282
shikastlanishlar, shuningdek, asosiy kasallikka yoʻldosh kasalliklar tufayli roʻy
beradi.
Despotizm - deganda shaxsning boshqa shaxsga
yoki hatto bir guruh
odamlarga nisbatan hokimiyatga boʻlgan intilishi tushuniladi. Boshqarish
istagi Ba’zi psixologlar tomonidan instinktiv ehtiyojlar bilan bogʻliq. Har bir
inson qudratli boʻlishni, ya’ni boshqalarni boshqarish va ularga buyruq
berishni
xohlaydi, deb ishoniladi. Biroq, despotizm hamma odamlarda ham
namoyon boʻlolmaydi va unga ega boʻlganlarda u har xil darajada namoyon
boʻladi. Bu shuni koʻrsatadiki, despotizm - bu hayot jarayonida rivojlangan
fazilat, odam u bilan tugʻilmaydi.
Diqqat - individning hissiy, aqliy va harakatlantiruvchi faolligi darajasining
oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yoʻnaltirilganligi
va bir narsaga
qaratilganligi. Diqqat ongning bir nuqtaga toʻplanib, muayyan bir obyektga
faol qaratilishidir. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: