Jizzax politexnika instituti ysbki vaT fakulteti ip yigiruv yo‘nalishi 311-22 guruh talabasi


Download 13.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.04.2023
Hajmi13.73 Kb.
#1325819
Bog'liq
Elektronika fani predmedi va uning bugungi kunda jamiyat xayotidagi õrni



Jizzax politexnika instituti
YSBKI vaT fakulteti ip
yigiruv yo‘nalishi 311-22 
guruh talabasi :
Xudoyberdiyeva Nilufar
JIZZAX_2023


Elektronika fani predmedi va uning bugungi
kunda jamiyat xayotidagi õrni

Elektrotexnika – elektr energiyasini uning mahsus manbaaalarida ishlab 
chiqarish, elektr va magnit hodisalaridan amalda foydalanish haqidagi fandir. 
Bu fan elektr energiya ishlab chiqarish uni uzoq masofalarga uzatish va undan 
amaliy maqsadlarda foydalanish haqidagi barcha masalalarni hal qiladi. Elektr 
energiya – energiyalarning shunday bir universal formasi bo`lib, u oldiga 
quyilgan barcha vazifalarni bajara oladi va o`zining oldiga quyidagi vazifalarni 
maqsad qilib qo`yadi;



-elektr energiyani ishlab chiqaruvchi 
qurilmalarni tuzulishi va ishlash printsipini 
o`rgatadi;

-shu energiyaga ishlaydigan elektr 
mashinalarini tuzulishi va ishlash printsipini 
o`rgatadi;

-elektr energiyasini boshqarish va himoya 
vositalarini tuzulishi va ishlatilish sohalarini 
o`rgatadi;

-ishlab chiqarishni har taraflama
avtomatlashtirishga imkon yaratadi



20 asr energetika va elektrotexnika
sohasida muhim davr hisoblanadi. Chunki
bu davr radio va yarim o`tkazgichlar
texnikasining paydo bo`lishini, 
televideniyaning kashf etilishini, 
avtomatika va telemexanikaning taraqqiy
etishi, mikroelektronika va energetikaning
misli ko`rilmagan darajada o`sishini, 
integral mikrosxemani va atom 
energiyasining kashf etilishining va 
taraqqiyotining jadal rivojlanishi bilan 
bog’liqdir.



Umuman Elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo`jaligining barcha 
sohalarida, keng foydalaniladi: Elektrotexnika–elektr zanjirlarida va 
elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bo`lishi va 
o`zgarish qonuniyatlarini o`rgatadigan fan va texnika sohasidir. Elektr 
energiyasidan foydalanuvchi qurilmalarni takomillashib borishi, texnologik 
jarayonlarni shunday tezlikda va aniqlikda bajarilishini ta`minlaydiki uni inson 
sezgi organlari bilan sezib ko`rib boshqara olmaydi. Bu esa o`z navbatida 
ishlab chiqarish jarayonlarida avtomatlashtirishni yuzaga kelishiga sabab 
bo`ladi. Ayniqsa xalq xo`jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish 
sohalarida erishilgan yutuqlarni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. 
Elektrotexnika fanining maqsadi yuqorida keltirilgan barcha narsalarni 
o`rgatishdan iboratdir.




Bizdan tashqi muhitdagi jismlar hammasi atomlardan, ya`ni proton va neytronlardan
iborat ekan, ularni alohida hossalari haqida to`htalib o`tishimiz zarur bo`ladi. 

Elektronlar – manfiy zaryadlangan zarrachalar, musbat zaryadli protonning atrofida 
mahsus orbita tashkil qilib, shu orbita bo`ylab aylanib yuradilar. 

Bu orbita bo`yicha chekka qismlarda joylashgan elektronlarni yadro markazidan 
uzoqda bo`lganligi uchun ularni ozgina tashqi kuchlar ta`sirida, kichik energiya 
yordamida uni shu orbita ta`siridan chiqarib yuborish mumkin. 

Tabiiy holatda atom tarkibidagi elektronlar va protonlar tashqi muhit bilan o`zaro 
muvozanatda bo`ladi. Agar biror ta`sir natijasida u o`zini tarkibidan elektronlarni 
yoki protonlarni yo`qotsa, u holda bu muvozanat buziladi.

Atom o`zini tarkibidan qancha ko`p zaryadini yo`qotsa u shuncha kuchli 
elektrlanadi. 


Download 13.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling