Jizzax Politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi “Qurilish mexanikasi” fani o’qituvchisi Jo’lanov Isoq Odilovich


Qurilish mexanikasining rivojlanishiga oid ma’lumotlar


Download 8.22 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi8.22 Kb.
#1829075
1   2   3
Bog'liq
1 - maruza

Qurilish mexanikasining rivojlanishiga oid ma’lumotlar

  • Qurilish mexanikasi rivojlanish jarayonining dastlibki bosqichlarda mustaqil fan bo‘lmay, umumiy mexanikaning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan. Binobarin umumiy mexanikaning ibtidoiy davrlardan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixi qurilish mexanikasiga ham bevosita aloqadir.
  • Eradan avvalgi VI–asrlarga kelib, qadimgi ajdodlarimiz hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, gidravlika, qurilish mexanikasi, statika, dinamika va koinot mexanikasiga oid boshlang‘ich elementar bilimlardan xabardor bo‘lganlar. Masalan: kanallar o‘tkazish, ekinlarni sug‘orish, suvni tepaliklarga olib chiqish kabi ishlarni ishlarni bajarganlar. Hozirgi Pokiston hududida joylashgan Mohinja–Dora shahrida eradan avvalgi III asrda suv quvurlari (vodoprovod) va yomg‘ir suvlarini chetga chiqaradigan kanalizatsiya tarmog‘i bo‘lgan. Vodoprovod tarmog‘i bundan 2500 yil muqaddam respublika hududida joylashgan afrosiyob (qadimgi Samarqand) ahlini zilol suv bilan ta’minlab turgan. Ko‘p asrlik tajriba asosida tosh, hom g‘isht va pishiq g‘isht mustahkamliklari orasidagi tafovut to‘la o‘rganildi.

Mexanikaning nazariy asoslari dastlab qadimgi Yunoniston va Misrda paydo bo‘lgan. Mexanikaga doir ilk yozma asar Yunonistonning mashhur faylasufi, eramizdan avvalgi 384–322 yillar muqaddam yashab ijod etgan buyuk olim Aristotelning qalamiga mansub «Mexanika» so‘zini ilmiy atama sifatida fanga birinchi bor olib kirgan olim ham ana shu buyuk insondir. Mexanikaning xilma–xil masala va muammolarini hal etishda qadimgi zamon olimlari Arximed, Geron, Platon, Appoloniy, Gipparx, Ptolemey, Nikomed, Arxit va boshqalarning xizmatlari benihoya kattadir.

  • Mexanikaning nazariy asoslari dastlab qadimgi Yunoniston va Misrda paydo bo‘lgan. Mexanikaga doir ilk yozma asar Yunonistonning mashhur faylasufi, eramizdan avvalgi 384–322 yillar muqaddam yashab ijod etgan buyuk olim Aristotelning qalamiga mansub «Mexanika» so‘zini ilmiy atama sifatida fanga birinchi bor olib kirgan olim ham ana shu buyuk insondir. Mexanikaning xilma–xil masala va muammolarini hal etishda qadimgi zamon olimlari Arximed, Geron, Platon, Appoloniy, Gipparx, Ptolemey, Nikomed, Arxit va boshqalarning xizmatlari benihoya kattadir.
  • Sharq mamlakatlarida mexanika fani IX–XII asrlarda taraqqiy eta boshladi. Bu davrga kelib sharqning buyuk olimlari aka–uka Banu–Musolar, Sobit ibn qurra, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdullo al–Xorazmiy, Abu Alib ibn Sino, Umar Xayyom, al–Xorazmiy, al–Farobiy singari o‘lkan siymolar tabiy fanlar, xususan, mexanika sohasida barakali ijod etdilar.
  • Buxoroda Minorai Kalon nomi biln ataluvchi dunyoga dong‘i ketgan ulkan minora bor. Minora 1127 yilda muhandis va me’mor Baqo tomonidan bunyod etilgan.

Download 8.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling