Jizzax viloyati maktabgcha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli Jizzax shahar 25-umumta’lim maktabida 9-10 sinflar o’rtasida o’tkazilgan ‘’Zulfiyaxonim qizlari-umidimiz yulduzlari’’mavzusida o’tkazilgan Tadbir bayonnomasi


Download 18.65 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi18.65 Kb.
#1758593
Bog'liq
Tadbir bayonnomasi 1


Jizzax viloyati maktabgcha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli Jizzax shahar 25-umumta’lim maktabida 9-10 sinflar o’rtasida o’tkazilgan ‘’Zulfiyaxonim qizlari-umidimiz yulduzlari’’mavzusida o’tkazilgan
Tadbir bayonnomasi
Jizzax shahar tumani XTB ga qarashli 25-umumta’lim maktabida 2023-yil 1-mart kuni Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan ‘’Zulfiyaxonim qizlari-umidimiz yulduzlari’’mavzusida adabiy kecha bo’lib o’tdi.Tadbirda maktabning barcha fan o’qituvchilari va barcha sinf o’quvchilari faol ishtirok etdi.
Tadbir tashkilotchisi : Ch.Qobilova
Yordamchilar : M.Rahimova,SH.Ergasheva
Kun tartibida:
1.9-‘’B’’va 10-‘’A’’sinf o’quvchilari hamda maktab o’qituvchilari bilan hamkorlikda ‘’Zulfiyaxonim qizlari -umidimiz yulduzlari’’mavzusida o’tkazilgan tadbirning muhokamasi.
Eshitildi:
Kun tartibidagi adabiy kecha maktabning ona tili va adabiyot o’qituvchilari hamda maktab direktorining nutqi bilan boshlandi.Shundan so’ng o’quvchilar o’tmish tariximizning shonli sahifalarida qolgan qahramon ayollar : To’maris, Barchinoy, Nodira, Uvaysiy va Zulfiya siymolarida sahnaga chiqishdi.O’quvchilar Zulfiyaning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar aytdilar.SHoira qalamiga oid she’rlar yod aytildi. Oʻquvchilar tomonidan kuy va qoʻshiqlar kuylandi. Dars davomida shoira qalamiga mansub she’rlar asosida sahna asari tashkil etildi. Barcha oʻquvchilar faol ishtirok etishdi Tadbir Zulfiyaxonim va Hamid Olimjonning dialoglari bilan xulosalandi.
9-‘’B’’va 10-‘’A’’Sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan tadbir ‘’a’lo’’darajada deb topilsin.

Tadbir tashkilotchilari: Ch.Qobilova,


M.Rahimova,
SH.Ergasheva
Download 18.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling