Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
OPN o`quv qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idrok aniqligi
- Idrokning konstantligi
- Illyuziya
- Individuallik
Identifikatsiya - Bu soʻz, boshqarish «aniqlash», deb tarjima lotincha
«identificare», kelgan toʻliq yaqinligi yoki oʻzaro mosligidan tashkil etish. Har 285 daqiqada biz, oʻzi bilmagan holda, biz insonlar, hayvonlar va turli obyektlar va hodisalarni aniqlash. Idrok aniqligi - idrok obrazlarini idrok qilinayotgan narsalarga qanchalik muvofiq kelish darajasi. Idrok tezligi - idrok qilinayotgan narsaning sezgi a’zolariga ta’sir qila boshlagan paytdan , to bu narsaning obrazini anglab olgunimizgacha oʻtgan vaqt. Idroklilik - idrokning toʻliqligi, aniqligi va tezligi kabi ijobiy xususiyatlardan tashkil topgan aql sifati, zehn tezligi. Inklyuziv ta’lim - bu maxsus oʻquv ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha oʻquvchilar uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olish huquqini teng ravishda ta’minlashdir. Idrokning konstantligi - (lot. constantis-oʻzgarmas, doimiy)-idrok qilinayotgan narsalarning oʻlchami, shakli va rangi ungacha boʻlgan masofani oʻzgartirganda ham nisbatan turgʻunlik holatining oʻzgarmasligi. Idrok - sezgi a’zolariga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir etuvchi narsa va hodisalarning kishi ongida yaxlit holda psixik aks etirishdan iborat psixik jarayon. Illyuziya - (lot. illusio-aldash)- borliqning, voqelikning notoʻgʻri idrok etilishi, idrokning chalgʻishi. Sezgi a’zolari takomillashganmaganligi natijasidagi qoʻrquv. Improvizatsiya - (lot. improvisus — kutilmagan, bexosdan) — sheʼr, musiqalarni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish; aktyor oʻyinida bexosdan paydo boʻladigan ilhom, ijodiy fantaziya, ruhiy koʻtarinkilik, fikr, soʻz, ohang va tasvirning erkinligi. Individuallik - muayyan shaxsning boshqa shaxslardan ajratib turuvchi, shaxsning uziga xos hislatlari. Induktsiya - (lot. industio- keltirib chiqarish) juzʻiy yoki yakka hollarda umumiyga, ayrim faktlardan umumlashmalarga qarab boradigan induktiv xulosa chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi, tafakkur formasi. Instinkt - (lot. instinctus-ichki mayl, intilish)-organizmning tashqi yoki ichki ta’sirotlar natijasida paydo boʻladigan murakkab tugʻma harakatlari majmui, murakkab shartsiz refleks (ovkatlanish,ximoyalanish, jinsiy instinkt va b. ) Odamda instinkt uning ongi bilan boshqariladi. Intrauterin - oʻsishning sustligi homiladorlik paytida qornida boʻlganida homilaning zaif oʻsishini anglatadi. Buning yuzaga kelishining sabablari juda 286 koʻp, ammo eng koʻp uchraydigan sabablar onaning yomon oziqlanishi va homilaning kislorod bilan yetarli darajada ta’minlanmasligi. Iroda – kishining oʻz oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishishi uchun qiyinchiliklarni yengib oʻtishiga qaratilgan faoliyati va xulq –atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va oʻzini – oʻzi boshqarishidir. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling