Jo’ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o‘zaro farqlanadi?


Qaysi javobdagi so’zlarda tovush va harflar soni teng emas?  A) non, buyuk B) yog‘, suv C) yosh, tong D) yurak, ot 13


Download 16.48 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi16.48 Kb.
#1239864
1   2   3
Bog'liq
FONETIKA

12. Qaysi javobdagi so’zlarda tovush va harflar soni teng emas? 
A) non, buyuk B) yog‘, suv
C) yosh, tong D) yurak, ot


13. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan?
A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi
B) O’tkir o‘tkir o’roqda o‘t o‘rdi
C) To‘p-to‘p ko‘k koptok, har bir to pda ko‘p koptok
D) Hali Vali, Soli sholi o’rdi


14. O’zak va qo’shimchaga ajratish bilan bo‘g‘inga ajratish teng kelgan so‘zlarni toping. 1) o‘yna; 2) o‘yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) suvsizlik; 6) ko’nglim; 7) tongga.
A) 2, 3, 5, 7 B) 1,2, 3, 6, 7 C) 1,2, 5, 7 D) 1,2, 4, 7


15. Jarangli til oldi undoshlari qator kelgan so’zlarni belgilang.
1) qasr; 2) davr, 3) amr; 4) qadr; 5) qayd; 6) burj;7)ganj;8)nazm.
A) 2,4, 5,6 B) 1,3, 4, 7, 8
C) 4, 6, 7 D) 2, 4, 5, 6, 7


16. Shovulladi tun bo‘yi shamol,
Qaldiroqlar ko(chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
«Yana keldi, do‘stginam, bahor».
Ushbu sho’riy parchadagi ochiq va yopiq bo’g‘inlar soni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 19 ta ochiq, 17 ta yopiq bo’g‘in
B) 18 ta ochiq, 18 ta yopiq bo’g‘in
C) 16 ta ochiq, 20 ta yopiq bo’g‘in
D) 11 ta ochiq, 19 ta yopiq bo’g‘in


17. Urg‘uning o’rni o’zgartirilganda so‘z ma’nosiga ta’sir qiladigan o‘rinlarni aniqlang.
1) ko‘zlar; 2) bog‘iar; 3) harakat; 4) yigitcha; 5) qo’llar; 6) ko’mir; 7) ishlar.
A) 1,2, 4, 5 B) 2, 3, 5, 7
C) 1,2,4, 5, 7 D) 2,4, 5, 6, 7


18. Qaysi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini har doim urg‘uli bo‘g‘in hisoblanadi?
1) hozir; 2) qazilma; 3) qo’llanma; 4) ko‘chirma; 5) qurama.
A) 1,3,4 B) 1,2,4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1,2, 3, 4


19. Qaysi so’zda urg‘u ikkinchi bo’g‘inga tushadi?
A) roman B) leksiya
C) paxtakor D) tantana


20. Sanab sanog‘iga yetolmadi.
Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida jami nechta tovush o’zgarishi yuz bergan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta


21. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko‘rma.
Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi va tushishi
C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi
D) tovush orttirilishi


22.1) ko‘chmoq;2)tikmoq;3) sog‘moq;
4) chiqmoq; 5) egmoq.
Ushbu fe’llardan o‘tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biriga jarangsiz undosh bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo‘shiladi?
A) 1,2, 3,4 B) 2, 3,4, 5
C) 2,4 D) 3, 5


23. «Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi».
Ushbu gapda nechta so’z fonetik yozuv asosida yozilgan?
A) 4 ta B) 2ta C) 3 ta D) 1 ta


24. «Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib, yana bag‘riga qaytdi».
Ushbu gapda nechta so‘z egalik qo’shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik yozuv qoidasiga muvofiq yozilgan?
A) 4ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta


25. Alisher parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko‘rgan ayrim bolalar unga havas qilishdi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv asosida yozilgan so’zlar miqdorini toping.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta


26. Buyrug’ingiz so‘zida tovush o‘zgarishlahning qaysi turi mavjud?
A) tovush tushishi va almashishi
B) tovush orttirilishi va tushishi
C) tovush tushishi va orttirilishi
D) tovush almashishi



Download 16.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling