Jizzax politexnika instituti yo’l-muhandislik yo’nalishi №676\21 guruh talabasi qarshiboyev dilmurod
Download 29.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Qarshiboyev Dilmurod4
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI YO’L-MUHANDISLIK YO’NALISHI №676\21 GURUH TALABASI QARSHIBOYEV DILMUROD SHAHAR YO’LLARIDA AVTOBUS BEKATLARINI JOYLASHTIRISH 1 Jamoat transporti har qanday zamonaviy megapolisni rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida aholining turmush sifati va qulayligiga bevosita taʼsir koʼrsatadi. Markaziy Osiyodagi eng yirik va chiroyli shaharlardan biri boʼlgan Toshkent yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatish boʼyicha rivojlangan tizimga ega. Mustaqillik yillarida bu borada amalga oshirilgan keng koʼlamli islohotlar jamoat transportining har jihatdan yanada qulay boʼlishiga xizmat qilmoqda [1]. Hozirgi kunga kelib avtobus bekatlarining har xil turlari paydo bo’lmoqda. Butun dunyo bo’ylab aholi sonining ortishi va yo’lovchilar sonining ko’payishi buinshootlarning sifat ko’rsatkishlarini yaqshilash va yo’lovchilarga qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratib berishni talab qilmoqda [2]. Shahar sharoitida avtobus bekatlarini eng qulay va zamonaviy ko’rinishda joylashtirish hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Avtobus bekati shahar ko’chasida harakatlanayotgan transport vositasiga noqulaylik tug’dirmasligi lozim. Chunki avtobus bekati mintaqasi asosan transport vositalari va piyodalar gavjum bo’lgan hudud hisoblanadi [2] 2 3 Avtobus pavilyonlari – bu joylarda umumiy transportning to‘xtab turishiga mo‘ljallangan masshtabi bo‘yicha uncha katta bo‘lmagan yomg‘ir, qor, shamol, quyoshdan himoyalanib va transportni kutish uchun quriladigan arxitekturali inshoot. Bu obyektning arxitektura- landshaftni tashkil qilishdagi ahamiyati uchta omil bilan aniqlanadi. Birinchi omil u yo‘l muhitida faol ko‘zga tashlanadigan kompaktli inshoot hisoblanishidan iborat. Avtostansiya va avtovokzallardan farqli ravishda, avtobus pavilyonlari qatnov qismining yonida joylashadi, o‘tuvchi-tezlashuvchi yo‘lakcha va to‘xtab turish maydonchasidan ajralib turadi. Shu bilan birgalikda avtobusga o‘tirish maydonchasi – perron – perronning oldingi chegarasidan me’yoriy masofa 3 m bo‘lganda perrondan qatnov qismigacha bo‘lgan masofa yo‘lning darajasiga bog‘liq 6 m dan 12 m gacha bo‘ladi. Shunday qilib pavilyonlar yo‘l muhitining oldingi qismi kabi bo‘ladi. Ikkinchi omil – miqdoriy ham ahamiyatga ega. O‘rtacha uzunlikdagi yo‘llarda ham o‘nlab pavilyonlar qurish mumkin, uzun marshrutlarda bu obyektlarning miqdori yuzlab bo‘lishi mumkin. Bu yerda miqdor sifatga o‘tishi kerak. Qayta-qayta qaytariluvchi uncha katta bo‘lmagan arxitekturali obyekt yo‘ldan hosil bo‘ladigan umumiy estetik taassurotga ta’sir qiladi. Pavilyonlar orasi me’yoriy qiymat 3 km va o‘rtacha tezlik 30 km/soat bo‘lganda haydovchini oldida pavilyonlar 2-3 min oraliqda ko‘rinadi. 4 Odatda, avtobus bekatlari aholi yashash joylarining markaziga yaqin, avtomobil yo‘llari bilan kesishadigan joylarga joylashtiriladi. Bu holatda iloji boricha avtobus pavil’oni va binolar orasidagi masofa 10-12 m bo‘lishi kerak. Ammo transport aylanib o‘tish yo‘li qurilganda avtobus bekatlari aholi yashash joyining chetiga olib chiqiladi. Bu holatda, shuningdek sport lagerlari, bog‘bonlik shirkatlari, shahar tashqarisidagi sanatoriylar oldida, yo‘lovchiga qulaylik kabi landshaftli holat (relyef, tabiiy o‘simliklarning bo‘lishi) ham ahamiyatga ega. Aholi yashash joylaridan tashqarida bekatlarni joylashtirishda, yo‘l ko‘tarmadan o‘tganida (2 m dan katta), avtobus bekatlari va pavil’onlarni iloji bo‘lsa qurmaslik kerak. Mehnat va material sarfidan (yer ishlari hajmining ortiqligi, ayrim hollarda zinalarning qilinishi) tashqari bunday holat estetik nuqtaiy nazardan noqulay hisoblanadi. Yo‘l poyini umumiy kengaytirishda (o‘tuvchi-tezlashtiruvchi yo‘lakcha, bekat va avtobuslarga chiqish maydonlari uchun), shuningdek 158 pavilyonlar va inshootlarning o‘zi uchun yo‘l poyi ko‘tarmasini “qayta qurish” fazoni tik qiya shakli bilan deformatsiyalaydi va ularni tabiiy atrof bilan uyg‘unlashishi uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qiladi. 5 Avtobus pavilyonlari uchun maydonchalarni tanlash ma’lum miqdorda ahamiyatga ega. Avtobusga chiqish joyidan (perron) tashqari bevosita avtobus pavilyonlarini joylashtirish zonasi va qo‘shimcha jihozlash zonasini ajratish mumkin. Avtobusga chiqish joyini birorta jihozni joylashtirmasdan loyihalash kerak, chunki bu yo‘lovchilarning avtobusga chiqishi va tushishini qiyinlashtiradi. Avtobusga chiqish joyi qattiq qoplamali: asfalt- yoki sementbeton (trotuar plitkasi), sementli qumli zichlashtirilgan aralashma, tabiiy tosh bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha jihozlash zonasi, odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: 5.12 belgisini ( ГОСТ 10807) “Avtobus to‘xtash joyi” o‘rnatish, ahlat yig‘uvchi (1-2 dona), gul tuvaklari, buta va daraxt ko‘rinishida ko‘kalamlashtirish. Bunday zona qattiq qoplamaga (perronga o‘xshash), qisman ekilgan (o‘t, gullar), qisman “inert” materialli qoplamadan: singan g‘isht, graviy, qum va boshqalarga ega bo‘lishi kerak. Katta sig‘imdagi yoki yopiq turdagi avtobus pavilyonlarini qurishda pavilyonga yaqin 15-25 m masofada hojatxona, va sanitariya gigiyenik zona quriladi, ular pavilyondan daraxt va buta ekish bilan ajratiladi va yo‘lovchi yo‘lakchasi bilan bog‘lanadi (4.1-rasm). Pavilyonlarni shunday joylashtirish kerakki, bunda avtobus keladigan tomondan yo‘l yaxshi ko‘rinib tursin. 6 Avtobus pavilyonlari turlari. Avtobus pavilyonlari sig‘imi, tartibga solishni, materiali va yasash usuli bo‘yicha differensiyalanadi. Sig‘imi bo‘yicha quyidagi avtopavilyonlar turlari mavjud: 5-10 odam (kam sig‘imli), 10-20 odam (o‘rtacha), 20 kishidan ko‘p (katta). Tartibga solingan alomatlari bo‘yicha pavilyonlar turlanadi: ochiq turdagi (devor to‘siqsiz, bir yoki ikkita tomonida devor bilan); yarim yopiq tur (uch yoki to‘rttala tomoni yopiq), yopiq turdagi chiptaxonali (yopiq bino - chiptaxona), yopiq turdagi (4.2 - rasm). Chiptaxona va kutish zali bo‘lgan sig‘imi 20 kishidan yuqori bo‘lgan yopiq turdagilarni avtostansiya sifatida ko‘rish mumkin. 7 Sig‘imi bo‘yicha differensiallashtirish kerakligi bir vaqtda yo‘lovchilarga xizmat qilish imkoniyatidan kelib chiqadi. Pavilyonlarning kerakli sig‘imini hisoblab chiqish yuqorida keltirilgan bitta reysga to‘g‘ri keluvchi T+2 odam yo‘lovchilarning o‘rtacha sonidan kelib chiqadi. Usti berk joyning solishtirma maydonini 1,5 m 2 /odam ga teng deb olish mumkin. Tartibga solingan cxizmani tanlash yo‘lovchilar soniga, trassa bo‘ylab joylashtirilishiga va joyning tabiiy iqlim sharoitiga bog‘liq. Ko‘pincha o‘rtacha va katta sig‘imli pavilyonlar yarim yopiq yoki yopiq turdagi kabi qilinadi. Chiptaxonali pavilyonlar avtostansiya va avtovokzallari bo‘lgan yirik aholi punktlarida, yo‘lovchilarning ko‘p miqdorda yig‘ilishiga qaramasdan joylashtirilmaydi. Sovuq iqlimli hududlarda ochiq turdagi pavilyonlarni qurish maqsadga muvofiq emas. Avtobus pavil’onlari tayyorlanishi bo‘yicha individual va industrial turlarga bo‘linadi. Birinchi holatda qurilish individual loyiha yechimi asosida standart bo‘lmagan qurilish konstruksiyalari va detallari, shuningdek qo‘lda bajariladigan ko‘p miqdordagi ish bilan olib boriladi. Ikkinchi holatda pavilyonlar avvaldan asosan mexanizatsiya yo‘li bilan tayyorlangan, namunaviy yoki qayta qo‘llaniladigan loyiha asosida quriladi. Avtobus pavilyonlari industriallashuvining uchta yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin: - qo‘shimcha jihozlashni talab qilmaydigan ( to‘liq yig‘ish mumkin bo‘lgan) yig‘ma konstruksiya va detallardan iborat pavilyonlarning to‘liq nomenkulaturasini qurish; - individual tayyorlangan konstruksiyalar bilan ayrim yeg‘ma konstruksiyalardan, joylarda jihozlash bilan (qisman yig‘ma) pavilyonlar qurish; - industrial yo‘l bilan tayyorlangan qo‘shimcha detallar bilan individual konstruksiyalardan pavilyonlar qurish (fragmentli yig‘ma). 8 E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! Download 29.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling