Jizzax Politexnika instituti Servis fakulteti Menejment yo’nalishi 521-19 guruh talabalari Berkinov Elbek
Download 0.92 Mb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing samaradorligiga bog’liq omillar
Joylashtirishdan maqsad - yangilikni bozordagi o‘rnini mustahkamlashdir. Yangi tovarni joylashtirish hammadan avval yangilik va mavjud bo‘lgan tovarlar o‘rtasidagi raqobatni bildiradi.
Innovatsiyani joylashtirish - bu uning mavjud bo‘lganlar qatoridagi o‘rinni belgilashdan iboratdir. Masalan, marketing nuqtai nazaridan innovatsiya ostida analoglariga ega bo‘lmagan sifatan yangi tovarni, ushbu firma yoki ushbu bozor uchun yangi va mamlakat va xorij amaliyotida analogiga ega imitatsiya qilingan tovarni va qo‘llashning yangi sohasiga ega tovarni tushunish mumkin. Tubdan yangi tovar bozor yangiligi bo‘lgan tovardan, modifikatsiyalangan tovardan, alplikant tovar, substitut tovardan farqlanadi, ya’ni har qanday innovatsiyaning belgilanishi bo‘yicha to‘ldiruvchi, o‘rinni almashtiruvchi va siqib chiqaruvchi yangilik kiritishlardan farqlay olish kerak. Joylashtirish marketing faoliyatining har xil: sotish, reklama, tovar, narx, servis va h.k. yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsion marketing kontseptsiyasi nafaqat Yangi xaridorlarni qo‘lga kiritishni, balki firmaning Raqobat afzalliklaridan muvofiq foydalanish, korxona faoliyati sohalarini keng yoyish va kengaytirish va Yangi sohalar va Yangi bozorlarni bosib olish hisobiga ta’sir ko‘rsatish sohasini ko‘paytirishni ko‘zda tutadi. Marketing samaradorligiga bog’liq omillar: innovatsion reklamaning faolligi innovatsiyani bozorga chiqishining muvofi vaqti innovatsiyaning mavjud bo‘lgan tovarlar mavzusidagi xulqining variantini tanlash ehtimol bo‘lgan raqiblar xulqini bashoratlash bozorning tuzilishi yangi tovarga qanchalik mos kelishi Yapon kompaniyalaridagi innovatsion menejment bozorga yorib kirishda, qoidaga ko‘ra narxni keskin pasaytirishni amalda qo‘llaydi. Keyin bir vaqtda foydani oshirish va xaridorlar doirasini kengaytirish maqsadida narxlar bilan monevr qilishga o‘tadi. Bunda sotishlarning hajmi katta o‘zgarishlarni boshdan kechirishi mumkin. Marketing bo‘yicha menejerning mohirligi shundan iboratki, komaniyaning foydasi ham bitta tovarni sotishlar hajmini ko‘payishi va ham ushbu tovarning o‘zining modifikatsiyalari va modellarini paydo bo‘lishi hisobiga oshsin. Qoidaga ko‘ra, zamonaviy iste’molchining turli tuman selektiv (tanlab olinadigan) talabini qanoatlantirish uchun tovar yirik partiyalarda ishlab chiqarilmaydi va raqobatning narxli shakllar imkoniyatlari g‘oyatda cheklangan. Marketing xizmatlari marketing xarajatlari va daromadlarini baholashga alohida e’tiborni qaratadi. Xarajatlarni baholash uchun ishlab chiqarish va sotishlarning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarini tahlil qilish, daromadlar bo‘yicha narxning o‘zgaruvchanligini belgilash, raqiblarning narx siyosatini o‘rganish zarur. Mahsulotni bozor tomon harakatlantirish (reklama, jamoatchilik bilan aloqa, sotishni rag‘batlantirish va h.k.) xarajatlari, hamda sotishdan keyingi va servis xizmatini ko‘rsatishning qiymati baholanadi. Marketingdan daromadlarni baholash quvvatlarni muvofiq yuklanishi maqsadga muvofiq ishlab chiqarish dasturlari va sotishlar hajmini talab, mahsulotning ta’riflari va turlari o‘zgarishiga ko‘ra bashoratlashni hisobga olinishiga ega muqobil yondoshishlarni hisobga olish bilan o‘tkazilishi kerak. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling