Jizzax viloyati


Download 283.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana01.11.2021
Hajmi283.58 Kb.
#169831
1   2   3
Rivojlantiruvchi:  O’quvchilarning bilim , malaka va  ko’nikmasini o’stirish, 

bog’lanishli nutqini o’stirish.  



FK2: ish joyini to’g’ri tashkil eta oladi;tasvirni qog’oz uzasiga to’g’ri 

joylashtira oladi; 



Dars turi : Yangi bilim beruvchi va tushunchalarini mustahkamlovchi. 

Dars metodlari :  Suhbat, tushuntirish, venn-diagrammasi, ko’rgazmalilik. . 

Dars jihozlari : Texnik vositalar, tasviriy san’at darsligi, mavzuga oid rasmlar,  

Darsning texnologik xaritasi 

T|r 

Dars 

bosqichlari 

Bajariladigan ish 

mazmuni 

Bajariladigan ish 

shakli 

Ajratilgan 

vaqt 

1  Tashkiliy qism 

O’quvchilarni darsga 

tayyorlash. Navbatchi 

axboroti. 

Darsga hozirlik ko’rish. 

O’quvchilar diqqatini 

jalb etish. 

Suhbat. 


Darsning oltin 

qoidalari. 

Guruhlarga bo’lish. 

 

3 daqiqa 



2  O’tilgan 

mavzuni 

takrorlash 

O’tilgan mavzuni 

takrorlash. 

Berilgan topshiriqni 

so’rash va 

rag’batlantirish. Savol 

va topshiriqlar berib, 

xulosalash. 

Savol- javob. 

,,Venn-


diagramma’’metodi 

10  

 Daqiqa 


@ziyoilm -  ustozlar uchun yordam kanali! 

3  Yangi mavzu 

ustida ishlash 

Yangi mavzu 

yuzasidan aqliy xujum 

o’tkazilib savollar 

beriladi.Havo shari 

rasmini ishlash haqida 

o’quvchilarga 

ko’rsatmalar 

beriladi.Mavzu to’liq  

tushuntiriladi. 

 

Ko’rgazmalilik. 



Tushuntirish. 

,,Rangin sharlar’’ 

o’yini 

 

 



18 

 Daqiqa 

4  Yangi mavzuni 

mustahkamlash 

O’quvchilar 

ranglarning ma’nosi 

haqida she’r 

aytiladi..Guruhlarga 

bo’linib musoqa tarzida 

qiziqarli ,,U nimaga 

o’xshaydi?’’o’yini 

o’tkaziladi. 

Dam olish daqiqasi 

,,Ranglar she’ri’’ 

,,U nimaga 

o’xshaydi?’’ 

o’yini 


 

 

  10 



daqiqa 

 

 

5  O’quvchilarni 



baholash 

O’quvchilar darsdagi 

ishtiroki va faolligiga 

qarab rag’batlantiriladi. 

Baholash 



daqiqaAq 

6  Uyga 

vazifa,darsni 

yakunlash  

Rasmni davom ettirib 

bo’yab kelish. 

Uyga vazifani 

tushuntirish 

2  daqiqa 

 

Darsning borishi: 



I.Tashkiliy qism. 

-    Sinfni darsga hozirlash. 

-  O’quv qurollarini tekshirish. 

-  Rasm daftar va qalamlarni darsga hozirlash. 

-  Oltin qoidalarga rioya qilish. 

-  Baholash  mezonlari  haqida  tushuncha berish. 

 

 O’qituvchi:  -Aziz o’quvchilar bugungi darsimizni guruhlarga bo’lingan holda 



musobaqa tarzida o’tkazamiz.Hozir sizlar bilan 3 guruhga bo’linib joylashib 


@ziyoilm -  ustozlar uchun yordam kanali! 

olamiz. Sizlarga 3 ta topishmoq aytiladi javobini topgan guruh shu topishmoq 

javobi bilan nomlanadi: 

        1.Uzoq tog’da o’t yonar.   (oftob) 



                                     2.Qora uyda ming chiroq, 

                                        Uyni yoritmas.    (yulduzlar) 

                                                      3.Kecha tomda bir patir ko’rdim, 

                                                         Erta turib qarasam-yo’q.   (oy) 

         

         

 

1-guruh: ,,OFTOB’’  2-guruh: ,,YULDUZCHA’’   3-guruh: ,,OYMOMO’’ 

  II . O’tilgan  mavzularni  takrorlash. 

O’qituvchi: O’quvchilar bilan o’tilgan ,,Samalyot rasmini ishlash’’ mavzu 

yuzasidan savol-javob o’tkazadi.Uyga berilgan vazifalarni tekshiradi va 

o’quvchilarni rag’batlantib boradi. 

             

 

O’tilgan mavzuni mustahkamlashda quyidagicha ,,Venn-diagrammasi’’ metodi  



orqali  guruhlarda  ishlanadi. O’quvchilarning  fikrlari  xulosalanadi . 

 

 



 

 

 



Guruhlarning javoblari tinglanib, ishtirokiga ko’ra baholanadilar. Rag’bat 

kartochkalari bilan taqdirlanadilar.  



III.Yangi mavzu ustida ishlash. 


@ziyoilm -  ustozlar uchun yordam kanali! 

O’quvchilarga havo harlari   haqida aytib , ularning fikrlari tinglanadi va 

fikrlarini umumlashtirib mavzu tushuntiriladi . Havo  sharlari va boshqa turdagi 

Havo sharlarining  bir-biridan farqi tushuntiriladi . O’zbekistonda yashovchi 

turli xil millat vakillari bolasi  bo’lishidan qat’iy nazar , ushbu sharlarning 

xizmatlaridan bir xilda foydalanishlari haqida hikoya qilinadi .  

       

                

  

O’qituvchi

  -Bugungi o’tadigan mavzumiz ,,Havo shari rasmini chizish’’.Keling, endi 

doskaga shar rasmini chizaman.Sizlar esa mening qo’l harakatlarimni 

kuzatib,rasm chizishda  nimalarga  e’tibor qaratish  lozimligini o’rganishga 

harakat qiling. 

(O’qituvchi doskaga chizish ketma-ketligini izohlab shar  rasmini tasvirlaydi.  

O’qituvchi har  bir  o’quvchining  qo’l  harakatlarini kuzatib, tekshirib 

boradi.Qiynalayotgan o’quvchilarga qo’lidan ushlab chizilish ketma-ketligini 

eslatib ,ko’rsatib beradi. O’quvchilarning chizayotgan rasmlariga e’tibor 

qaratiladi va rang tanlashlariga yordam berib boriladi. ) 



Darslik bilan ishlash. 

O’qituvchi: 

-Kitobingizdagi shar suratiga qarab  turli xil rangdagi sharlarning rasmini 

chizing. 

(O’quvchilar shar rasmini chizgunlaricha mayin musiqa yangrab turadi.) 



O’qituvchi: 

  -Ayting-chi, bolajonlar sharlar qandey ranglarda bo’ladi? 



O’quvchilar: 

   -Sharlar oq, qizil, ko’k, yashil, sariq, pushti  ranglarda bo’ladi. 



O’qituvchi: 

    -Barakalla, ana  endi  sizlar  bilan  ,,Rangin sharlar’’  nomli  qiziqarli o’yin 

o’ynaymiz . Har bir guruh a’zolari mana bu taqmatlardagi sharlarning  

ranglarini ingliz tilida aytib beradi?  Qaysi guruhdan  ko’proq  o’quvchi  javob  

bersa  o’sha guruh g’olib deb topilib, rag’batga ega bo’ladi.  

 

O’quvchilar birin ketin:  



-Yellow-sariq 

-blue-havorang 

-red-qizil 

-pink-pushti 

-green-yashil 

 


@ziyoilm -  ustozlar uchun yordam kanali! 

-grey-kulrang 

-orange-olovrang 

-purple-binafsha rang 

-white-oq  

 



@ziyoilm -  ustozlar uchun yordam kanali! 

,,OFTOB’’guruhi       ,,YULDUZCHA’’guruhi     ,,OYMOMO’’guruhi 

 

  

 



 

(O’quvchilarning  ranglarini  tanlay olishlariga  e’tibor berib boriladi.G’olib 

guruh aniqlanib rag’bat  kartochkalaari  bilan  taqdirlanadi.) 

O’qituvchi: 

   -Ofarin ! Katta  raxmat! Ana endi bolajonlar sizlar bilan dam olish daqiqasida 

ranglar haqida  yod olgan she’rimizni  hammamiz  birgalikda   aytamiz. 

                  Hamma birgalikda: 

Olamning  go’zalligin, 

 Turfa  rangda  anglaymiz. 

 Sehrli  qalamlar-la, 

 Bo’yoq  sirin  anglaymiz. 

                     Bo’yoqlar  jilolari

                     Go’zalliklar yaratar, 

                     Qalblarga  ajib  tuyg’u, 

                     Turli  xislar  uyg’otar. 

                                              Oq rang- beg’uborlikni, 

                                              Qora rang   viqor, g’amni, 

                                              Qizil, pushti - quvonchni, 

                                              Yashil- zamin, mehnatni. 

                                                             Ko’k - osmon, mashaqqatni, 

                                                             Sariq -ogoh, da’vatni. 

                                                             Kulrang – ko’ngil  xiralik, 

                                                             Tushkunlik, xafalikni. 

                                                                                  Demak  har  bitta  rangning, 

                                                                                  Ajib xislati  bordur. 

                                                                                  Barchalari  bigalikda, 

                                                                                  Dillarga  orombaxshdir. 



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 

O’quvchilarning  ranglarini  tanlay  olishlariga  e’tibor  berib boriladi. 

O’quvchilar bilan  rasm  chizish davrida t urli savol-javob  mashqlari  ham 

o’tkazib boriladi . 




@ziyoilm -  ustozlar uchun yordam kanali! 

Mavzuni  mustahkamlashda   ,, U nimaga  o’xshaydi?’’  didaktik  o’yinidan 

foydalaniladi. O’quvchilar  bilan  shar  shaklini  yana  nimalarga  o’xshatamiz  

yoki kundalik  turmushimizda  qaysi  narsa-buyumlarda  uchratishimiz  

mumkinligi haqida  savol-javob  o’tkaziladi. So’ngra   guruhlarga  markazida 

shar rasmi tasvirlangan  A4  formatdagi  qog’oz  tarqatiladi. 

 

 

              



                 

O’quvchilar qog’ozga shar shakliga o’xshash narsa buyum nomlarini 

yozadilar.(Yoki  doskaga chiqib kim nimaga o’xshatsa  o’sha  narsa-buyum 

rasmini tezda chizib berish  musobaqasi  tarzida o’tkazsa ham bo’ladi.)  Qaysi 

guruh a’zolari ko’proq  so’z  topib  xatosiz  yozsalar, o’sha  guruh  g’olib deb  

topiladi  va rag’bat kartochkalriga ega bo’ladilar. 

        

     


 

 

                                    



 

V. Darsni yakunlash  va o’quvchilarni baholash . 

Dars yakunida  go’lib guruh  a’zolari  va  dars davomida  faol qatnashgan 

o’quvchilar  rangli sharlar ko’rinishidagi rag’bat  kartochkalari bilan 

baholanadilar. 



VI.Uyga vazifa berish.  

Bugungi darsda o’tilgan mavzu yana bir bor eslatiladi. Uyga vazifa 



tushuntiriladi.Boshqa  shakl   va  rangdagi  sharlar rasmini ishlash. 

 

Download 283.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling