Jizzax politexnika instituti yo’l-muhandislik yo’nalishi №676\21 guruh talabasi qarshiboyev dilmurod


Download 29.12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.11.2023
Hajmi29.12 Kb.
#1759626
Bog'liq
Qarshiboyev Dilmurod4



JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
YO’L-MUHANDISLIK YO’NALISHI
№676\21 GURUH TALABASI
QARSHIBOYEV DILMUROD
SHAHAR YO’LLARIDA AVTOBUS 
BEKATLARINI JOYLASHTIRISH 
1


Jamoat transporti har qanday zamonaviy megapolisni rivojlantirishning asosiy tarkibiy
qismlaridan biri sifatida aholining turmush sifati va qulayligiga bevosita
taʼsir koʼrsatadi. 
Markaziy Osiyodagi eng yirik va chiroyli shaharlardan biri
boʼlgan Toshkent 
yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatish boʼyicha rivojlangan tizimga ega. Mustaqillik yillarida
bu borada amalga oshirilgan keng
koʼlamli islohotlar jamoat transportining har jihatdan
yanada qulay
boʼlishiga xizmat qilmoqda [1].
Hozirgi kunga kelib avtobus bekatlarining har xil turlari paydo
bo’lmoqda. Butun dunyo
bo’ylab aholi sonining ortishi va yo’lovchilar sonining ko’payishi buinshootlarning sifat
ko’rsatkishlarini yaqshilash va yo’lovchilarga qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratib
berishni talab qilmoqda [2]. Shahar sharoitida avtobus bekatlarini eng qulay va
zamonaviy
ko’rinishda joylashtirish hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Avtobus bekati
shahar
ko’chasida harakatlanayotgan transport vositasiga noqulaylik tug’dirmasligi
lozim. Chunki avtobus bekati mintaqasi asosan transport vositalari va piyodalar
gavjum
bo’lgan hudud hisoblanadi [2]
2


3
Avtobus pavilyonlari
– bu joylarda umumiy transportning to‘xtab turishiga mo‘ljallangan
masshtabi
bo‘yicha uncha katta bo‘lmagan yomg‘ir, qor, shamol, quyoshdan himoyalanib
va transportni kutish uchun quriladigan arxitekturali inshoot. Bu obyektning arxitektura-
landshaftni tashkil qilishdagi ahamiyati uchta omil bilan aniqlanadi. Birinchi omil u 
yo‘l
muhitida faol
ko‘zga tashlanadigan kompaktli inshoot hisoblanishidan iborat. 
Avtostansiya va avtovokzallardan farqli ravishda, avtobus pavilyonlari qatnov qismining
yonida joylashadi, 
o‘tuvchi-tezlashuvchi yo‘lakcha va to‘xtab turish maydonchasidan
ajralib turadi. Shu bilan birgalikda avtobusga
o‘tirish maydonchasi – perron – perronning
oldingi chegarasidan
me’yoriy masofa 3 m bo‘lganda perrondan qatnov qismigacha
bo‘lgan masofa yo‘lning darajasiga bog‘liq 6 m dan 12 m gacha bo‘ladi. Shunday qilib
pavilyonlar
yo‘l muhitining oldingi qismi kabi bo‘ladi.
Ikkinchi omil
– miqdoriy ham ahamiyatga ega. O‘rtacha uzunlikdagi yo‘llarda ham o‘nlab
pavilyonlar qurish mumkin, uzun marshrutlarda bu obyektlarning miqdori yuzlab
bo‘lishi
mumkin. Bu yerda miqdor sifatga
o‘tishi kerak. Qayta-qayta qaytariluvchi uncha katta
bo‘lmagan arxitekturali obyekt yo‘ldan hosil bo‘ladigan umumiy estetik taassurotga ta’sir
qiladi. Pavilyonlar orasi
me’yoriy qiymat 3 km va o‘rtacha tezlik 30 km/soat bo‘lganda
haydovchini oldida pavilyonlar 2-3 min oraliqda
ko‘rinadi. 


4
Odatda, avtobus bekatlari aholi yashash joylarining markaziga yaqin, avtomobil
yo‘llari bilan
kesishadigan joylarga joylashtiriladi. Bu holatda iloji boricha avtobus
pavil’oni va binolar orasidagi
masofa 10-12 m 
bo‘lishi kerak. Ammo transport aylanib o‘tish yo‘li qurilganda avtobus bekatlari
aholi yashash joyining chetiga olib chiqiladi. Bu holatda, shuningdek sport lagerlari, 
bog‘bonlik
shirkatlari, shahar tashqarisidagi sanatoriylar oldida, 
yo‘lovchiga qulaylik kabi landshaftli holat
(relyef, tabiiy
o‘simliklarning bo‘lishi) ham ahamiyatga ega. Aholi yashash joylaridan tashqarida
bekatlarni joylashtirishda, 
yo‘l ko‘tarmadan o‘tganida (2 m dan katta), avtobus bekatlari va
pavil’onlarni iloji bo‘lsa qurmaslik kerak. Mehnat va material sarfidan (yer ishlari hajmining ortiqligi, 
ayrim hollarda zinalarning qilinishi) tashqari bunday holat estetik nuqtaiy nazardan noqulay
hisoblanadi. 
Yo‘l poyini umumiy kengaytirishda (o‘tuvchi-tezlashtiruvchi yo‘lakcha, bekat va
avtobuslarga chiqish maydonlari uchun), shuningdek 158 pavilyonlar va inshootlarning
o‘zi uchun
yo‘l poyi ko‘tarmasini “qayta qurish” fazoni tik qiya shakli bilan deformatsiyalaydi va ularni tabiiy
atrof bilan
uyg‘unlashishi uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qiladi. 


5
Avtobus pavilyonlari uchun maydonchalarni tanlash
ma’lum miqdorda ahamiyatga ega. 
Avtobusga chiqish joyidan (perron) tashqari bevosita avtobus pavilyonlarini joylashtirish
zonasi va
qo‘shimcha jihozlash zonasini ajratish mumkin. Avtobusga chiqish joyini birorta
jihozni joylashtirmasdan loyihalash kerak, chunki bu
yo‘lovchilarning avtobusga chiqishi
va tushishini qiyinlashtiradi. Avtobusga chiqish joyi qattiq qoplamali: asfalt- yoki
sementbeton (trotuar plitkasi), sementli qumli zichlashtirilgan aralashma, tabiiy tosh 
bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha jihozlash zonasi, odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: 5.12 
belgisini (
ГОСТ 10807) “Avtobus to‘xtash joyi” o‘rnatish, ahlat yig‘uvchi (1-2 dona), gul
tuvaklari, buta va daraxt
ko‘rinishida ko‘kalamlashtirish. Bunday zona qattiq qoplamaga
(perronga
o‘xshash), qisman ekilgan (o‘t, gullar), qisman “inert” materialli qoplamadan: 
singan
g‘isht, graviy, qum va boshqalarga ega bo‘lishi kerak. Katta sig‘imdagi yoki yopiq
turdagi avtobus pavilyonlarini qurishda pavilyonga yaqin 15-25 m masofada hojatxona, 
va sanitariya gigiyenik zona quriladi, ular pavilyondan daraxt va buta ekish bilan ajratiladi
va
yo‘lovchi yo‘lakchasi bilan bog‘lanadi (4.1-rasm). Pavilyonlarni shunday joylashtirish
kerakki, bunda avtobus keladigan tomondan
yo‘l yaxshi ko‘rinib tursin.


6
Avtobus pavilyonlari turlari. Avtobus pavilyonlari
sig‘imi, tartibga solishni, materiali va yasash usuli
bo‘yicha differensiyalanadi. Sig‘imi bo‘yicha quyidagi avtopavilyonlar turlari mavjud: 5-10 odam (kam
sig‘imli), 10-20 odam (o‘rtacha), 20 kishidan ko‘p (katta). Tartibga solingan alomatlari bo‘yicha
pavilyonlar turlanadi: ochiq turdagi (devor
to‘siqsiz, bir yoki ikkita tomonida devor bilan); yarim yopiq
tur (uch yoki
to‘rttala tomoni yopiq), yopiq turdagi chiptaxonali (yopiq bino - chiptaxona), yopiq turdagi
(4.2 - rasm). Chiptaxona va kutish zali
bo‘lgan sig‘imi 20 kishidan yuqori bo‘lgan yopiq turdagilarni
avtostansiya sifatida
ko‘rish mumkin.


7
Sig‘imi bo‘yicha differensiallashtirish kerakligi bir vaqtda yo‘lovchilarga xizmat qilish imkoniyatidan
kelib chiqadi. Pavilyonlarning kerakli
sig‘imini hisoblab chiqish yuqorida keltirilgan bitta reysga to‘g‘ri
keluvchi T+2 odam
yo‘lovchilarning o‘rtacha sonidan kelib chiqadi. Usti berk joyning solishtirma
maydonini 1,5 m 2 /odam ga teng deb olish mumkin. Tartibga solingan cxizmani tanlash
yo‘lovchilar
soniga, trassa
bo‘ylab joylashtirilishiga va joyning tabiiy iqlim sharoitiga bog‘liq. Ko‘pincha o‘rtacha
va katta
sig‘imli pavilyonlar yarim yopiq yoki yopiq turdagi kabi qilinadi. Chiptaxonali pavilyonlar
avtostansiya va avtovokzallari
bo‘lgan yirik aholi punktlarida, yo‘lovchilarning ko‘p miqdorda
yig‘ilishiga qaramasdan joylashtirilmaydi. Sovuq iqlimli hududlarda ochiq turdagi pavilyonlarni qurish
maqsadga muvofiq emas. Avtobus
pavil’onlari tayyorlanishi bo‘yicha individual va industrial turlarga
bo‘linadi. Birinchi holatda qurilish individual loyiha yechimi asosida standart bo‘lmagan qurilish
konstruksiyalari va detallari, shuningdek
qo‘lda bajariladigan ko‘p miqdordagi ish bilan olib boriladi. 
Ikkinchi holatda pavilyonlar avvaldan asosan mexanizatsiya
yo‘li bilan tayyorlangan, namunaviy yoki
qayta
qo‘llaniladigan loyiha asosida quriladi.


Avtobus pavilyonlari industriallashuvining uchta
yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin: - qo‘shimcha
jihozlashni talab qilmaydigan (
to‘liq yig‘ish mumkin
bo‘lgan) yig‘ma konstruksiya va detallardan iborat
pavilyonlarning
to‘liq nomenkulaturasini qurish; -
individual tayyorlangan konstruksiyalar bilan ayrim
yeg‘ma konstruksiyalardan, joylarda jihozlash
bilan (qisman
yig‘ma) pavilyonlar qurish; -
industrial 
yo‘l bilan tayyorlangan qo‘shimcha
detallar bilan individual konstruksiyalardan
pavilyonlar qurish (fragmentli
yig‘ma).
8


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

Download 29.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling