Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
OPN o`quv qo`llanma
Kirish.
Mamlakatimizda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ertangi yosh avlodni har tomonlama tarbiyalab, kelajakda komil insonlar boʻlib yetishishlarini koʻzda tutadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiznig ertasi boʻlgan yosh avlodga eʼtibor katta boʻlgan. Dunyo mamlakatlarining taraqqiyot darajasiga qarab yangi psixologik texnikalar va usullarning vujudga kelayotganligi, ularning jamiyat va insonlar ehtiyojiga koʻra mavqei oʻzgarib borayotganligi muttasil davom etmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish milliy xizmatini takomillashtirish, ruhiy holati buzilishidan aziyat chekuvchi shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimining barcha darajalarida muayyan ishlar amalga oshirildi. So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 2 503 nafar, xalq ta’limi tizimida 14 272 nafar pedagog-psixolog kadrlar faoliyat olib bormoqda. Respublikaning 10 ta oliy ta’lim muassasasida “Psixologiya”, 19 ta oliy ta’lim muassasasida “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha 5 717 nafar talaba tahsil olmoqda. Ushbu sohada qabul kvotalari keskin oshirildi, xususan 2018/2019 o‘quv yilining o‘zida 2 665 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. 2017-yildan boshlab profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, 5 696 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida profilaktika inspektorlari, 5 328 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida esa mahalla vakillarining xonalari tashkil etildi 1 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3606-son qaroriga muvofiq aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, psixiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), shuningdek respublika psixiatriya muassasalari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bajarilmoqda. Jumladan, “psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha davlat grantlari asosida magistraturaga qabul kvotalari oshirildi, oliy tibbiy ta’lim muassasalarining psixiatriya kafedralarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot ishlari 1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 07.06.2019 yildagi 472-sonli qarori 4 faollashdi. Ilk bor ruhiy xastaliklarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Qoʻllanmaning mazmun-tarkibiy qismlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: psxioterapiyaning umumiy va metodologik asoslari, oilaviy psixoterapiya tarixi, psixoterapevtik texnikalar, oila va uning hayotiy sikllari, oilaviy kommunikatsiyalar va metakommunikatsiyalar texnologiyalari, tizim nazariyasi, korreksiya va reablitatsiya masalalari. Shaxs, oila, oilaning tashkil topishi, nikoh oldi mexanizmlari, oilaviy muammolar va ularning yechimlarini hal etish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berilgan boʻlib, oilalar ularning shakllanish bosqichlarida duch kelinadigan ziddiyatlar, oilaviy hayot sikllari, oila yagona tizim sifatida va u mijoz ekanligi toʻgʻrisida ularning parchalanishi va qayta qurilishi haqidagi, psixodiagnostik metodikalar Olson aylana halqasi, Geringning oilani tadqiq etish testi, “Yorliq”larni qayta shakllantirish, uchburchak “triangulyatsiya” tavsiflari, psixoterapevtik yondoshuvlar borasida axborotlar berildi. Qoʻllanmada psixoterapevtik texnikalar, usullar, amaliy tavsiyalar va trening dastrulari mavjud hisoblanib ularni har qanday pedagog, psixolog va amaliyotchilar real hayotda qoʻllay oladi. Mazkur “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” kursidan tayyorlangan darslik Ushbu darslik O‘zbekiston Republikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 29-avgustdagi №БД 5210204. 3.01 raqam bilan qayd etilgan fan dasturiga asosan 5210204 - Yoshlar psixologiyasi, 5210205 - Oila psixologiyasi va ikkinchi mutaxassisliklar va sirtqi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling