Jizzax viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida 2016-2017 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar


Download 36.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.11.2017
Hajmi36.92 Kb.
#20000

Jizzax viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida 

2016-2017 o’quv yilida amalga oshirilgan 

ishlar  

 

Jizzax  viloyati  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  boshqarmasi  tasarrufida  hozirgi 



kunda  quvvati  44375  o’quvchi  o’rniga  ega  bo’lgan  76  ta  kasb-hunar  kollejlari  va  2445 

o’quvchi o’rniga ega 3 ta akademik litseylar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 

Ushbu  ta’lim  muassasalarida  49456  nafar  o’quvchilar  114  ta  kichik  mutaxasislik 

bo’yicha tahsil olib kelmoqda.  

Ta’lim  muassasalarining  2  tasi  Osiyo  Taraqqiyot  Banki,  6  tasi  Yaponiya,  2  tasi 

Polg’sha, 16 tasi Janubiy Koreya va 2 tasi Germaniya kreditlari hisobiga jahonning yetakchi 

korxonalarida  ishlab  chiqarilgan  zamonaviy  o’quv-laboratoriya  jihozlari  va  ustaxona 

anjomlari bilan jihozlangan. 

Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  jami  4920  nafar  pedagog  xodimlar 

faoliyat yuritayotgan bo’lib (Umumta’lim fan o’qituvchilari – 2902 nafar (58,9%), Maxsus 



fan  o’qituvchilari  –  1583  nafar  (32,1%)  va  435  nafar  (8,8%)  ishlab  chikarish  ta’lim 

ustalari),  ularning  9  nafari  fan  nomzodi,  4655  nafari,  yahni  94,6  foizi  oliy  ma’lumotli 

kadrlar,  qolgan  265  nafari,  yahni  5,4  foizi  o’rta  maxsus  ma’lumotli  pedagog  va  ishlab 

chiqarish ta’limi ustalaridir. 

Jami pedagog xodimlarning 90 nafari bosh o’qituvchi, 250 nafari yetakchi o’qituvchi, 

606 nafari katta va 3709 nafari oliy ma’lumotli o’qituvchi malaka toifalariga ega. 

Ushbu  o’qituvchilardan  3  nafari  “Mehnat  shuhrat  ”ordeni,  10  nafari  “O’rta 



maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  ahlochisi”  ko’krak  nishoni,  4  nafari  “O’zbekiston 

Respublikasida  xizmat  ko’rsatgan  yoshlar  murabbiysi”  unvoni,  1  nafari  “Do’stlik 

“ordeni,  2  nafari  “Mehnat  shuhrat  ”ordeni  va  3  nafari  “SHuxrat”  medali  bilan 

taqdirlangan. 

2017  yilda  pedagog  xodimlar  va  ishlab  chiqarish  ustalari  tomonidan  698  ta  dars 

ishlanmalari, metodik majmualar va uquv qullanmalar yaratildi. 

Ta’lim  muassasalarining  Axborot-resurs  markazlarining  jami  kitob  fondi  967393 

nusxani  tashkil  etadi,  jumladan,  o’quv  adabiyotlari  556250  (umumta’lim  fanlariga  oid 

darsliklar  225800  nusxa,  umumkasbiy  va  kasbiy  fanlarga  oid  darsliklar  330450  nusxa)  ni, 

elektron darsliklar 4200 nusxa, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar 36640 nusxa, badiiy adabiyotlar 

344853 nusxa, metodik qo’llanmalar va dasturlar 25450 nusxani tashkil etadi. 

Joriy yil davomida olingan yangi kitoblar soni 40868, shu jumladan umumta’lim fanlar 

23885 ta, maxsus fanlar 14707 ta badiiy adabiyotlar 2276 tani tashkil etadi. 

Ta’lim muassasalarining axborot resurs markazlari 211 nomda 809556 nusxada darslik 

o’quv  qo’llanmalar  hamda  badiiy,  ijtimoiy-  siyosiy  adabiyotlarning  elektron  variantlari 

bilan (PDF formatida) ta’minlangan. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  20  iyundagi  “Respublika  axolisini 

axborot  kutubxona  bilan  ta’minlashni  tashkil  etish  to’g’risida”gi  PQ-381  sonli  qarori  va 

O’zbekiston  Respublikasining  2011  yil  13  apreldagi  “Axborot  kutubxona  to’g’risida”gi 

O’RQ-280-sonli  qonunda  belgilangan  topshiriqlar  ijrosini  to’liq  ta’minlash  maqsadida 

ta’lim muassasalarida kitob do’konlar tashkil etilgan. 

2017  yilgi  dasturga  asosan  4  ta  kasb-hunar  kollejida  va  1  ta  akademik  litseyda 

rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun 10 mlrd 394,7 mln so’m (Jizzax iqtisodiyot 

va xizmat ko’rsatish-348,6 mln, Jizzax pedagogika-1071,2 mln, Jizzax olimpiya zaxiralari-

5337,0  mln,  Jizzax  transport,  aloqa-2832,0  mln  va  JPI  qoshidagi  akademik  litsey-805,5 

mln) va 2 tasini kapital ta’mirlash uchun 1 mlrd 268,4 mln so’m (Uchtepa qishloq xo’jaligi-

765,9 mln, Jizzax sanhat kolleji-502,5 mln) jami viloyat bo’yicha 11 mlrd 663,1  mln so’m 

mablag’lar  ajratilgan,  bugungi  kunda  barcha  ta’lim  muassasalarida  rekonstruktsiya  va 

kapital ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, foydalanish uchun topshirilgan. 


2018  yilda  19  ta,  2019  yilda  22  ta,  2020  yilda  16  ta  va  2021  yilda  3  ta  kollejlarni 

kapital ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlarini bosqichma-bosqich o’tkazish rejashtirib 

olingan hamda ijrosi ustidan nazorat o’rnatilgan. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentinnig 

2017 

yil  


2  maydagi  PQ-2941-sonli  qaroriga  asosan  2017-2018  o’quv  yilidan  boshlab  G’allaorol 

tumanidagi  Jizzax  politexnika  instituti  qoshidagi  2-sonli  akademik  litseyi  -  G’allaorol 

avtomobilsozlik  va  servis  kasb-hunar  kollejiga,  Zomin  pedagogika  kolleji  -  Zomin 

pedagogika  va  turizm  kollejiga,  Jizzax  uy-joy  kommunal  xo’jalik  kasb-hunar  kolleji  – 

Jizzax arxitektura va qurilish kasb-xunar kollejiga qayta ixtisoslashtirildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  24  yanvardagi  PQ-2738-sonli 

qaroriga  asosan  Jizzax  pedagogika  va  Jizzax  politexnika  instituti  qoshidagi  akademik 

litseyda  oliy  harbiy  bilim  yurtlariga  o’qishga  kirish  uchun  o’quvchilarni  tayyorlash  yo’lga 

qo’yilib, 1 tadan guruhlar shakllantirildi. 

2016 yilgi manzilli dastur asosida joriy yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar 10 

ta  ta’lim  muassasaasiga  sport  jixozlari,  6  ta  ta’lim  muassasalarining  sinf  xonalariga  20 

to’plam parta stol, 2 ta ta’lim muassasasiga fizika, kimyo laboratoriya xonasi jixozilari, 26 

ta ta’lim muassasasiga chet tili sinf xonasi keltirib berildi.  

Ta’lim  muassasalari  o’quvchilari  turli  sport  musobaqalarida,  fan  olimpiyadalarida 

faol ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritib kelmoqda.  

Jumladan,  joriy  yilning  2-3  iyun  kunlari  Jizzax  viloyati  Forish  tumanining  harbiy 

poligonida  Mudofaa  Vazirligi  bilan  hamkorlikda  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalari o’quvchilari o’rtasida “SHunqorlar” harbiy sport musobaqasining Respublika 

bosqichi  bo’lib  o’tdi.  Ushbu  musobaqada  SH.Rashidov  tumani  transport  va  sanoat  kasb-

hunar  kollejining  “Sohibqiron”  jamoasi  faol  ishtirok  etib  faxrli  3-o’rinni,  Ichki  Ishlar 

Vazirligi  bilan  hamkorlikda  2017  yil  iyun  oyining  20-23  kunlari  Toshkent  shahrida 

o’tkazilgan  “Yosh  o’t  o’chiruvchi”  musobaqasining  Respublika  bosqichida  Jizzax 

transport, aloqa kasb-hunar kollejining o’quvchilari faol ishtirok etib faxrli 2 o’rinni qo’lga 

kiritgan  bo’lsa,  iyun  oyining  18-21  kunlari  Favqulodda  Vaziyatlar  Vazirligi  bilan 

hamkorlikda Namangan shahrida o’tkazilayotgan “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasida 

Paxtakor  qishloq  xo’jalik  kasb-hunar  kolleji  o’quvchilari  faol  ishtirok  etib,  eng  yaxshi 

ko’rgazma nominatsiyasi bo’yicha esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi.  

O’zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining 

2009 

yil  


29  iyundagi  “O’quvchi  va  talaba  yoshlarni  sportga  jalb  qilishga  qaratilgan  uzluksiz 

respublika  sport  musobaqalarini  o’tkazish  to’g’risida”gi  181-son  qarori  ijrosini  ta’minlash 

yuzasidan  25-27  may  kunlari  Jizzax  shaxridagi  Jizzax  olimpiya  zaxiralari  kolleji, 

“Universal”  sport  majmuasi,  Politexnika  oliygoxi  va  oliygox  qoshidagi  1-sonli  akademik 

litsey  sport  inshootlarida  sport  musobaqalarining  jami  17  turidan  (yahni  basketbol,  futbol, 

voleybol,  gandbol,  dz-yudo,  suzish,  stol  tennisi,  tennis,  og’ir  atletika,  badiiy  gimnastika, 

shaxmat,  badminton,  taekvondo  (VTF),  shaxmat,  boks,  erkin  va  yunon-rum  kurashi) 

“Barkamol avlod-2017” sport musobaqasining respublika bosqichi bo’lib o’tdi. 

Musobaqalar  natijasi  bo’yicha,  umumjamoa  xisobida  birinchi  o’rinni  Toshkent 

shaxri, ikkinchi o’rinni Andijon viloyati, uchinchi o’rinni Samarqand viloyati qo’lga kiritib 

Prezidenti  sovg’asi  Damas  avtomabili  bilan  taqdirlangan  bo’lsa,  Jizzax  viloyati  jamoasi 

to’rtinchi o’rinni egallashdi.  

Viloyat  sportchilari  jami  7  ta  oltin,  15  ta  kumush,  24  ta  bronza  medallarini  qo’lga 

kiritishdi.  

O’quvchilarning  huquqiy  savodhonligini  oshirish  maqsadida  har  yili  o’tkazilib 

kelinayotgan “Siz qonunni bilasizmi?” ko’rik tanlovining viloyat bosqichi joriy yilning 16 

may kuni G’allaorol tumanidagi Sadr ibn Vaqqos ziyoratgoxida tashkil etildi.  

Tanlovda  ishtirok  etgan  4  ta  jamoa  ichida  JDPI  qoshidagi  2-sonli  akademik 

litseyining  “Status”  jamoasi  g’oliblikni  qo’lga  kiritib,  joriy  yilning  16-17  iyun  kunlari 

Samarqand shahrida o’tkazilgan respublika bosqichida faxrli 2 o’rinni egalladi. 



Jizzax pedagogika kollejining 3 bosqich o’quvchisi Murotova Munisa “Marrani doim 

baland  qo’yib  yashang,  davr  bizniki,  marra  bizniki”  shiori  ostida  o’tkazilgan  Respublika 

ijodiy ishlar ko’rik-tanlovining “Eng  yaxshi insho”  yo’nalishida faol ishtirok etib, faxrli 2- 

o’rinni,  Norova  Sitora  2016  yil  oktyabrg’  oyida  Qoroqolpog’iston  Respublikasida 

taykvondo ETF turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqada faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi. 

Jizzax  sanat  kollejining  amaliy  grafika  yo’nalishi  3-bosqich  o’quvchisi 

Abdurazoqova Nigina  Abduvahob qizi 2017  yili “Rang tasvir”  yo’nalishi bo’yicha Zulfiya 

nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo’ldi. 

G’allaorol  iqtisodiyot  kasb-hunar  kollejining  2-bosqich  o’quvchisi  Xolmurodov 

Samandar  Akmal  o’g’li  2017  yil  aprel-may  oylarida  Tayland  davlatining  Bankok  shahrida 

o’tkazilgan sportning boks turida 49 kg vazinda birinchi o’rinni qo’lga kiritib, oltin medal 

bilan taqdirlandi.  

O’zbekiston  Respublikasi  oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  o’rta  maxsus,  kasb-

hunar  ta’limi  markazining  2016  yil  28  dekabrdagi  “O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalari rahbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashning 2017 

yil  reja  ko’rsatkichlarini  tasdiqlash  to’g’risida”gi  356-sonli  buyrug’i  ijrosini  ta’minlash 

maqsadida  20  ta  oliy  ta’lim  muassasalari  bilan  hamkorlik  shartnomalari  o’rnatilib,  2017 

yilda  865  nafar  o’qituvchilarni  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash  rejalashtirilgan 

bo’lib,  shu  kunga  qadar  730  nafar  pedagog  xodimlar  malaka  oshirish  va  qayta  tayyorlash 

kurslariga jalb etildi.  

2017  yilning  aprel  oyida  412  nafar  yetakchi  va  bosh  o’qituvchi  malaka  toifasiga 

nomzodlar, 2017 yil iyul oyida 860 nafar katta o’qituvchi malaka toifasiga nomzodlar, jami 

1272 nafar o’qituvchilar attestatsiyadan o’tkazildi.  

2016-2017 o’quv yilida 75 ta kasb-hunar kollejlarida 18656 nafar (shundan 9565 nafar 

qizlar) bitiruvchilar bitirib chiqishdi. 

Viloyatdagi  iqtisodiy  kompleks  tarkibiga  kiruvchi  tashkilotlarning  2702  nafar 

xodimlariga 18656 nafar bitiruvchilar birikitirildi hamda ushbu bitiruvchilarning bandligini 

ta’minlash,  tadbirkorlik  faoliyatiga  keng  jalb  qilish  maqsadida  mashul  etib  biriktirilgan 

rahbar  va  xodimlarga  amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan  vazifalari  va  yo’nalishlari  belgilab 

berildi. 

Bitiruvchilar amaliyotini tashkil etish va ishga joylashtirish bo’yicha 2017  yil 16 iyul 

holatiga  18217  nafar  (97,6%)  bitiruvchilar  bilan  korxona  va  tashkilotlar  o’rtasida  to’rt 

tomonlama shartnomalar tuzildi.  

Bugungi  kunda  2148  nafar  (11,5%)  bitiruvchilarning  bandligi  ta’minlandi.  SHundan 

1624  nafari  ishga  joylashgan,  524  nafari  oliy  ta’lim  muassasalariga  talabalikka  qabul 

qilingan.  

Yoshlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 17 mlrd 

614 mln.so’m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirgan bo’lib, hozirgi kuda 625 

nafar  bitiruvchilar  3  mlrd  620  mln  so’m  kredit  mablag’larini  olib  o’zlarining  tadbirkorlik 

faoliyatlarini boshlagan.  



 

 

 

Download 36.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling