Jizzax shahar kasb hunar maktabiga amaloyotni o`tash uchun bordim. Maktab direktori bilan uchrashib amaliyot o`tash uchun kelganligimni aytdim


Download 0.66 Mb.
bet1/2
Sana25.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1065572
  1   2
Bog'liq
shablon vord 97-2003


Men ____________________________________ 2022-yil 9-sentabrda __________________________________________________________________ joylashgan
Jizzax shahar kasb hunar maktabiga amaloyotni o`tash uchun bordim. Maktab direktori bilan uchrashib amaliyot o`tash uchun kelganligimni aytdim. Maktab direktori meni maktab ichki tartib qoidasi bilan tanishtirdi va maktabdagi Matematika o`qituvchisi bilan tanishtirdi. Matematika o`qituvchisi menga kutubxonani informatika xonasini va o`qituvchilar xonasi ko`rsatdi. Maktab direktori yig`ilish qilib maktabdagi o`qituvchilar bilan tanishtirdi. So`ngra meni 18-22-guruh rahbariga biriktirib qo`ydi. Amaliyot davomida sinf raxbarning ishlari bilan tanishdim, meni kundalik elektron platformasida qandey qilib rejalarni joylash baholar qo`yishni o`qituvchilar o`rgatishdi. Maktabni ichki qoidalariga rioya qilgan holda maktabga vahliroq yetib kelishga harakat qildim. Menga biriktirilgan sinf o`quvchilar bilan tanishdim. O`quvchilarning dars bo`yicha muammolari bilan darsdan tashqari muammolari bilan tanishdim. Pedagogik amaliyot rejasiga asosan menga biriktirilgan o`quvchilar haqida ma`lumot to`pladim va kompyuter xonaga kirib barcha to`plagan ma`lumotlarimni chiqarib oldim. Rejadan chetga chiqmagan holda amaliyotni davom ettirdim. Maktab o`qituvchilar bilan darsdan tashqari suhbatlashdim va darsda qandey metodni qo`llasak o`quvchilarga diqqat bilan e`tibor berishi va darslar qiziqarli o`ta olishni so`rab oldim. Men rejadan tashqari maktabda darsdan so`ng qolib o`qituvchilarni hujjatlari bilan tanishdim. Undan tashqari maktabda besh tashabbus asosida sport bo`yicha shaxmat shashka musobaqalar bo`layotgan ekan ularga direktordan ruxsat so`rab qatnashdim. Menga maktab jamoasi juda ham yoqdi, maktabga kelgan yosh o`qituvchilarni maktabdagi yoshi katta o`qituvchilarga biriktirib qo`yishar ekan ustoz shogird an`anasiga binoan. O`qituvchilik kasbi juda buyuk kasb bo`lib o`ziga xos xususiyatlari pedagog faoliyat manbalarini o`rganish va ilg`or tajribalar manbalarning shakllanishi ko`rib borish, amaliyotda ko`nikmalar hosil bo`lish.


Pedagogik amaliyot rejasiga asosan O`qituvchilarni darslarini tahlil qilish uchun va o`qituvchilarni metodlarini o`rganish uchun darslarga kira boshladim. Birininchi saot 19-22-guruhga Ona tili darsi ekan o`qituvchi _______________________ dan ruxsat so`rab o`qituvchini metodini o`rganish uchun kirdim. O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib darsni boshladi. O`qituvchi o`quvchilarni davomat qilib elektron kundalik platformasiga kiritib bordi. O`tgan darsda kelmagan o`quvchilar bilan suhbatlashildi. Uyga vazifani o`qituvchi tekshirib chiqdi va o`quvchilarni qiziqtirgan savollariga jvob berdi. So`ngra o`qituvchi o`quvchilarni o`tgan mavzu yuzasidan savol-javob qilib bilimlarini mustahkamlab bordi va faol qatnashgan o`quvchilarni elektron kundalik platformasiga baholab bordi. So`ngra o`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishda 6ta metoddan foydalandi. Bulardan men bilganlarim klaster, bumerang, aqliy hujum, beshliklar, to`rtliklar va uchliklar metodidan foyfalandi. Ya`ni beshliklar degani darsda beshga o`qiydigan o`quvchilar bir qatorda to`rtga o`qiydigan o`quvchilar keying qatorda va uchga o`qiydagan o`quvchilar uchinchi qatorga o`tqizar ekan. Bu metodda ko`proq uchga va to`rtga o`qiydigan o`quvchiklar bilan ishlanar ekan. O`qituvchi metodlardan foydalanib yangi mavxunu tushuntirib berdi. Menga o`qituvchining metodi juda ham yoqdi. Dars yuzasidan kamchilik o`zi bo`lmadi desak ham bo`ladi. Dars a`lo darajada o`tildi. Chiqishga bo`lganidan so`ng o`qituvchi o`quvchilarga uyga vazifa berib darsni yakunladi. Men o`qituvchini metodini o`rganib oldim. Ikkinchi soat 12-22-guruhga Algebra darsi ekan. O`qituvchini metodini o`rganish uchun o`qituvchi


____________________________________dan ruxsat so`rab darsni tahlil qilish uchun kirdim. O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib darsni boshladi. O`qituvchi davomat qilib elektron kundalik platformasiga kelmagan o`quvchilarni kiritib bordi. O`quvchilarni o`tgan mavzular yuzasidan savollariga o`qituvchi va men birgalikda javob berdik. O`tgan darsda o`quvchilarga o`qituvchi uyga vazifa bergan ekan shularni tekshirib chiqdi.


So`ngra o`quvchilarni o`tilgan mavzular yuzasidan bomerang metodidan foydalanib savol javob qildi. Bu metodda asosan o`quvchilarga savollar aylanma shaklda bo`lib qaytib birinchi partadagi o`quvchiga qaytib kelar edi. O`qituvchi savollar yordamida o`quvchilarni bilimlarini mustahkamlab bordi va darsda faol qatnashgan o`quvchilarni elektron kundalik platformasiga baholab bordi. Yangi mavzu takrorlash ekan o`qituvchi o`qivchilarni ketma-ketlikda do`skaga chiqarib chiqarib ishlatdi. Ko`proq do`skaga beshga o`qiydigan o`quvchilar emas to`rtga uchga o`qiydigan o`quvchilarni do`skaga chiqardi o`qituvchi. Do`skada o`quvchilar misollar ishlashdi va bilimlarini mustahkamlashdi va bilmagan narsalarni o`qituvchi va men birgalikda o`rgatdik. O`qituvchi darsda faol qatnashgan o`quvchilarni elektron kundalik platformasiga baholab bordi. chiqishga qo`ng`iroq bo`lganidan so`ng o`qituvchi o`quvchilarga uyga vazifa berib darsni yakunladi.


Uchinchi soat Kimyo darsi ekan o`qituvchini metodini or`ganish uchun o`qituvchi _____________________dan ruxsat so`rab darsni tahlil qilish uchun kirdim. O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib darsni boshladi. Davomat qilib darsda yo`q o`quvchilarni o`qituvchi elektron kundalik platformasiga kiritib bordi. So`ngra o`qituvchi uyga vazifani tekshirib o`quvchilarni savol javob qildi va faol qatnashgan o`quvchilarni elektron kundalik platformasiga baholab bordi. O`qituvchi yangi mavzuni o`tishda zinama zina metodidan foydalanib o`tdi. O`quvchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga o`qituvchi javob berdi. Chiqishga bo`lganidan so`ng o`qituvchi o`quvchilarga uyga vazifa berib dasrsni yakunladi. Dars tahlilaridan so`ng ancha metodlar o`rgandim. Bular klaster, bumerang, aqliy xujum, zinama zin ava boshqalar.






Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling