Emotsionallik – kishining his-tuygʻu va emotsiya dinamikasi, mazmunini
xarakterlovchi sifatlari.
Emotsiya - (lot. emovere- uygotish, tulkinlashtirish)- his tuygʻu, kechinma,
hayajon (gʻazab, qoʻrquv, quvonch). Odam yoki hayvonlarning subyektiv
ifodalangan ichki yoki tashqi qoʻzgʻovchilar ta’siriga javob reaksiyasi.
Empirik metod - (yunon. empeiria-tajriba,methodos-tadqiqot) tekshiriluvchi
haqidagi ma’lumotlarni tajribaga asoslanib, amaliy tajribalar bilan aniqlash
usuli.
Esga olib qolish - yangi qabul qilingan ma’lumotlarni oldin egallangan bilim
va tajribalar bilan bogʻlangan holda esda saqlashga qaratilgan psixik faoliyat.
Esga tushirish – oʻtmishda idrok qilinganlarni (narsa, his-tuygʻu, fikr, ish,
xatti-harakat) ongimizda qayta tiklashdir. Xotira jarayonlaridan biri.
Eshitish sezgisi – tovush tebranishlarini eshitish a’zolari yordamida sezish
turi.
Fenomenal xotira - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bogʻlanishi
munosabatlarini favqulotda tez hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishdan
iborat nodir xotira qobiliyati.
Fenomenal xotira - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bogʻlanishi
munosabatlarini favqulotda tez hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishdan
iborat nodir xotira qobiliyati.
Fiksatsiya - bu ularning tuzilmalarini iloji boricha oʻzgarishsiz holatda saqlab
qolish uchun mikroskopiya uchun moʻljallangan namunani qayta ishlash.
Flegmatik - (yunon. flegma –balgam, shilimshik modda)- yuragi keng,
barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuygʻularga, xatti –
harakatlari va nutqi bir xil maromda boʻlgan, ruhiy holati tashqi tomonda ifoda
etiluvchi temperament turi.
Flegmatik temperament - sekin, kuchsiz, va beqaror emotsional
qoʻzgaluvchanlik bilan xarakterlanadigan xususiyat.
284
Do'stlaringiz bilan baham: |