‘liqni 
saqlash tizimining barcha darajalarida muayyan ishlar amalga oshirildi. 
So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni 
tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir 
qator ishlar amalga oshirildi. 
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 2 503 nafar, xalq ta’limi tizimida 
14 272 nafar pedagog-psixolog kadrlar faoliyat olib bormoqda. 
Respublikaning 10 ta oliy ta’lim muassasasida “Psixologiya”, 19 ta oliy 
ta’lim muassasasida “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklari bo‘yicha 5 717 nafar talaba tahsil olmoqda. Ushbu sohada qabul 
kvotalari keskin oshirildi, xususan 2018/2019 o‘quv yilining o‘zida 2 665 nafar 
talaba o‘qishga qabul qilindi. 
2017-yildan boshlab profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining 
ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, 5 696 ta umumiy 
o‘rta ta’lim muassasasida profilaktika inspektorlari, 5 328 ta umumiy o‘rta ta’lim 
muassasasida esa mahalla vakillarining xonalari tashkil etildi
1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Psixiatriya 
yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
PQ-3606-son qaroriga
 
muvofiq aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimini 
yanada takomillashtirish, psixiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari 
bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), shuningdek respublika psixiatriya 
muassasalari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bajarilmoqda. 
Jumladan, “psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha davlat grantlari asosida 
magistraturaga qabul kvotalari oshirildi, oliy tibbiy ta’lim muassasalarining 
psixiatriya kafedralarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot ishlari 
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada 
takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 07.06.2019 yildagi 
472-sonli qarori



faollashdi. Ilk bor ruhiy xastaliklarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha xususiy 
tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi. 
Qoʻllanmaning mazmun-tarkibiy qismlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
psxioterapiyaning umumiy va metodologik asoslari, oilaviy psixoterapiya tarixi, 
psixoterapevtik texnikalar, oila va uning hayotiy sikllari, oilaviy kommunikatsiyalar 
va metakommunikatsiyalar texnologiyalari, tizim nazariyasi, korreksiya va 
reablitatsiya masalalari. Shaxs, oila, oilaning tashkil topishi, nikoh oldi 
mexanizmlari, oilaviy muammolar va ularning yechimlarini hal etish mexanizmlari 
haqida batafsil ma’lumot berilgan boʻlib, oilalar ularning shakllanish bosqichlarida 
duch kelinadigan ziddiyatlar, oilaviy hayot sikllari, oila yagona tizim sifatida va u 
mijoz ekanligi toʻgʻrisida ularning parchalanishi va qayta qurilishi haqidagi, 
psixodiagnostik metodikalar Olson aylana halqasi, Geringning oilani tadqiq etish 
testi, “Yorliq”larni qayta shakllantirish, uchburchak “triangulyatsiya” tavsiflari, 
psixoterapevtik yondoshuvlar borasida axborotlar berildi.
Qoʻllanmada psixoterapevtik texnikalar, usullar, amaliy tavsiyalar va trening 
dastrulari mavjud hisoblanib ularni har qanday pedagog, psixolog va amaliyotchilar 
real hayotda qoʻllay oladi.
Mazkur “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” kursidan tayyorlangan darslik 
Ushbu darslik O‘zbekiston Republikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2020-yil 29-avgustdagi №БД 5210204. 3.01 raqam bilan qayd etilgan fan dasturiga 
asosan 5210204 - Yoshlar psixologiyasi, 5210205 - Oila psixologiyasi va ikkinchi 
mutaxassisliklar va sirtqi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan “Oila 
psixoterapiyasi nazariyalari” namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling