Jizzax politexnika instituti


Download 3.66 Mb.
bet1/25
Sana14.01.2020
Hajmi3.66 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI

FIZIKA” FANIDAN



MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARINI BAJARISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA


(Oliy o’quv yurtining bakalavr bosqichida ta’lim olayotgan barcha yo’nalish talabalari uchun)

(1-QISM)

JIZZAX - 2019

Fizika” fanining mexanika, molekulyar fizika va elektr qismidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma (mexanika, molekulyar fizika va elektr qismi) (I qism)


Uslubiy qo’llanma (I qism) “Radioelektronika” kafedrasining 2019-yil “_____” avgustdagi “1” – son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakul’tet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: _______________ dots. S.A. Sattarov.
Uslubiy qo’llanma (I qism) “Elektromexanika va Radioelektronika” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil “ ” agustdagi “____” – sonli bayonnoma).
Fakul’tet kengashi raisi: _______________p.f.b.f.d. (PhD) U.M.Yarlakabov
Uslubiy qo’llanma (I qism) Jizzax politexnika instituti ilmiy-uslubiy kengashining 2019-yil “______”-__________dagi “______” – majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Jizzax politexnika instituti

ilmiy-uslubiy kengash kotibasi: ______________ kat.o’q. M.Matchanova.

Tuzuvchilar:

kat.o’qit. N.M.Jo’rayeva

ass. B.X Mamatkulov

ass. E.R Axmedov


Taqrizchi: f.-m.f.n. dots.Sh.Doniyorov
Oliy o’quv yurtining bakalavr bosqichida ta’lim olayotgan talabalari va Akademik litsey, kasb –hunar kollejlari talabalari uchun mo’ljallangan uslubiy qo’llanma. Jizzax, 2019. 68 bet.

Ushbu uslubiy qo’llanma“Fizika” fanidan talabalar mustaqil ishi bo’yicha topshiriqlar to’plami berilgan bo`lib, har bir bo`limda qisqa nazariy savollar, masalalar, talabalar fikrlash qobiliyatini kengaytiradigan krassvord, test va qiziqarli savollar hamda berilgan savollarning javoblari to`liq bayon qilingan. Unda talabalarning ushbu berilgan qiziqarli savollarni analiz qilib, to`liq tushunchaga ega bo`lishi ko`zda tutilgan.

Ushbu uslubiy qo’llanmadan Akademik litsey va kasb –hunar kollejlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.

So’z boshi

Davlat ta’lim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib o’rganish vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb muommolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy ko’nikma darajasida o’zlashtirib olishda mustaqil ta’limning roli beqiyosdir.

Ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan fizika dasturi asosida yaratilgan bo’lib, uning maqsadi talabalarga dastur bo’yicha berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlariga erishishdir. Bu nazariy mashg’ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlash, masalalar yechish uslubiyati bilan tanishish va mustaqil ishlash malakalari va ko’nikmalari hosil qilish demakdir.

Mustaqil fizik masalalar yechishdan asosiy maqsad – fizik qonun va qoidalarni o’zlashtirish, ulardan to’g’ri foydalanish, fizik kattaliklar orasidagi o’zaro bog’lanishni o’rganish, asosiy formulalarni esda saqlab qolish, fizik qonun, qoida va hodisalarni tobora rivojlanib borayotgan hozirgi zamon Fan va texnikasiga, kundalik hayotga to’g’ri tatbiq eta bilishni o’rganishdir.

Ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy o’quv yurtlarining RQ va T, E va A, TTE va TL, OOT, TIF, EUTT, XK(AT), MSMva MS, EE, EEE, QMB va QICh va boshqa mutaxassisliklari yo’nalishlari bakalavrlari uchun muljallangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv dasturi, unga kiritilgan ko’rsatmalar va asosiy talablarga javob beradi.

Mustaqil ish № 1
Mavzu: Fizikaviy kattaliklar va ularning o’lchov birliklari

Maqsad: Fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklarini o’rganish
Ushbu mavzuni mustaqil o’qib o’rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular
1.Fizik kattaliklar.

2.Xalqaro birliklar sistemasi.

3.Laboratoriya mashg’ulotlari va ularni tashkil qilish usullari.

4.O’lchashlar va o’lchash natijalarining hisoblanishi, xatoliklar haqida tushunchalar.

5.Talabalar uchun metodik ko’rsatmalar.

Mavzuga oid topshiriqlar

1-topshiriq

Quyidagi savollarga javob bering

1.Fizikaviy kattalik deb nimaga aytiladi?

2.Materiya, modda deb nimaga aytiladi?

3.Kuch, massa deb nimaga aytiladi?

4.Jism og’irligi nima?

5.SI sistemasida asosiy birliklar qilib qaysi o’lchov birliklari qabul qilingan?



2 – topshiriq. Quyidagilarni XBS sistemasida ifodalang:

1.54 km/soat 5.12 m/min

2. 40 km 6.4,3 km/s

3. 3 mm 7.60 mm3

4. 0,004 mm 8.88,4 l

3– topshiriq Quyidagi testni yeching


  1. Mехаnik hаrаkаt dеb nimаgа аytilаdi?

1)Tеkshirilаyotgаn mаsоfаgа nisbаtаn o’lchаmlаri judа kichik vа shаkli hisоbgа оlinmаydigаn jismlаrgа аytilаdi

2) Jismlаrning fаzоdаgi vаziyatining bоshqа jism vаziyatigа nisbаtаn vаqt o’tishi bilаn o’zgаrtirishigа аytilаdi.

3) Jismning bоshlаng’ich vаziyati bilаn kеyingi vаziyatini tutаshtiruvchi yo’nаlgаn to’g’ri chiziq kеsmаsigа аytilаdi.

4) To’g’ri jаvоb yo’q



  1. Tеzlik dеb nimаgа аytilаdi?

1) Mоddiy nuqtа hаrаkаt trаеktоriyasining uzunligigа

2) Bаrоbаr vаqtlаr оrаlig’idа bir хil mаsоfаlаr o’tilаdigаn hаrаkаtgа

3) Bаrоbаr vаqtlаr оrаlig’idа hаr-хil mаsоfаlаr o’tilаdigаn hаrаkаtgа

4) Vаqt birligi ichidа bоsib o’tilgаn yo’lgа



  1. Tеbrаnish chаstоtаsi dеb ..........аytilаdi?

1) Bir mаrtа to’liq tеbrаnish uchun kеtgаn vаqtgа

2) Muvоzаnаt vаziyatidаn эng ko’п chеtgа chiqish mаsоfаsigа,

3) Bir sеkunddаgi tеbrаnishlаr sоnigа

4) Tеbrаnish аmпlitudаsigа tеskаri bo’lgаn kаttаlikkа



  1. Quyidаgi fоrmulаlаrdаn qаysi biri bоshlаng’ich tеzligi 0 bo’lgаn tеkis tеzlаnuvchаn hаrаkаtdа yo’l tеnglаmаsi bo’lаdi?

1) 2) S =  t 3) 4)


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling