Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
OPN o`quv qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terapevtik shartnoma(kontrakt)
- Test (ing. test-tekshirmok)
- Unutish
Terapevtik makon - bu terapevtik munosabatlar rivojlanib, davom etadigan
vaqtinchalik, hududiy, ijtimoiy va ma’naviy joy. Terapevtik munosabatlar - bu mijoz va maslahatchi koʻngilli boʻlgan oʻziga xos munosabatlardir. Terapevtik narx (toʻlov) - mijozning terapevtik ta’sirga erishish va uni amalga oshirish uchun hozirgi paytda oʻzi uchun yetarli darajada qimmatli va mazmunli narsadan ixtiyoriy, moddiy (pul) va nomoddiy qurbonliklarning (rad etish) yigʻindisi. Terapevtik shartnoma(kontrakt)- terapevtik jarayon va terapevtik munosabatlarni tartibga soluvchi shartnoma. Terapevtik shartnoma quyidagilarni belgilaydi va tuzatadi: Mijozning ishchi va terapevtik talablari; Terapiya uchun toʻlov miqdori va shakli; Tomonlarning mas’uliyati sohalari va ularning boshqa huquq va imkoniyatlari. Terapevtik soʻrov - bu mijozning oʻzi uchun va terapevt boshida maslahatchi oldiga qoʻyadigan haqiqiy, erishilishi mumkin va shaffof maqsadi. Terapevtik shartnomani muhokama qilish paytida maslahatchi ushbu maqsadni sinchkovlik bilan aniqlab beradi va konkretlashtiradi. Test (ing. test-tekshirmok)- psixologik standart sinov. Bu sinov natijalariga koʻra sinalayotgan shaxsning tulik yoki ayrim psixofiziologik xususiyatlari, shuningdek, bilim, malaka, koʻnikmalari toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Triangulyatsiya (lot. triangulum uchburchak) — geodezik tayanch shoxobcha punktlari planli oʻrnini uchburchaklar tizimi yordamida aniqlash usuli. Tush (odam uxlaganida) -bosh miya yarim sharlari pustlogida hosil boʻladigan xayolning ixtiyorsiz faoliyati, ong bilan tashqi muxit oʻrtasidagi aloqa ma’lum darajada uziladi. Unutish-oldin xotirada boʻlganni qayta tiklanmaslik, ya’ni esga qoldirgan narsa va hodisalarning zarur paytda aytib bera olmaslik jarayoni. Xarakter(yunon. charakter-nishon, xislat belgi)-kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning induvidual birligi. Odamning xatti-xarakatlari va atrof- muhitga munosabatida namoyon boʻladigan shaxsiy psixik xususiyatlari yigʻindisi. Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter hislatlari deyiladi. 294 Xayol-mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol va tasavvur xayol turlariga ajraladi. Xayolparast (yunon. phantasia-tasavvur,xayol)- kishining voqea, dalillarini asta-sekin buzib,ularni uz xoxishiga qarab fikri -xayoliga moslab tasvirlab berishi. Xoreoterapiya (Lotin. Hirudo - «zuluk» qadimgi yunon. davolash usullaridan shuningdek, qadimiy yunon - fizioterapiya dorivor usuli orqali inson organizmiga ta’sir qilish. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling