Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/234
Sana29.09.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1689741
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   234
Bog'liq
OPN o`quv qo`llanma

 
Nazorat savollari 
1. Oila bilan ilk uchrashuvning terapevtik masalalari? 
2. Birinchi interviyuning ijtimoiy, muammoli va yakuniy bosqichi qanday? 


279 
3. Muammolarning tizimli diagnostikasi haqida nima bilasiz? 
4. Psixoterapiya strategiyasi qanaqa? 
5. Oilaviy surishtiruv texnikasi qanday amalga oshiriladi? 
6. Terapevtik dasturni ishlab chiqishda tartibi? 
7. Oilaviy xoreografiya nima? 
8. Oilaviy haykaltaroshlik tushunchasi? 
9. Oilaviy terapevtning vazifasi nimadan iborat? 
10. Diagnostika – bu? 
 
 
 
 
 
Glossariy 
Abuliya - (qadimgi yunoncha: ἀ-inkor yuklamasi va βουλή — iroda) nevrologiya 
va psixiatriya sohasiga oid tibbiy atama boʻlib, bemor zarurligini anglasada
harakatni amalga oshirishga qodir boʻlmagan, zarur qaror qabul qila olmaydigan 
irodaning patologik yetishmasligi holatini bildiradi. 


280 
Adaptatsiya - (lot. adaptaro–moslashmoq) sezgi a’zolari (analizatorlar) ning 
ta’sirot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirliknig oʻzgarishi  
Aerofobiya – samolyotda uchishdan qoʻrqish. 
Afaziya - (yunoncha a – inkor qoʻshimchasi va phasis – fikr) – gapira olmaslik
soʻzlash qobiliyatining buzilishi. 
Afaziya - (yunon. a –yuk. phasia-nutq)- eshitish a’zolarining sogʻlom boʻlgani 
holda nutq faoliyatining buzilishi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogining 
shikastlanishi natijasida paydo boʻladi.  
Affekt - (lot. affektus –ruhiy hayajon, ehtiros) kuchli, tez va joʻshqin 
kechuvchi, nisbatan qisqa muddatli, his-xayajonli, irodaviy nazorat 
yoʻqotilgan ruhiy holat.  
Agnosiya - (qadimgi yunoncha: ἀ- qadimgi yunoncha: ἀ-inkor qoʻshimchasi, 
+γνῶσις — bilim) -fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega boʻlmaslik; sezuvchanlik 
va ongni saqlab qolgan holda, maʼlumotni tanib olish va aniqlash qobiliyati 
yoʻqolgan turli xil idrok turlarining (vizual, eshitish, taktil) buzilishi. bunda bemor 
sezgi aʼzolari bilan narsalarni idrok qilolmaydi 
Agorafobiya - (boshqa yunoncha ἀgórĬ "bozor, bozor" + phosos "qoʻrquv" dan) -
ochiq joydan, ochiq eshiklardan qoʻrqish; kutilmagan harakatlarni talab qilishi 
mumkin boʻlgan olomondan qoʻrqish bo'lgan ruhiy kasallik; 
Agglyutinatsiya - (lot. agglutinare – yopishtirmoq) bir necha narsalarning 
ayrim xar xil qismlarini olib birlashtirilib, yangi narsa va hodisalarning 
obrazlariga yaratilgan iborat xayol faoliyati. Mavjud obraz va tasavvur 
qismlarini bir-biriga «yopishtirib» qoʻshish asosida yuzaga keladi. Mas. Suv 
parisi obrazi.  

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling