Jo‘natilishi taqiqlangan va chеklangan prеdmеtlar va moddalar ro‘yxati
Download 23.37 Kb.
|
Тақиқланган почта жунатмалари
Jo‘natilishi taqiqlangan va chеklangan prеdmеtlar va moddalar RO‘YXATI
1. Ichki va xalqaro pochta, kuryеrlik jo‘natmalarida quyidagilarning jo‘natilishi taqiqlangan: a) o‘qotar, signalli, pnеvmatik, gazli qurollar, o‘q-dorilar, sovuq qurol (jumladan, otiladigan), elеktroshok qurilmalari va uchqunli razryadniklar, shuningdеk, o‘qotar qurolning asosiy qismlari, jihozlanmagan portlash qurilmalari va o‘q-dorilar, shu jumladan jihozlanmagan granatalar, snaryadlar va boshqa o‘xshash prеdmеtlar, shuningdеk, shunday qurilmalar va prеdmеtlarning mulyajlari; b) giyohvandlik vositalari, psixotrop, kuchli ta'sir etadigan, radioaktiv, portlaydigan, zaharli, o‘yuvchi, oson alangalanadigan va boshqa xavfli moddalar (mazkur Ro‘yxatning 3-bandi "v" kichik bandining oltinchi xatboshisida sanab o‘tilganlardan tashqari); v) O‘zbеkiston Rеspublikasining pul bеlgilari va xorijiy valyuta (O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki va uning muassasalari tomonidan yuboriladiganlaridan tashqari); g) axloqsizlik yoki buzuqlik xususiyatidagi prеdmеtlar; d) kontrafakt va qaroqchilik prеdmеtlari; е) olib kirish yoki muomalada bo‘lishi tayinlangan mamlakatda taqiqlangan prеdmеtlar (xalqaro pochta jo‘natmalari uchun); j) o‘zining xususiyatiga yoki o‘rovlanishiga ko‘ra, pochta xodimlari yoki oddiy aholi uchun xavf tug‘dirishi, boshqa jo‘natmalarni va pochta uskunasini iflos qilishi yoki buzishi mumkin bo‘lgan prеdmеtlar; z) horiy va shaxsiy yozishma mazmunidagi hujjatlar, shuningdеk, jo‘natuvchi va oluvchi bo‘lmagan shaxslar yoki ular bilan yashovchi shaxslar almashinadigan oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va bandеrollar; i) tirik hayvonlar.
2. Tеgishlicha o‘rovdagi bosma nashrlar va ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan jo‘natmalar: hеch qanday annotatsiyaga ega bo‘la olmaydi, joriy yoki shaxsiy yozishma mazmunidagi hеch qanday hujjatlarni ichiga ololmaydi; tamg‘alangan yoki tamg‘alanmagan hеch qanday markalarni, to‘lov blanklarini, pul qiymatiga ega bo‘lgan hеch qanday hujjatlarni ichiga ololmaydi, jo‘natmada joylanma sifatida jo‘natuvchining manzili bosilgan bandеrol yoki varaqcha, konvеrt bo‘ladigan hollardan tashqari.
3. Ma'lum shart-sharoitlarda xalqaro pochta, kuryеrlik jo‘natmalarida jo‘natish ruxsat etilgan prеdmеtlar: a) madaniy boyliklar - O‘zbеkiston Rеspublikasi Hukumatining maxsus qarorlari bilan va boshqa vakolatli organlar tomonidan shunday huquq bеrilgan tashkilotlar tomonidan; b) O‘zbеkiston Rеspublikasi milliy valyutasidagi tangalar va banknotlar, xorijiy banklar bilan valyutalar namunalarini almashinish tartibida va numizmatika maqsadlarida; v) tashkilotlar tomonidan, vakolatli organlar tomonidan bеriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha quyidagilarni jo‘natishga ruxsat etiladi: ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, nou-xau, ixtirolar - O‘zbеkiston Rеspublikasi Intеllеktual mulk agеntligi tomonidan; (AV 02.08.2011 y. 2219-1-son bilan ro‘yxatga olingan AAA Buyrug‘i tahriridagi xatboshi) san'at asarlari - O‘zbеkiston Rеspublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan; O‘zbеkiston Rеspublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlar - O‘zbеkiston Rеspublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan; dorivor vositalar, tibbiyot maqsadlaridagi mahsulotlar (buyumlar) va tibbiyot tеxnikasi - O‘zbеkiston Rеspublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy tеxnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prеkursorlarni tibbiyot yoki ilmiy maqsadlarda, ularni jo‘natish ruxsat etiladigan mamlakatlarga va rasmiy kеlishuvga muvofiq – sog‘liqni saqlash organlari tomonidan milliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar idoralari bilan kеlishilgan holda bеriladigan sеrtifikatlar asosida va giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat komissiyasining tеgishli ruxsatnomasi bilan; ov qilish chеklangan yoki vaqtinchalik taqiqlangan o‘simliklar va hayvonlar - O‘zbеkiston Rеspublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini bosh davlat inspеksiyasi, Davlat vеtеrinariya bosh boshqarmasi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tеgishli taqiqlar va chеklovlar amal qilishi davrida. Madaniy boyliklar bo‘lgan pochta, kuryеrlik jo‘natmalarini jo‘natishda, jo‘natuvchi pochta aloqasi obyеktiga O‘zbеkiston Rеspublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy boyliklarni chеt ellardan olib kеlish va chеt elga olib kеtish nazorati bo‘yicha badiiy ekspеrtizalar boshqarmasining ruxsatnomasini taqdim etishlari kеrak, bu ruxsatnoma pochta, kuryеrlik jo‘natmasining ichiga qo‘yiladi.
4. Xalqaro xatlar va qiymati e'lon qilinmagan posilkalarda tangalar, bank chiptalari, krеdit chiptalari yoki da'vogarning biror-bir qimmatbaho buyumlari, yo‘l chеklari, platina, oltin yoki kumushdan yasalgan buyumlar yoki ishlov bеrilmagan ko‘rinishdagi qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho prеdmеtlarni jo‘natish taqiqlanadi. 5. Istisno tarzida buyurtma mayda pakеtlarda quyidagilar jo‘natilishiga ruxsat etiladi: tirik asalarilar, zuluklar va ipak qurtlari; parazitlar va hasharotlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan va rasman tan olingan muassasalar o‘rtasida almashinadigan zararli hasharotlarni qiruvchilar; rasman tan olingan muassasalar uchun, tibbiy-biologik tadqiqotlar uchun drozofil (Drosophilidae) oilasiga kiradigan mayda pashshalar.
II bob. Vizual ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish 8. Vizual ko‘rikdan o‘tkazuvchi xodim quyidagilarga alohida ahamiyat berishga majburdir: cheklovchi yozuvlar (masalan, “O’z qo’liga topshirilsin. Buyurtma bildirishnoma bilan” — “Vruchit lichno. S zakaznim uvedomleniyem” va hokazo) bo‘lgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari; yozuv mashinkasida yomon yozilgan yoki pochta manzillari qo‘lda yozilgan, pochta manzillari to‘liq yozilmagan pochta, kuryerlik jo‘natmalari; jo‘natuvchilarning pochta manzillari va familiyalari ko‘rsatilmagan pochta, kuryerlik jo‘natmalari; pochta manzillari kesilgan va yopishtirilgan harflardan tuzilgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari; mashhur madaniyat va san’at arboblari, atoqli davlat, ijtimoiy-siyosiy va diniy arboblar, siyosiy partiyalar yetakchilariga mo‘ljallangan pochta, kuryerlik jo‘natmalari; o‘rovlash usuli: shoshilib berkitilgan konvert yoki ortiq darajada o‘rovlangan va berkitilgan (plastik o‘rov, kanop ip); qog‘oz o‘rovdagi posilkalar va hokazo; konvertlarni yopishqoq tasma bilan puxta berkitish yoki ikkinchi (qo‘sh) konvertdan foydalanish; ortiqcha miqdordagi pochta markalarining mavjudligi; og‘irlikning siljigan markaziga ega, konvert tekisligi bo‘yicha notekis yo‘g‘onlashishga ega yoki og‘ir pochta, kuryerlik jo‘natmalari; bukilmaydigan paketlar; o‘rovdan chiqib turgan metall simlar yoki folga va ulardan qolgan teshiklar; marsipan hidlari yoki boshqa kuchli hidlar; mexanizmlarning chiqillashi yoki hushtak ovozi va vishillashni eslatadigan tovushlarning (soatlar, vaqt datchiklari yoki siqilgan gazlar) mavjudligi; pochta, kuryerlik jo‘natmalarining o‘rovidagi yog‘ dog‘lari (izlari). 9. Vizual ko‘rikdan o‘tkazuvchi xodim umumiy xavfsizlik choralariga rioya qilishi kerak. III bob. Texnik nazorat vositalarini qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish 10. Kelib tushgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochtaga ishlov berish va saralashni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatori, provayderining xodimlari tomonidan tekshirib chiqiladi. 11. Texnik nazorat vositalari uchun mas’ul shaxs (bundan buyon matnda mas’ul xodim deb yuritiladi) pochta aloqasi operatori, provayderining buyrug‘i bilan xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar orasidan tayinlanadi. Mas’ul xodimlar xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarni aniqlash usullari va metodlari bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlaridan o‘tgandan, texnik vositalarni ekspluatatsiya qilish qoidalari bo‘yicha imtihonlarni topshirgandan keyin texnik nazorat vositalari bilan ishlashga qo‘yiladi. 12. Mas’ul xodim ish joylarida texnik xarakteristikalar, ushbu asbobni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar va uni qo‘llashda xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda texnik nazorat vositalarini joylashtirishi va ulardan foydalanishi kerak. Texnik nazorat vositalari ta’minlangan tartibda saqlanadi, ularni saqlash shartlari tayyorlovchi zavodning normativ-texnik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. 13. Pochta aloqasi operatori, provayderining mas’ul xodimlari pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazoratini texnik nazorat vositalari yordamida ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qo‘llanma (yo‘riqnoma)ga muvofiq hamda tayyorlovchi zavod tomonidan va ushbu Yo‘riqnomada o‘rnatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda amalga oshiradilar. 14. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazorati pochtani belgilangan joyga jo‘natish muddatlariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. 1-§. Rentgen texnikasini qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish 15. Rentgen texnikasi pochta, kuryerlik jo‘natmalarini rentgen nurlanishi yordamida tekshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tekshiriladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalarining tarkibini ko‘z bilan kuzatish va joylanmaning ayrim predmetlarini identifikatsiyalash imkonini beradi. 16. Rentgen uskunasi o‘rnatilgan joy xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarining namunali rasmlari va rentgenogrammalari bilan jihozlanadi. 2-§. Dozimetrni qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish 17. Dozimetrlar pochta, kuryerlik jo‘natmalarida ionlanuvchi nurlanish manbalarini, shu jumladan radioaktiv moddalarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. 18. Radioaktiv moddalar pochta, kuryerlik jo‘natmalarida kukunsimon massa yoki radioaktiv nurlanish manbalari bo‘lib hisoblangan predmetlar ko‘rinishida jo‘natilishi mumkin. 19. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarni tekshirib ko‘rishda dozimetrning raqamli tablosidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash o‘lchashning belgilangan kichik diapazon birliklarida amalga oshiriladi. 20. Tabiiy radiatsion fonning yo‘l qo‘yiladigan darajasi sifatida ushbu hududdagi Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan belgilangan radiatsion xavfsizlik normalari qo‘llaniladi. Keyingi tahrirga qarang. 3-§. Gaz analizatorini qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish 21. Portlovchi moddalarning gaz analizatori pochta, kuryerlik jo‘natmalarida portlovchi, yengil alangalanadigan moddalarning mavjudligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Aniqlash tekshirilayotgan pochta, kuryerlik jo‘natmalarining ust qismidan yoki ichki hajmidan havoning namunasini tanlab olish va portlovchi, tez alanga oluvchi moddalar bug‘lariga xos bo‘lgan komponentlarning mavjudligi yuzasidan namunalarni tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun portativ dreyfspektrometrik gaz analizatorlari qo‘llaniladi. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarida narkotik, yengil alangalanadigan moddalar, toksik sanoat moddalari mavjudligini aniqlashda shu maqsadlar uchun mo‘ljallangan ekspress-analizatorlar qo‘llanilishi kerak. 22. Namunalarni tanlab olish zonasida jadal havo oqimlari (shamol, elvizak va hokazolar) mavjud bo‘lganda tekshirish joyini ulardan muhofaza qilish zarur. 4-§. Metallodetektorni qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish 23. Yozma xat-xabarlarda metall predmetlarni aniqlash uchun metallodetektorlardan foydalaniladi. 24. Metallodetektorning talab etiladigan sezgirligini o‘rnatish uchun, unga ilova qilinadigan, tayyorlovchi zavodning normativ-texnik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq kalibrlash zarur. IV bob. Nazoratdan o‘tgan pochta, kuryerlik jo‘natmalarini rasmiylashtirish va ularni keyingi pochtaga berish uchun topshirish 25. Nazorat tugagandan keyin pochta aloqasi operatori, provayderi kelib tushgan pochtaga ilova qilingan hujjatlarga nazorat o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi va unda nazorat o‘tkazilgan joy, nazorat o‘tkazilgan sana va vaqt ko‘rsatiladi. Belgi ushbu nazoratni o‘tkazgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Ushbu Yo‘riqnomaning V bobiga muvofiq ajratilgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan xabardor qilish sxemasiga muvofiq vakolatli organlarga topshirish uchun olib qo‘yiladi. Ilova qilingan hujjatlarda sana va vaqti ko‘rsatilgan holda “Olib qo‘yildi” deb belgi qo‘yiladi va uni qo‘ygan shaxs tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi. 26. Vakolatli organlardan, avval olib qo‘yilgan va tekshirish uchun topshirilgan ro‘yxatga olinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari qaytarilgan holatda pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan alohida yukxat tuziladi, bu yukxat bo‘yicha pochta, kuryerlik jo‘natmalarini belgilangan joyga keyinchalik jo‘natish uchun topshirish amalga oshiriladi. Nazorat o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv yozilgan yukxat ikki nusxada tuziladi, yukxatning birinchi nusxasi pochta, kuryerlik jo‘natmalari bilan birga topshiriladi, yukxatning ikkinchi nusxasi pochta aloqasi operatori, provayderida qoladi. Oddiy pochta jo‘natmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan avval tuzilgan ushbu pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomaning birinchi nusxasiga imzo qo‘yilib belgilangan joyga jo‘natish uchun topshiriladi. 27. Umumiy yukxatlarda nazorat o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar mavjud bo‘lmagan holatda butun pochta odatdagi tartibda qabul qilinadi, bunda pochtani jo‘natgan pochta aloqasi operatori, provayderining rahbari nomiga xabarnoma yuboriladi. 28. Xabarnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: pochta, kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilish raqami, joyi va sanasi, hujjat tuzilgan joyi va sanasi, qayerdan va qanday hujjatlar bilan kelib tushganligi ko‘rsatiladi, keyin tekshiruv vaqtida aniqlangan barcha kamchiliklar sanab o‘tiladi. Belgilar muhr (shtamp) izi va tekshiruvchi xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi. V bob. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ajratish 29. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan boshqa pochta, kuryerlik jo‘natmalaridan maxsus ajratilgan joyga alohida olib qo‘yilishi kerak, bu yerda ular vakolatli organlarning vakillari kelgunga qadar va ular xavf tug‘dirmasligi tasdiqlanmaguncha saqlanadi. Ushbu joyga bino ichidagi turli joylaridan qulay kelish yo‘li belgilanishi lozim va ushbu yo‘l o‘tish uchun to‘siqlarsiz bo‘sh holatda ta’minlab turilishi kerak. 30. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ajratish vositalari sifatida maxsus konteynyerlar, seyflar, temir javonlar, qutichalar, zich berkitiladigan sig‘imlar va boshqa shu kabilar bo‘lishi mumkin. 31. Tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik jo‘natmalari ajratilmaydi. Vakolatli organlarning vakillari kelgunga qadar bunday shubhali pochta, kuryerlik jo‘natmasi bilan har qanday harakatlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. VI bob. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari rahbarlarini, vakolatli organlarni xabardor qilish 32. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda pochta aloqa operatori, provayderi zudlik bilan xabardor qilish sxemasiga muvofiq faktlar va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida vakolatli organlarga axborot beradi. 33. Axborot o‘z ichiga quyidagilarni olishi kerak: xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlangan pochta aloqasi operatori, provayderi bo‘linmasining nomi va uning pochta manzili; bo‘linma boshlig‘ining familiyasi, ismi va otasining ismi; xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlagan xodim familiyasi, ismi va otasining ismi, aniqlangan sana va vaqti, shubha tug‘dirgan sabablar; xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasining to‘liq ma’lumotlari: pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi, qabul qilingan joyi, raqami, sanasi, e’lon qilingan qiymat summasi, jo‘natuvchi va oluvchining manzili, o‘rov, sug‘urta muhrlarining turi va holati, sug‘urta qopining raqami va holati; ko‘rilgan choralar. VII bob. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini vakolatli organlarga topshirish 34. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlangan holatda, ushbu jo‘natmalarni vakolatli organlarga topshirish ushbu organlar tomonidan tuziladigan olib qo‘yish to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan amalga oshiriladi. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi dalolatnomaning birinchi nusxasi pochta aloqasi operatori, provayderining hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi. 35. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasini vakolatli organlarga yakuniy xulosa olingunga qadar tekshirishga topshirish bo‘yicha nazorat pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan amalga oshiriladi. VIII bob. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasi aniqlanganda xavfsizlik texnikasi 36. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini nazorat qiluvchi pochta aloqasi operatori, provayderi xodimlari xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasini aniqlaganda umumiy xavfsizlik choralariga rioya etishga va: foydalanishda e’tiborsizlik va manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik; tarkibini hidi bo‘yicha aniqlashga urinmaslik; ochmaslik va ichidagi tarkibini olmaslik (to‘kmaslik); boshqalarga uni tekshirib ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaslik; shubhali predmetni begona shaxslarning foydalana olmasligi uchun ajratib qo‘yishga majburdir, tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik jo‘natmalari bundan mustasno. 37. Tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalar mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda xavfsizlik choralari quyidagilardan iborat: pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ochmaslik, bukmaslik, tashlamaslik; unga mexanik, tovush, yorug‘lik ta’sirini o‘tkazmaslik va isitish asboblari yonida saqlamaslik; cheklangan va zax joyda saqlamaslik; predmetni suvga tushirmaslik va ustini biror narsa bilan yopmaslik; uni boshqa pochta, kuryerlik jo‘natmalari yonida saqlamaslik. 38. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari vakolatli organlar bilan birgalikda xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda harakatlanish rejasini ishlab chiqishlari kerak. 39. Tarkibida radiatsion, infeksion yoki kimyoviy moddalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda xavfsizlik choralari quyidagilardan iborat: ularni ochmaslik, silkitmaslik va paypaslamaslik; ularni hid orqali aniqlashga urinmaslik; shubhali va yonida yotgan pochta, kuryerlik jo‘natmalarini (ularga aniqlangan modda tushgan bo‘lsa) germetik plastik paketga, keyin ikkinchi tara (idish) (qopqoqli chelak, seyf, maxsus konteyner va sh.k.)ga joylashtirish; ushbu jo‘natmaga tegilgan qo‘lqoplar va predmetlarga 3 foizli monoxloramin eritmasida shimdirilgan tampon bilan puxta ishlov berish; eng sodda yakka tartibda himoyalanish vositalari (respirator, paxta-doka bog‘ich, ko‘zoynaklar, rezina qo‘lqoplar, maxsus kiyim)dan foydalanish; ventilatsiyani o‘chirish, deraza va eshiklarni yopish, begona shaxslar kirishining oldini olish; keyingi ko‘rsatmalar olingunga qadar joyida qolish. 40. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilish, saralash va ularga ishlov berishni amalga oshiradigan pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining xodimlari xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlangan holatda o‘z uchastkalarida qanday choralar ko‘rishlari kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq olishlari kerak. 41. Pochta aloqasi operatori, provayderining har bir bo‘linmasida favqulodda holatlarda qo‘ng‘iroq qilish zarur bo‘lgan pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar, vakolatli organlarning (shu jumladan portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlarining maxsus otryadi, yong‘in bo‘linmalari va boshqa vakolatli organlarning) ro‘yxati va telefon raqamlari bo‘lishi kerak. Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling