5
I BOB. PSIXOLOGIK XIZMAT TIZIMIDA OILAVIY
PSIXOTERAPIYANING OʻRNI.
Reja:
1. XX asrda psixoterapiyaning asosiy yoʻnalishlari klassifikatsiyasi.
2. Psixoterapiya turlari (individual, guruhiy, oilaviy).
3. Oilaviy psixoterapiyada shaxslararo nizoli munosabatlarga oʻzaro ta’sir etish
koʻrsatkichlari.
4. Oilaviy muammolarda oila tizimining yaxlitligiga ta’sir etuvchi aybdor shaxsni
qidirishga oid terapevtik voqelikning samarasizligi.
Tayanch tushunchalar: oilaviy munosabatlar, psixoterapiya, psixodinamika,
psixoterapiya texnikasi va usullari, psixoanaliz, ekzistensial-gumantistik terapiya,
bixevioral, kognitiv terapiya, paradigma, premodern, postmodern, inventarizatsiya,
psixoterapevtik jarayon, disfunksional munosabatlar, individual terapiya, oilaviy
terapiya, guruhiy terapiya.
1.1. XX asrda psixoterapiyaning asosiy yoʻnalishlari klassifikatsiyasi.
Mamlakatimizda
oilaviy
munosabatlar,
oilaviy
ta’lim
va oilaviy
psixoterapiyani oʻrganishda katta tajriba toʻplangan (E. Gʻoziyev, Gʻ. Shoumarov,
V. Karimova, M.Vohidov, I. Yokubov, B. Qodirov, S. Mirhosilov, E. Usmonov, N.
Sogʻinov, F. Akramova, L. Karimova, N. Salaeva, O. Shamieva, O. Abdusattorova,
D. Ismatova, R. Qudratillayeva) hamda “Oilaviy psixoterapiya” va “Oilaviy
diagnostika” kabi tushunchalar shakllantirilgan.
Bu tajribalar oilaviy rollarning tuzilishi, tashqi va ichki chegaralari, aloqalari,
integratsiya mexanizmlari va psixologik himoya shakllanishining
buzilishida
(“oilaviy afsonalar”) namoyon boʻladigan oilaviy disfunksiyaning mohiyati va
darajasini aniqlashni anglatadi. Kamida 450 ga yaqin psixoterapiya turlari ma’lum.
Ularning yarmidan koʻpi bolalar va oʻspirinlar bilan ishlashda qoʻllaniladi. Bunday
keng va doimiy ravishda kengayib boradigan roʻyxatning yagona tizimlashtirilishi
deyarli haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va muallifdan muallifga farq qiladi. Ammo
psixoterapiyaning aksariyat turlari quyidagi yoʻnalishlar bilan oʻzaro bogʻliq:
Do'stlaringiz bilan baham: