Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan tayyorlangan


Download 1.96 Mb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1030945
  1   2   3   4
Bog'liq
iYj6Y6Hed33xfaDBwhdCSl7KWnfO0Myu8MwVKsNx


JIZZAX VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI TOMONIDAN TAYYORLANGAN

MAVZU: REJALASHTIRISH BOSQICHLARI, MAQSADLAR VA VAZIFALARNI SHAKLLANTIRISH USTUVOR YO`NALISHLARNI TANLASH, REJANING SHAKLINI ISHLAB CHIQISH FAOLIYATINI NAZORAT QILISH.

KUTUBXONA FONDINI SHAKLLANTIRISH VA SAQLASH ME’YORLARI


R E J A:
Kutubxona fondi haqida ma’lumot
Kutubxona fondini shakllantirish mazmuni va maqsadi
Muvofiqlash, moslash va ixtisoslashtirish usuli
Kutubxona fondini saqlash
me’yorlari
1
2
3
4

Kutubxona fondlari - barcha kitobxonlarning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondiradi va asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. ”Fond” nemischadan olingan bo’lib, “der Fond” – biror narsani foni, umumiy asosi degan ma’noni bildiradi. ”Fond”so’zi kutubxonashunoslikda 20-yillarda paydo bo’lib, 30 yillarda fondlar termini qo’llana boshladi, 40-yillarga kelib esa kutubxonaning bir bo’lagi deb tan olindi.


Insoniyat tomonidan yaratilgan bilimlarni keyingi avlodlarga yetkazish niyatida yozma manba paydo bo’ldiki, biz uni hozir hujjat deb ataymiz. (dokument)- lotincha o’qiyman, xabar beraman ma’nolarini anglatadi. Hujjat deb maxsus moddiy narsaga yozilgan axborot beruvchi materialga aytamiz. Hujjat qog’ozda, tasmada, plastinkada va kompakt disklarda bo’lishi mumkin. Hujjat kutubxon fondini tizim (sistema) sifatida vujudga kelishi uchun asos bo’lib hisoblanadi. Hujjat termini 1990-yillardan boshlab qo’llanila boshladi, chunki kutubxonada faqat kitob emas boshqa matnlar ham saqlanadi.
FONDNI SHAKLLANTIRISHO’zDST. 7.76-96: 2.9
TASHKIL ETISH
RIVOJLANTI-RISH
ISHLAYDI-
GAN HOLDA SAQLASH
Texnologik jihatdan kutubxona fondini shakllantirish fond obrazini yoki modelini aniqlashdan boshlanadi. Axborot-kutubxona fondi tizimi uchun fondni shakllantirish lozim, buning ahamiyati shundaki, fondning hamma xarakterli xususiyatlari uni shakllantirishda bunyodga keltiriladi.
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish - Hujjatlarni fondga kirib kelishi va chiqishigacha bo’lgan jarayon fondni shakllantirish jarayoni deb ataladi. Axborot-kutubxona fondini shakllantirish uzluksiz jarayon hisoblanib, kutubxona o’z ishini tugatguncha bu jarayon to’xtovsiz davom etaveradi. Fondning soni ko’payishi bilan shakllantirish jarayoni ham murakkablashib boradi, natijada ba’zi bir texnologik jarayonlarni bajaradigan bo’limlar bo’limchalar tashkil etiladi. Axborot-kutubxona fondini shakllantirishga ko’proq ahamiyat beriladi, chunki fond yaxshi butlanganligi kutubxona ishi rivojlanishining asosi bo’lib hisoblanadi. Shakllantirish jarayon hujjatni fonddan chiqarish bilan tugaydi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling