Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi


Tabiatda energiya turlarining o‘zaro aylanishlari


Download 0.51 Mb.
bet3/3
Sana27.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1298765
1   2   3
Bog'liq
XDSH 451-21

Tabiatda energiya turlarining o‘zaro aylanishlari.


Tarixga nazar solsak, energiya manbai sifatida turli davrlarda turli tabiiy manbalar ishlatilgan. Qadim zamonlardan boshlab issiqlik manbai sifatida organik yoqilg‘ilar ishlatib kelingan. Bunda yoqilg‘ining yonish issiqligidan asosiy energiya (issiqlik) manbai sifatida foydalanilgan.
Organik yonilg‘ilarning issiqlik berish xususiyati ularning solishtirma yonish issiqligi bilan xarakterlanadi. Ya’ni 1 kg modda to‘la yongandagi chiqqan issiqlik energiyasi solishtirma yonish issiqligi deb yuritiladi.
Agar 19-asrda tabiiy o‘tin va ko‘mir asosiy energiya manbalari bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa 20-asrga kelib neft va gazning ulushi ortib bordi, so‘nggi asrda esa energiyaning elektr energiyasi, yadro energiyasi ko‘rinishidagiturlari rivojlanib bordi. Bugungi kunda esa barcha energiya manbalari ichida eng qulay va texnologik jihatdan arzon energiya elektr energiyasi bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham dunyo energetika sanoatida elektroenergetika eng tez rivojlanib bormoqda.
Energiya zahiralarini baholashda energiyaning Jouldan tashqari yana turlicha keltirilgan birliklaridan foydalaniladi.
Ular quyidagilardir:
1Joul =1Vtx1s;
Kaloriya, qisqacha kal, 1 kal = 4,1868 Joul;
1kVt soat = 1000 Vt x 3600 s = 3,6 MJ
1 kg shartli ѐnilg‘i( sh.ѐ.) = 29,3 MJ = 7000 Kal.
1 kg neft ekvivalenti (n. e) = 1,428 kg sh.ѐ.
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda mavjud birlamchi energiya zahiralaridan foydalaniladi, bu birlamchi zahiralarga organik yoqilg‘ilarning (ko‘mir, gaz, neft) kimyoviy energiyasi, yadro energiyasi, termoyadro energiyasi, geotermal energiya, quѐsh nurining yerga tushuvchi energiyasi, darѐlarning energiyasi, shamol energiyasi, o‘rmonlar bioenergiyasi va oqim energiyasi kiradi. Aytib o‘tilgan energiya turlarining bugungi kunda taxminiy aniqlangan zahiralari ma’lum. Yer sharining energetik imkoniyatlari ana shu zahiralarga asoslanadi. Xalqaro energetika tashkilotlarining statistik ma’lumotlariga ko‘ra bu energiyalarning zahiralari quyidagicha (tonna shartli ѐnilg‘i birligida).
- organik ѐqilg‘ilar kimѐviy energiyasi – 1,77*1013;
- yadro energiyasi – 0,67*1014;
- termoyadro energiyasi – 1,22*1017;
- geotermal energiya – 1,0*1014;
- quѐshning yer kurrasiga tushuvchi energiyasi – 0,82*1014;
- darѐlarning energiyasi (bir yillik) – 0,4*1010;
- shamol energiyasi (bir yillik) – 2,1*1011;
- o‘rmonlarning bioenergiyasi (bir yillik)

0,5*1010;
- oqim energiyasi (bir yillik)

0,86*1014.
Jami 12,2353 * 10 16 t. sh. ѐ.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
WWW.fayllar.org
www.hozir.org
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling