Jizzax politexnika instituti 241-22 st va ktle talabasi egamberdiyev dinmuhammadning muhandislik geologiyasi va gidrogeologiyasi fanidan mustaqil ishi
Download 43.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqSoliyev M2
Suv resurslari – foydalanish uchun yaroqli
boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. ⚫ Suv resurslari deganda suv obʼyektlari – daryo, koʻl, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk. ⚫ Yerning Dunyo okeani, yer osti suvlari, muzliklar, tuproqdagi nam, daryo(oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari— gidrosferada, ayrim hisob kitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun suv resurslari bor. Nazariy jihatdan suv resurslari bitmas tuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda suv resurslari aylanib yangilanib turadi. Lekin koʻpgina mamlakatlarda suv resurslaridan qishloq xoʻjaligi., sanoat, kommunal xoʻjaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishning ortishi hamda turli omillar taʼsirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni tozalamay daryo va koʻllarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-asr oxiriga kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo boʻldi. ⚫ BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan taʼminlash muammolariga bagʻishlangan Suv resurslari boʻyicha 3jahon forumi oʻtkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003-yil Xalqaro chuchuk suv yili deb eʼlon qilindi. Oʻrta Osiyoda Sr., asosan, daryo oqimlari va yer osti suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, togʻlardagi muzliklar va koʻllarning asriy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Daryo oqimlari togʻlarda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yogʻinlar natijasida hosil boʻladi. ⚫ Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari hisobiga vujudga keladi. Togʻoldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga toʻyinadi. Daryo va yer osti suvlarining suv resurslari oʻzaro bir- biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish daryo oqimini kamaytirib yuboradi. ⚫ Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km³ ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) – 74,7 km³, Sirdaryoda – 39 km³, Tajan va Murgʻobda – 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli sugʻorish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi. ⚫ Suv resurslarining hududiy jihatdan notekisligi suv isteʼmolidagi tanqislikni vujudga keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan boshqasiga qayta taqsimlanadi. Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, AmuBuxoro, Katta Hisor, Qarshi kanallari va boshqalar) va Sirdaryo (Katta Fargʻona, Katta Andijon, Katta Namangan, Janubiy Mirzachoʻl kanallari va boshqalar) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan (qarang Daryolarni havzalararo oqizish , Davlat suv fondoʻ ). ⚫ Yer qobig’ida, gidrosferada, atmosferada bo’lib turadigan xilma - xil fizikkimyoviy jarayonlar tufayli vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof elementlar minerallar deb ataladi. ⚫ Minerallar tabiatda qattiq, suyuq va gaz holatda uchraydi. Hozirgi davrga kelib tabiatda minerallarning 3000 dan ko’proq xili uchraydi. Lekin tabiatdagi tog’ jinslari tarkibida hamma minerallar ham uchrayvermaydi. ⚫ Tog’ jinslari tarkibiga kiruvchi minerallarni jins tashkil etuvchi minerallar deb ataladi. Tabiatda ko’pchilik minerallar litosferada tarqalgan qattiq tog’ jinslarini tashkil qiladi. Kvarts, dala shpati, slyuda, kal’tsit, shular jumlasidandir. Suv, neft va tabiatda juda ko’p uchraydigan sof simob kabi tabiiy suyuq moddalar ham minerallar qatoriga kiradi. Nihoyat vulqonli rayonlarda yerning yoriqlaridan chiqadigan tabiiy gazlar, masalan, karbonat angidrid, sul’fat angidrid va boshqalarni ham mineral deb atash mumkin. Minerallarning kristall tuzilishi. ⚫ Minerallarni o’rganish bilan - mineralogiya fani shug’ullanadi, kristall va kristalli birikmalarni - kristallografiya fani o’rganib, kristallarning simmetriyasi, shakli va tuzilishi geometriyasi bilan shug’ullanadi. Qattiq minerallar tabiatda kristall moddalar ko’rinishida, nomuntazam, donador, ko’p yoqli shakllarda, yoxud yaxlit ko’rinishda uchraydi. Kamdan - kam hollarda esa minerallar amorf holida uchrab, shaklsiz massalarni hosil qiladi. Kristall ko’rinishdagi moddalarning (minerallarning) asosiy xususiyati, ular tarkibidagi atom va ionlarning qat’iy guruhlar bo’yicha fazoda joylashib, kristall to’rlarni hosil qiladi. ⚫ Geometrik kristall to’r, bir - biri bilan zich bog’langan ko’p yoqlilar (kublar, oktaedrlar, parallelopipedlar, romblar) dan iborat bo’lib, ularning uchlari, 29 markazlari yoki tomonlarining o’rta qismida aniq masofada atomlar (ionlar) joylashgan bo’ladi. Kristall to’rining tuzilishidan minerallar kristallarining geometrik shakli kelib chiqadi. Masalan: osh tuzi (galit) - kub shaklida, tog’ xrustali - prizma shaklida . ⚫ Kristallarda simmetriyaning 32 xil ko’rinishi bo’lib, 7 guruhga yoki Kristallografik singoniyalarga ajraladi. Ular triklinik, monoklinik, rombik, trigonal, tetrogonal, gegsogonal, kub singoniyalardir. Ular murakkablik jihatidan quyi, o’rta va yuqori singoniyalarga bo’linadi. Bu singoniyalarga kiruvchi minerallar kristallarida yoqlar, tekislik, markaz va o’qlar soni ifodalangan va bir mineral ikkinchisidan shu bilan farq qiladi. Minerallarning fizikaviy xossalari ⚫ Minerallarning asosiy fizikaviy xossalari qattiqligi, zichligi, birikkanligi, sinishi, yaltiroqligi, rangidir. Ular minerallarning kimyoviy tarkibi va kristal panjaralarning tuzilishiga bog’liq bo’ladi. ⚫ Qattiqligi. Minerallarning qattiqligi unga biror qattiqrok bo’lgan moddaning botib kirishiga qarshiligi tushunilib, qattiqligi ma’lum bo’lgan mineral yoki predmet bilan tirnalib aniqlanadi. Minerallarning qattiqligini Moos shkalasi bo’yicha aniqlanib, unda qattiqligi 1 dan 10 gacha bo’lgan minerallar qattiqlik navbati bilan joylashgandir. ⚫ MUHANDISLIK - GEOLOGIK TADQIQOTLAR (R.T.Zakirov, B.I.Allayarov, B.A.Abduraxmanov) ⚫ https://www.usgs.gov/special-topics/water-science- school/science/suvning-aylanma-harakati-water- cycle-uzbek ⚫ https://uz.wikipedia.org/wiki/Suv_aylanishi Download 43.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling