Jizzax politexnika instituti yo’l-muhandislik yo’nalishi №676\21 guruh talabasi qarshiboyev dilmurod


Download 49.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana30.01.2024
Hajmi49.5 Kb.
#1816997
1   2
Bog'liq
Qarshiboyev Dilmurod2.5

Petrografiya (yun. petros
— tosh va ...grafin) —
tog jinslari
, ularning mineralogik va kimyoviy tarkibi, 
strukturam va teksturasi, Yer
poʻstida va yer ustida yotish sharoitlari, tarqalish qonuniyatlari, kelib
chiqishi va
oʻzgarishi haqidagi fan. Togʻ jinslari haqidagi fanni ikki qismga — tavsifiy koʻrinishga ega
boʻlgan petrografiya va petrologiyaga boʻlishga mayllik mavjud. P. mineralogiya, geokimyo, 
vulkanologiya, tektonika, stratigrafiya va foydali kazilmalar
taʼlimoti bilan bogʻliq.

Oʻrganilayotgan togʻ jinslarining tipiga qarab magmatik petrografiya, metamor-fik petrografiya va
choʻkindi jinslar petrografiyasi — litologiya farq qilinadi.

Magmatik
togʻ jinslari
P.si, asosan magmaning sovishi va kristallanishi natijasida hosil
boʻlgan kristalli
togʻ jinslarini oʻrganadi. Magmatik jinslar ularning moddiy tarkibini, magmaning sovish jarayonidagi
fizikkimyoviy sharoitlarini, atrofdagi jinslar bilan
oʻzaro munosabatlarini anikdash maqsadida
oʻrganiladi.


9
Magmatik
togʻ jinslari
P.si, asosan magmaning sovishi va kristallanishi natijasida hosil
boʻlgan kristalli togʻ
jinslarini
oʻrganadi. Magmatik jinslar ularning moddiy tarkibini, magmaning sovish jarayonidagi fizikkimyoviy
sharoitlarini, atrofdagi jinslar bilan
oʻzaro munosabatlarini anikdash maqsadida oʻrganiladi.
Metamorfik
togʻjinslari
P.si yangi fizikkimyoviy sharoitlar
taʼsirida oʻzining dastlabki mineralogik va kimyoviy
tarkibini
oʻzgartirgan togʻ jinslarini tadqiq etish bilan shugʻullanadi (yana qarang
Togʻ jinslari metamor-fizmi
).
Bulardan tashqari, oraliq holatni egallagan
togʻ jinslari ham mavjud. Masalan, baʼzi metamorfik togʻ jinslari
hosil
boʻlish jarayonida qisman eriydi; va aksincha, baʼzi magmatik jinslarning shakllanishida metamorfizm
jarayoni muhimroq. 
Choʻkindi va magmatik jinslar ichida oraliq holatdagilari ham mavjud. Ular magmatik
jinslardan tuzilgan
boʻlsa ham, biroq hosil boʻlishi va yotish sharoitlari choʻkindi togʻ jinslariga xos.
Togʻ jinslarining tarkibi va tuzilishini oʻrganishda maxsus metodlar qoʻllaniladi. Mas, kristalooptik metod bilan
mayda donali mineral agre-gatlari
oʻrganiladi. Shuningdek, rentgenoskopiya metodi va spektral tahlil ham 
keng
qoʻllaniladi. Togʻ jinslari moddalari, shuningdek, kimyoviy tahlil yoʻli bilan ham aniqlanadi. Togʻ jinslari
va ularni tashkil qilgan mi-nerallarni fizikaviy
oʻrganishda zichligi, qattiqligi, issiqliqdan ken-gayishi, qisilishi, 
seysmik
toʻlqinlarning tezligi, qovushqoqligi, elektr va magnit xususiyatlari aniqlanadi. Shunday qilib, togʻ
jinslarini
oʻrganish turli-tuman tadqiqot maj-muini oʻz ichiga oladi. Bularni umumlashtirish Yer poʻstining
shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarida turli tipga mansub
togʻ jinslarining rolini aniqlashga imkon beradi.


10
 P. 
oʻrganilayotgan xususiyatlari harakteriga va qoʻllanilayotgan metodlariga koʻra, 
petrokimyo, petrofizika, petrotexnika, fizikkimyoviy va zksperi-mental P., texnik P., kosmik
P.ga 
boʻlinadi.
 P.ga oid ayrim
maʼlumotlar Abu Rayhon Beruniy va boshqa oʻrta asr mualliflarining
asarlarida uchraydi. 19-asr 
oʻrtalariga qadar P. muammolari mineralogiya va umumiy
geologiya tomonidan
oʻrganildi. Xususan, barcha togʻ jinslari kelib chiqishiga koʻra, 
choʻkindi, magmatik va metamorfik jinslarga boʻlindi. P. fan sifatida 19-asr oʻrtalarida, ingliz
petrografi G.K. Sorbi
togʻ jinslari mineral tarkibini shlifda mikroskop ostida oʻrganish imko-
niyati borligini
koʻrsatib bergandan keyin shakllandi. Keyinroq P. boʻyicha tadqiqot
amaliyotiga qutblantiruvchi mikroskop kiritildi. Mineral tarkibini hozirda ham amalda
boʻlgan
kris-tallooptik xossalarga qarab aniklash usuli taklif etildi. Ayni paytda
togʻ jinslarini
kimyoviy tadqiq qilish metodlari ham takomillashib bordi.
 19-asr oxiri
—20-asr boshlarida P.da asosiy eʼtibor turli magmatik jinslarning kelib chiqishi
muammolariga karatildi. 19-asr oxirida F.Yu.LevinsonLessing Yer ustida rivojlangan
magmatik jinslarning hosil
boʻlish man-bai nordon va asosli magmadan iborat ekanligini
aniqladi.
 S.S.Korjinskiy tadqiqotlarida minerallar paragenezisi taxdilining fizikkimyoviy asoslari ishlab
chiqildi. Yer
poʻstida magmatizm flyuidlar bilan birgalikda rivojlanishi koʻrsatib berildi.


Minerallar paragenezisi tahlili asosida magmatik, metamorfik va me-tasomatik
togʻ
jinslarining mineral fatsiyalari sistemasi ishlab chiqildi. Turli magmatik va metamorfik
jinslarning paydo
boʻlishini aniqlashda F.Yu.Levinson-Lessing va A. S. Ginz-berglarning
tajriba tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega
boʻldi. Tadqiqotchilar tabiatda granitning ikki tipi 
mavjudligini
eʼtirof etadilar. Shulardan birinchisi nisbatan past temperaturali, Yer pusti
jinslarining suvga
toʻyingan sharoitda qisman erishidan palingen granit magmasidan hosil
boʻladi. U kristallanganda avtoxton (joyidan siljimagan yoki ozgina sil-jigan) granitlar vujudga
keladi. Ikkinchi tip granitlar yuqori mantiya yoki Yer
poʻstining quyi qismidagi bazalt
magmasining
oʻzgarishidan hosil boʻlgan nordon eritmadan vujudga keladi. Yuqori
temperaturaga ega
boʻlgan bunday nordon eritmalar Yer yuzasigacha chiqib intruziv
granitlarni hosil qiladi. Magmatizm va tektonikaning
bogʻliqligi muammosi ustida ham 
tadqiqotlar olib borilmoqda. Okeanlar magma-tizmiga alohida
eʼtibor berilmoqda. Oʻrta Osiyo, 
xususan, 
Oʻzbekistonda P. boʻyicha tadqiqotlar 20-asr 20-yillaridan boshlandi. Oʻzbekiston
milliy universiteti, ToshDTU, 
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti, 
Neft va gaz konlari geol.si instituti, 
Oʻzbekiston Geologiya va mineral re-surslar davlat
qoʻmitasida va ilmiy tadqiqot mu-assasalarida olib borilmoqda. S. S. Smirnov va Yu. A. 
Bilibinning hozirgi zamon metallogeniyasining petrografik asoslari haqidagi nazariyalari, H.M. 
Abdullayev yaratgan petrometallogeniya
taʼlimoti kabi bir qancha kashfiyotlar P.ning keng
rivojlanishiga imkon berdi. Magmatik va metamorfik jinslar hamda texnik P. soxdsida I. H. 
Hamroboyevning ishlari katta ahamiyatga ega.
11


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling