288
Mehnatsevarlik – insonning mehnat faoliyati
jarayoniga ijobiy shaxsiy
munosabatidan iborat boʻlgan xarakter xususiyati.
Mijoz - hayotiy qiyinchiliklarga duch kelgan har qanday shaxs yoki qiyin
kechinmalar: Uni hal qilish uchun oʻz
kuchlari, bilimlari,
tajribalarining
yetishmovchiligini boshdan kechirish;
Model - (fr. modele-namuna)- ilmiy tadqiqotlarni tuzish,
ishga tadbiq etish,
idrok etishga qaratilgan tuzilma.
Monogamiya - monogamiya, nikoh va oilaning bir shakli boʻlib, unda inson
hayoti davomida yoki istalgan vaqtda koʻpxotinlilik, poliandriya va poliamiya
bilan taqqoslaganda faqat bitta sherigi boʻladi. Bu atama ayrim hayvonlarning
ijtimoiy xatti-harakatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Muammo - bu qiyinchilik, uni yengish vazifa shaklida tuzilgan boʻlib, uning
yechimi mijoz oʻzi koʻrmaydi yoki oʻz kuchi, bilimi, tajribasi yetishmasligi
tufayli uni amalga oshira olmaydi.
Obrazli xotira - tasavvur, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovush,
hid, taʻmlarni esda olib qolishdan iborat boʻlgan xotira.
Oltinchi sezgi - odamdagi asosiy besh sezgidan
tashqari har xil holatlarda
namoyon boʻladigan sezgi.
Operativ xotira - (lot. operatio-xarakat)- xotira turi. Kishi tomonidan bevosita
amalga oshirilayotgan zaruriy xatti-xarakatlar,
shularga xizmat qiluvchi
mnemik jarayonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: