Jizzax Politexnika instituti biq 619-21 talabasi Asadov Husen taqdimoti Mavzu: Yer rel‟efining asosiy shakl va turlari


Download 183.46 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi183.46 Kb.
#1021349

Jizzax Politexnika institute
Injenerlik geologiyasi fanidan
Mavzu: Shamolning geologik ishi, eol yotqiziqlar
Shamolning geologik ishi. Yer yuzi rel'yefini o'zgartiradigan hamda alohida xususiyatga ega bo'lgan yotqiziqlar hosil qiladigan muhim ekzogen omillardan biri shamol bo'lib, u havo bosimining hamma joyda bir xil bo'lmasligidan paydo bo'ladi. Cho'l va sahro zonalarida shamolning ishi nihoyat darajada katta bo'ladi. Osiyo, Afrika va Avstraliyaning keng maydonlari shamol harakati va uning geologik ishi uchun eng qulay sharoitdir. Shamolning geologik ishi quyidagilarlan iboratdir. 1) Deflyatsiya (lat. "deflyatsio" - puflash, sochish); 2) Korroziya (lat. “korrazio” - egovlash, silliqlash, sidirish); 3) Tashish va 4) Akkumulyatsiya (lat. “akkumulyatsio” to'plash). Shamolning yuqorida ko'rsatib o'tilgan hamma ishlari bir biri bilan bog’liq bo'lib bitta murakkab jarayon hisoblanadi. Shamol bilan bog’liq bo'lgan hamma jarayonlar, rel'yef shakllari, yotqiziqlari eol nomi bilan yuritiladi, (eol qadimgi yunon afsonasida - shamol xudosidir).
Shamol barcha o'nqir-cho’nqirlarga, qoya toshlarning orasiga kirib borib undagi mayda zarrachalarni uchirib ketadi. Bu hodisa deflyatsiya deyiladi. Deflyatsiya natijasida qatlamli mo'rt, bo'shoq jinslarda g’aroyib shakllar vujudga kelishi mumkin. “Eol qozoni” degan chuqurliklar hosil qilishi mumkin. Deflyatsiya natijasida ba’zan hosildor tuproqlarni ham shamol uchirib ketib boshqa joylarga to'plashi mumkin. Bunday hodisalar Osiyoning qoratuproq zonalarida bo'lib turadi. Turkmaniston, O'zbekiston va Tojikiston respublikalarini janubiy qismida Afg’onistondan esuvchi shamol millionlab tonna chang to'zonni uchirib olib keladi. Afg’on shamoli esganda, quyosh yuzini ko'rib bo'lmaydigan darajada atmosferani chang qoplab oladi. Korraziya ochilib qolgan tog’ jinslari va minerallarga mexanik ishlov berish, silliqlash bo'lib, bu hodisa uchib kelayotgan qum zarrachalari yordamida yuz beradi. Qum zarrachalari shamol yordamida uchib har xil balandlikka ko'tariladi, pastroqda uchayotgan qum zarrachalari ko'proq bo'lib, asosan “silliqlash” ishini shu zarrachalar bajaradi. Shunday qilib, deflyatsiya va korraziya hodisalari birlashib, tabiatda toshlardan har xil shakllar yasashadi, kichik g’orchalar, teshik toshlar, qo'ziqoringa o'xshash shakllar vujudga keladi.
Shag’allarning sakrab sakrab uchishi “saltatsiya” deyiladi. A.Allisonning ma’lumotlariga ko'ra Sahroi kabirdan uchirilgan qum zarrachalari 160 km masofani bosib o’tib to'planishi mumkin ekan. Chang va mayda qum zarrachalari 2500—3000 km uzoqlikkacha yetib boradi. Saxroi kabirning qumi Milan shahari ko'chalariga ham yetib kelganligi haqida ma’lumotlar bor. Eol yotqiziqlari - eol qumlaridan va eol lyosslaridan iborat bo'lib, ular yuqori darajada saralanganligi, yaxshi yumaloqlanganligi (qumlar) bilan farq qiladi. Qum zarrachalarining kattaligi, asosan, 0,25 - 0,1 mm dan oshmaydi. Ularda kvars minerali ko'p, kamroq dala shpati uchraydi. Eol qumlarining rangi sarg'ish, qo’ng'ir bo'lib to'planadi. Shamoldan so'ng juda jimjimador shamol “ryabi” ni hosil qiladi.
Shamol assimetrik taqsimot yoki yarimoysimon shakldagi barxan deb ataladigan baland (20-30 m gacha) qum tepalarini hamda qum tepa tizmalarini vujudga keltiradi. Dengiz va daryo bo'ylarida paydo bo'ladigan qum tepalari dyunalar deyiladi. Barxan va dyunalarning qumlari qatlamsiz, betartib bo'ladi. Dyunalarning balandligi 20-25 m gacha ba’zan 50 m gacha boradi. Barxanlar va dyunalar ko'chib yuradigan qum tepalaridir. Ba’zan barxanlar bir kunda 5-10 km gacha ko'chib, boshqa joyda tepaliklar hosil qilishi mumkin. Dyunalar ham bir yilda 100-200 m gacha ko'chishi mumkin. Qum harakatidan ekinzorlar ba’zan qishloqlar qum ostida qolib ketishi mumkin.
E’tiboringiz uchun
Raxmat!
Download 183.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling