Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/234
Sana29.09.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1689741
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   234
Bog'liq
OPN o`quv qo`llanma

Gallyutsinatsiya - (lot. hallucinatio-alahlash, bosinqirash)-sezgi aldanishi 
yoʻq narsani bor deb idrok etish. Odatda muayyan tashqi ta’sirlarsiz vujudga 
keladi. Asosan koʻrish, eshitish galllyutsinatsiyalari mavjud. U psixik 
kasallarda uchraydi. Real voqeilikdagi narsa va hodisalarning analizatorlarga 
bevosita ta’sirisiz ongimizda turli obrazlarning xayoliy ravishda paydo 
boʻlishi.  
Garmoniya - (yun. harmonia — bogʻlanish, mutanosiblik) 
Generalizatsiya – harq anday muvaqqat nerv bog`lanishlarining dastlabki 
differensiyalashmagan k`orinishi. 
Gigiyena - (
grekcha
: ὑγιεινός — „sogʻlom“) 
tibbiyotning
bir sohasi; kishilar 
sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning 
oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni 
uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. 
Giperkinez - (giper... va yun. kinesis — harakat) markaziy nerv sistemasining baʼzi 
kasalliklarida qoʻl, oyoq, yuz muskullarining beixtiyor ortiqcha harakatlanishi. 
Gipnopediya - (yun. hypnos uyqu, paideia oʻqitish) tabiiy tush koʻrish vaqtida ovoz 
vositasida axborot uzatish yoʻli bilan oʻqitish. 
Geniy - daho, aqllilik. 
Gerontopsixologiya - qariyalar psixologiyasini o‘rganuvchi fan. 
Geshtalt - tasvir, yaxlit shakl, tuzilish (nemischa). 
Geshtaltpsixologiya - psixik protsseslarning yaxlit tuzilishi va dinamiklik 
prinsipiga asolanuvchi oqim. 
Gipoteza - asos, taxmin (lot). 
Gipertrofiya - (giper va yun trophe oziqlanish) aʼzoning toʻqima elementlari 
(hujayralar, muskul tolalari) oʻsishi oqibatida shu aʼzo yoki uning biror 
qismining kattalashib ketishi. Gipertrofiyaga asosan aʼzoning zoʻr berib 
ishlashi sabab boʻladi. 
Gomeostaz - (qadimgi yunon. «bir xil, oʻxshash») yoʻqolgan muvozanatni 
tiklash, tashqi muhitning qarshiligini yengish istagi. Ushbu atama har qanday 
ochiq tizimning ichki holatining barqarorligini dinamik ravishda saqlab turish 
qobiliyati hisoblanadi. 
Gomoseksualizm - bir jins yoki jins vakillari oʻrtasida romantik va jinsiy 
tortishish va yoki jinsiy xatti-harakatlar. Jinsiy orientatsiya sifatida 
«gomoseksualizm - bu bir jinsdagi odamlar uchun» hissiy, romantik va yoki 
jinsiy tortishishning barqaror namunasi. Shuningdek, bu shaxsning oʻziga xos 
hissiyotiga, bu xolislikka, tegishli xatti-harakatlarga va ushbu qoʻshimchalarni 
baham koʻrganlarning jamoa a’zoligiga asoslangan holda qoʻllaniladi.

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling