281
Antipatiya - (yunon. antipotheia-koʻngilsizlik, xushlamaslik,yoktirmaslik) -
biror narsaga yoki kimsaga nisbatan boʻlgan
salbiy munosabatdan kelib
chiqadigan va uni ifodalaydigan yoqimsiz hissiyot.
Apatiya - charchash, ogʻir his-tuygʻu yoki kasallik
oqibatida qiziqishning
soʻnishi, atrofdagilarga nisbatan befarq boʻlish, maʻyuslik kabi ruhiy holatlar.
Assimilyatsiya - bu bolalarda ularning aqliy sxemalariga qoʻshilmagan
ma’lumotlarga duch kelganda faollashadigan birinchi jarayon. Bu orqali
bolalar oʻzlarining fikrlash tarzini oʻzgartirmasdan,
dunyo haqida bilgan
narsalariga yangi ma’lumotlarni kiritishlari mumkin.
Asteniya - (yunon. asthenea-xolsizlik) kuchli toliqish, sezgirlikning susayishi,
kayfiyatning beqarorligi, uyquning buzilishi bilan ifodalanuvchi ruhan sustlik,
ojizlik holati. Unga uzoq muddat spirtli ichimlik ichish natijasida hosil
boʻladigan ruhiy sustlik misol boʻladi.
Attraktsiya – (fran. attraktion –qiziqmoq, intilmoq)-
kishini boshqa kishi
tomonidan qanday qabul qilinishini belgilovchi tushuncha, ya’ni
bir kishini
koʻrib qolganda, idrok etganda yuz beradigan tafakkur turi.
Do'stlaringiz bilan baham: