Jizzax politexnika instituti ysbki vaT fakulteti ip yigiruv yo‘nalishi 311-22 guruh talabasi
Download 13.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektronika fani predmedi va uning bugungi kunda jamiyat xayotidagi õrni
Jizzax politexnika instituti YSBKI vaT fakulteti ip yigiruv yo‘nalishi 311-22 guruh talabasi : Xudoyberdiyeva Nilufar JIZZAX_2023 Elektronika fani predmedi va uning bugungi kunda jamiyat xayotidagi õrni • Elektrotexnika – elektr energiyasini uning mahsus manbaaalarida ishlab chiqarish, elektr va magnit hodisalaridan amalda foydalanish haqidagi fandir. Bu fan elektr energiya ishlab chiqarish uni uzoq masofalarga uzatish va undan amaliy maqsadlarda foydalanish haqidagi barcha masalalarni hal qiladi. Elektr energiya – energiyalarning shunday bir universal formasi bo`lib, u oldiga quyilgan barcha vazifalarni bajara oladi va o`zining oldiga quyidagi vazifalarni maqsad qilib qo`yadi; • -elektr energiyani ishlab chiqaruvchi qurilmalarni tuzulishi va ishlash printsipini o`rgatadi; • -shu energiyaga ishlaydigan elektr mashinalarini tuzulishi va ishlash printsipini o`rgatadi; • -elektr energiyasini boshqarish va himoya vositalarini tuzulishi va ishlatilish sohalarini o`rgatadi; • -ishlab chiqarishni har taraflama avtomatlashtirishga imkon yaratadi • 20 asr energetika va elektrotexnika sohasida muhim davr hisoblanadi. Chunki bu davr radio va yarim o`tkazgichlar texnikasining paydo bo`lishini, televideniyaning kashf etilishini, avtomatika va telemexanikaning taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli ko`rilmagan darajada o`sishini, integral mikrosxemani va atom energiyasining kashf etilishining va taraqqiyotining jadal rivojlanishi bilan bog’liqdir. • Umuman Elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo`jaligining barcha sohalarida, keng foydalaniladi: Elektrotexnika–elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bo`lishi va o`zgarish qonuniyatlarini o`rgatadigan fan va texnika sohasidir. Elektr energiyasidan foydalanuvchi qurilmalarni takomillashib borishi, texnologik jarayonlarni shunday tezlikda va aniqlikda bajarilishini ta`minlaydiki uni inson sezgi organlari bilan sezib ko`rib boshqara olmaydi. Bu esa o`z navbatida ishlab chiqarish jarayonlarida avtomatlashtirishni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Ayniqsa xalq xo`jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Elektrotexnika fanining maqsadi yuqorida keltirilgan barcha narsalarni o`rgatishdan iboratdir. • Bizdan tashqi muhitdagi jismlar hammasi atomlardan, ya`ni proton va neytronlardan iborat ekan, ularni alohida hossalari haqida to`htalib o`tishimiz zarur bo`ladi. • Elektronlar – manfiy zaryadlangan zarrachalar, musbat zaryadli protonning atrofida mahsus orbita tashkil qilib, shu orbita bo`ylab aylanib yuradilar. • Bu orbita bo`yicha chekka qismlarda joylashgan elektronlarni yadro markazidan uzoqda bo`lganligi uchun ularni ozgina tashqi kuchlar ta`sirida, kichik energiya yordamida uni shu orbita ta`siridan chiqarib yuborish mumkin. • Tabiiy holatda atom tarkibidagi elektronlar va protonlar tashqi muhit bilan o`zaro muvozanatda bo`ladi. Agar biror ta`sir natijasida u o`zini tarkibidan elektronlarni yoki protonlarni yo`qotsa, u holda bu muvozanat buziladi. • Atom o`zini tarkibidan qancha ko`p zaryadini yo`qotsa u shuncha kuchli elektrlanadi. Download 13.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling