Ish soʻrovi - bu mijozning muammolarini umumiy shakllantirish va uni hal
qilishning kerakli natijasidir.
Ishonch krediti - mijoz va maslahatchi oʻrtasida oʻzaro va bir tomonlama
ishonchni (yoki ishonchsizlikni) tasdiqlash uchun haqiqiy asoslar paydo
boʻlgunga qadar, ma’lum vaqt ichida, odatda qisqa vaqt ichida bir-birlariga
soʻzsiz, asossiz ishonch toʻgʻrisida ikki tomonlama kelishuv.
Ishonchlilik - obyektiv voqeilikdagi narsa va hodisalarni fikran toʻgʻri, shak-
shubxasiz aks ettirishdan iborat mantiqiy kategoriya.
Ishontirish - shaxsga muayyan ta’sir oʻtqazish. Buning natijasida kishi irodasi
va ongidan qat’iy nazar, unda muayyan holat, hissiyot, munosabat vujudga
keltiriladi.
Istak - intilishning maqsadi aniq boʻlmagan xolat. Bu maqsadga erishuvning
yoʻli va vositalarini tula anglab yetmaslikdan iborat irodaviy holat.
Iste’dod - shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon boʻladigan tugʻma
layoqatlari yoki boshqacha aytganda shaxsning tabiiy va muayyan ijtimoiy
muhit ta’sirida erishgan noyob hislatlari. Biror sohada yuksak darajadagi
qobiliyat.
Iste’dodli bolalar - oʻzini umumiy yoki maxsus iste’dodini namoyon qilgan
bolalar. Iste’dodli bolaning aqliy rivojlanishini tashhis qilinib aniqlanadi.
Ixtiyoriy diqqat - ongimizning obyektga ixtiyorsiz ravishda yoʻnaltirilsada,
uning ustida ma’lum vaqt barqaror holda, toʻplanib turishidan iborat ixtiyoriy
diqqat turi.
Ixtiyoriy esda olib qolish - maxsus mnemik harakatlar, ya’ni asosiy maqsad
esda olib qolishdan iborat boʻlgan harakatlar mahsuli.
Ixtiyorsiz diqqat – ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda
muayyan obyektga yoʻnaltirilishi va unda toʻplanishidan iborat diqqat turi.
Ixtiyorsiz xotira - biror narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus
maqsad boʻlmagan holda esda olib qolish va qayta esga tushirish kabilar
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |