Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
OPN o`quv qo`llanma
Katta terapiya - bu olti oydan bir necha yilgacha boʻlgan davrda olib
boriladigan uzoq muddatli terapevtik jarayon (30 dan ortiq seans). 287 Kayfiyat - inson his-tuygʻusining yaxlit shakli, kechinmalarining umumiy holati. Kayfiyat doirasi xar xil;u insonning umumiy kechinmalaridan to zerikish, qoʻrquv, xafalik yoki quvnoqlik, umid va qiziqish kabilargacha boʻlgan barcha shakllarni oʻz ichiga oladi. Kichik terapiya - 5 seansgacha boʻlgan qisqa muddatli terapevtik kurs. Kinestezik sezgi - (yunon. kineo-harakatga keltirmoq)- proprioretseptorlar qoʻzgalishi natijasida oʻz tana a’zolari harakati va holatini sezish. Kuzatish metodi - faoliyat mahsulini tahlil etish, erkin tavsifnomalarni umumlashtirish usuli. Kuzatish - shaxsni qiziqtirgan narsalar va tevarak atrofidagi hodisalarni bilish uchun maqsadli va rejali tarzda idrok etish. Layoqat - individning ma’lum faoliyatning bajarishga undovchi saylanma yoʻnalganligi. Nerv tizimining Ba’zi irsiy determinlashgan anatomfiziologik xususiyati. Longityud tadqiqot - (ing. longitude-uzoq muddat) insonning yosh va individual oʻzgarishlar koʻlamini oʻrganish maqsadida yashash davri fazalari oʻzgarmas boʻlgan guruhni uzoq va uzluksiz tekshirish usuli. Lyusher testi - ruhiy holatni aniqlovchi rangli test. Manipulyatsiya - bayonotlar, harakatlar, umuman xatti-harakatlar, yashirin, aniq emas va toʻgʻridan-toʻgʻri maqsadlarga rioya qilish. Manipulyatsiyaning eng keng tarqalgan shakllaridan biri bu sherikni biror narsaga bilvosita, bilvosita undashi. Mas’uliyat - terapevtik makon qulayligini ta’minlovchi va terapevtik jarayonning samaradorligini oshiradigan mijoz va maslahatchi ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga oladigan oʻzaro majburiyatlar. Melanxoliya - (yunon. melas-kora, chole-ut,safro)-temperament turlaridan psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchilik, xatto arzimagan narsalar uchun xam juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling