Jizzax politexnika instituti 241-22 st va ktle talabasi egamberdiyev dinmuhammadning muhandislik geologiyasi va gidrogeologiyasi fanidan mustaqil ishi


Download 43.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.10.2023
Hajmi43.16 Kb.
#1703700
  1   2
Bog'liq
Soliyev M2





Suv aylanishinamlik aylanishi — suvning
Yer
geografik qobigʻida uzluksiz koʻchish 
jarayoni. Koʻpincha, uning fazoviy oʻzgarishlari bilan birga kuzatiladi. Asosan, suvning 
bugʻlanishi (rayemga q.), suv bugining masofaga koʻchishi (8), uning 
kondensatsiyalanishi, bulutlarning yogʻin shaklida tushishi (2, 3), tushgan yogʻin 
suvining yerdan sizib oʻtishi (5) — infiltratsiyasi va suvning oqib tushishidan (6, 7) tarkib 
topgan. Suv havza, tuproq va oʻsimliklar yuzasidan bugʻlanib atmosferaga suv bugʻi 
shaklida koʻtariladi. Atmosferada suv bugʻi turbulentli diffuziya vositasida yuqoriga 
tarqaladi va havo oqimi yordamida Yer ustining bir joyidan boshqa joylariga koʻchadi.
Nam havo temperaturasining pasayishi natijasida suv bugʻi ham adiabatik
(qarang
Adiabatik jarayon
), ham issiklikni qaytarishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga
oʻtib kondensatsiyalanadi; budut va tumanlar hosil boʻladi. Suv bugʻining 
kondensatsiyalanishi qisman Yer usti gidrometeorlarining paydo boʻlishiga olib keladi. 
Shuningdek, bulutlar havo oqimlari orqali ham koʻchiriladi. Suv Yeryuzasiga bulutlardan 
yogʻin shaklida tushib yana bugʻlanadi va h.k. Bunda quruqgtikxa tushgan suvning bir
qismi havzalarga oqib tushadi. Issiqlikning aylanishi va atmosferaning umumiy 
sirkulyasiyasi bilan birga Suv aylanishi asosiy iqlim hosil qiluvchi jarayonlardan biridir.
Yer yuzidan suvning umumiy miqdori hozirgi geologik va tarixiy davrda oʻzgarmay 
qoladi; bunda Dunyo okeanining sathi va atmosferaning oʻrtacha nam saklashi ham 
oʻzgarmaydi.



Yer shari uchun uzoq davr davomidagi yogʻinlar 
bugʻlanishiga tengdir. Yerga bir yilda oʻrtacha 
tushadigan yogʻin miqdori qatlami bal. 1000 mm, 
yaʼni 511 ming km³ ga teng (taxminan Qora dengizdagi 
suv miqdoridan 7 marta ziyod). Bu miqdorning 21% 
(108 ming km³) quruqlikka tushadi va 79% (403 ming 
km³) okeanlarga yogʻadi. Barcha yogʻinlarning deyarli 
yarmisi shu kabining 20° va j.k.ning 20° orasida 
tushadi. Ikkita qutbiy zonalarga jami yogʻinning atigi 
4% toʻgʻri keladi. Dunyo okeani uchun bugʻlanish 
yogʻinlar miqdoridan koʻp, quruqlik uchun esa —
kam.



Dunyo okeani yuzasidan yiliga oʻrtacha 1250 mm (450 
ming km³) qalinlikdagi suv qatlami bugʻlanadi, 
shundan 1120 mm okeanga yogʻin shaklida qaytib 
keladi va 130 mm — quruqlikdan oqib tushadi. Yiliga 
quruqlik yuzasidan oʻrtacha 410 mm (61 ming km³) 
suv qatlami bugʻlanadi, yogʻin esa quruqlikka 720 mm 
miqdorda tushadi. Bugʻlanishdan tashqari quruklik 
oqib tushish orqali 310 mm (47 ming km³) suv 
yoʻqotadi (bu esa Qora dengizdagi suvning 
miqdoridan ʻGʻ2 marta koʻproq).



Yerning ayrim mintaqa va oblastlari uchun Suv aylanishi 
tarkibini tashkil etuvchilarning nisbati oʻrtacha 
sharoitlardan keskin farqlanishi mumkin. Yogʻinlarning 
umumiy miqdori bugʻlanishdan ancha koʻp yoki kam 
boʻlgan oblastlar mavjud. Okeanlar yuzasidan bugʻlangan 
suv yogʻin shaklida nafaqat okeanlarga, balki suv bugʻi 
havo oqimi bilan koʻchirilgan materik ustiga ham tushadi. 
Quruklikka suv shaklida yogʻadigan yogʻinlar asosiy 
qismining kelib chiqishi okean bilan bogʻliq. Quruqlikka 
yogʻib va yana bugʻlanib, ushbu suv takroran shu materik 
yoki materik oblastiga yogʻishi mumkin (ichki Suv 
aylanishi). Ichki Suv aylanishi barcha yogʻinlar 
miqdorining ayrim qismini tashkil qiladi.




Download 43.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling