Jo’rayeva Go’zal So’zlarning shakl va masoga ko’ra turlari test


Download 141.81 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi141.81 Kb.
#1637327
  1   2
Bog'liq
So\'zlarning shakl va ma\'no turlariga ko\'ra turlari 100 ta test


Jo’rayeva Go’zal
So’zlarning shakl va masoga ko’ra turlari
TEST
1. So'zlarning grammatik tuzilishi va o'zgarishi tilshunoslikning qaysi bo'limida
o'rganiladi?
A)leksikologiyada
B)sintaksisda
C)morfologiyada
D)orfoepiyada
2. Quyidagi yasama so'zlardan qaysi biri o'zakdosh so'z hisoblanmaydi?
A)tinch
B)tinim
C)tintuv
D)tiniq
3. Tub so'z qaysi qatorda berilgan?
A) ishlarimizni
B) qo'lqop
C) ishyoqmas
D) gulzor
4. Qaysi so'zlarning tarkibi ikki so'z turkumidan iborat bo'lishi mumkin?
A)juft so'z
B)takroriy so'z
C)qo'shma so'z
D) A va B
5. O'zaro sinonim bo'lmagan so'zlardan hosil bo'lgan juft so'zni belgilang.
A)kuch-quvat
B)o'y-xayol
C)or-nomus
D)ur-yiqit
6. Takroriy so'z berilgan qatorni toping.
A)non-pon
B)unda-bunda
C)kam-ko'st
D)keldi-ketdi
7. Tilshunoslikning morfologiya bo'limiga oid atamalar qaysi qatorda?
A) modal so'zlar, ravishdosh, harakat nomi
B)faol so'zlar, sinonim so'zlar, atamalar
C)ot kesim, undalma, bog'lama
D) aniqlovchi, to'ldiruvchi, hol
8. Tilning lug'at boyligini oshiruvchi vositalar berilgan qatorni toping.
A)so'z yasovchi go'shimchalar
B)shakl yasovchi qo'shimchalar
C)munosabat shakllari
D)so'z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar
9. -in qo'shimchasi qaysi qatordagi so'zlarga qo'shilsa shakl yasovchi qo'shimcha sanaladi?
A)yuv, yig'
B)yog', art
C)ek, yog'
D)art, yuv
10. Qaysi gatordagi juft so'zlar qismlarining o'rnini almashtirib qo'llash
mumkin?
A) savol-javob
B) besh-olti
C) asta-sekin
D) katta-kichik
11. Qaysi qatorda qo'shma so'zlar berilgan?
A)jo'xoripoya, kechqurun
B)kaltafahm, aravakash
C)havorang, soatsoz
D)har vaqt, tomorga
12. Yasama soz berilgan qatomi toping.
A) milliy
B) siyosiy
C) fikriy
D) moddiy
13. Qanday sodda sozlar tub so'z hisoblanadi?
A) tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan so'zlar
B) tarkibida shakl yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan so'zlar
C) tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lgan so'zar
D) sodda so'zlarning barchasi tub so'zlar hisoblanadi
14. Bekorchidan el bezor. Bekor -o'zak, -chi - so'z yasovchi qo'shimcha,
bekorchi - negiz, -dan - so'z o'zgartiruvchi go'shimcha.
Ushbu tahlil tahlilning gaysi turiga kiradi?
A)so'z yasalish tahlili
B)so'z turkumi tahlili
C)etimologik tahlil
D)so'z tarkibi tahlil
15. Unumsiz so'z yasovchi qo'shimchalar qatorini aniqlang.
A)-cha, -chak, -choq, -loq, -aloq
B)-vul, -ag'on, -chil, -bon, -a
C)-kir, -gir, -qir, -qur, -g'ir
D)-k, -q, -ik, -iq, -uq, -ak
16. Omonim yuklamalar qatorini toping.
A)-gina (-kina, -qina)
B)-u (yu), -da, -a
C)-mi, -chi, -ku, hatto
C)faqat, -gina, yolg'iz
17. Keltirilgan ta'riflardan o'zak morfemaning asosiy xususiyatlari ifodalangan qatorni toping.
A) so'zning ma'noli qismlari haqidagi ta’limot
B)so'zning eng kichik ma'noli gismi
C)so'zda, albatta, ishtirok etadigan, leksik ma'no ifodalay oladigan morfema turi
D) mustagil leksik ma'no ifodalay olmaydigan, so'zning leksik yoki grammatik ma'nolarining shakllanishida xizmat qiladigan morfema turi
18. Yasama so'zlar berilgan qatorni toping.
A)savod, mazmun, quloqchin, qisqa
B)ovloq, bankir, vayrona, kelasi
C)jizza, qovoq, varrak, gulduros
D)yumshoq, toshko'mir, iliq, o’siq
19. Qaysi gatordagi so'zda -chilik qo'shimchasi ikkiga ajralishi mumkin?
A)mo'lchilik
B)kosibchilik
C)choyxonachilik
D)yog 'ingarchilik
20. Qaysi holatda -chilik qo'shimchasi ikkiga ajralmaydi?
A) -lik qo'shimchasidan oldingi qism alohida qo’llansa
B) -chilik qo'shimchasi kasb, mashg'ulot nomini bildirsa
C) -lik qo'shimchasidan oldingi qism alohida qo'llanmasa
D) -chilik hech qachon ikkiga airalmaydi
21. Qaysi qatordagi so'zda -lik qo'shimchasi noto'g'ri qo'llangan?
A)bolalik
B)mardlik
C)vijdonlik
D)bo'zlik
22. Qanday so’zlarga tub so'zlar deviladi?
A)o'zga tillardan olinmagan so'zlar
B)bitta so'z yasovchi qo'shimchasi bor so'zlar
C) tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha bo'lmagan so'zlar
D) yasovchi qo'shimchasi bor so'zlar
23. Qaysi qatordagi juft so'zlarda ma'no umumlashadi va kengayadi?
A) qozon-tovoq
B) kecha-kunduz
C) qovun-tarvuz
D) A va C
24. Qaysi qo'shimchalar so'z ma'nosiga ta'sir qilmaydi?
A)so'z yasovchi qo' shimchalar
B)ko'plik shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar
C)shakl yasovchi qo'shimchalar
D)sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar
25. Qaysi qo'shimchalar so'zga yangi lug'aviy ma'no beradi?
A)old qo'shimchalar
B)shakl yasovchi qo'shimchalar
C)turlovchi qo'shimchalar
D)tuslovchi qo'shimchalar
26. Qaysi qo'shimchalar bilan yasalgan otlar, odatda, birgalik, yaqinlik ma'nosini bildiradi?
A) -kash
B) -dosh
C) -dor
D) -xon
27. -iq buyum-narsa otini yasovchi qo'shimcha gaysi holda -uq tarzida
aytiladi va yoziladi?
A)o'zak undosh bilan tugagan otlarga
B)o'zak unli bilan tugaganda
C)o'zakda u yoki yu tovushlari bo'lsa
D)o'zak yopiq bo'g'in bilan tugasa
28. Faqat yasama so'zlar keltirilgan qatorni toping.
A)bolalarning, chirilladi, ko'kish
B)o'kinch, bilim, sero't
C)oybolta, qizg'in, yurak
D)do'kondor, sardor, daftarga
29. Munosabat shakllari qo'shilgan so'zlar qatorini toping.
A)yelim, qo'nim, bilim
B)qo'lim, tilim, Salim
C)bosim, burnim, boshim
D)unim, ko'zim, oshim
30. Kelishik qo'shimchalari qanday vazifani bajaradi?
A)yangi so'z hosil qiladi
B)yangi so'z shaklini hosil qiladi
C)so'z birikmalari va gaplarda so'zlarni bog’laydi
D) juft so'zlarni hosil qiladi
31. Buyum-narsa oti yasovchi qo'shimchalar ishtirok etgan qatorni toping.
A)tuzdon, karkidon, ochiq
B)kiyim, kurak, qirg'ich
C)supurgi, qatiq, qipiq
D)kavlagich, ko'rsatkich, mushuk
32. Qaysi gatorda o'zak + so'z yasovchi go'shimcha + so'z yasovchi qo'shimcha + so'z yasovchi qo'shimcha shaklidagi so'z berilgan?
A)yamoqchiniki
B)sanoqsiz
C)pishiqchilik
D)barcha so'zlarda o'zak va ikkita so'z yasovchi qo'shimcha berilgan
33. Tub so'zlar berilgan qatorni toping.
A)jirkanch, qoray, qisqar
B)vasvasa, do'mbira, qarsak
C)tortqila, savala, ezg'ila
D)barcha so'zlar yasama so'zlar
34. Yarqirama sifati qaysi qatorda morfemalarga to'g'ri ajratilgan?
A) yarq - o'zak morfema, -ira va -ma so'z yasovchi morfema
B) yarq - ozak morfema, -ira - so'z yasovchi morfema, -ma - shakl yasovchi morfema
C) yarqira - o'zak morfema, -ma - bo'lishsizlik shaklini yasovchi morfema
D) yarqira - so'z yasovchi morfema, -ma - so'z yasovchi morfema
35. Tinch (sifat) - quvonch (ot), qadrdon (sifat) - kuldon (ot) so'zlaridagi
-ch va -don qo'shimchalari vazifasiga ko'ra qanday qo'shimcha hisoblanadi?
A)omonim qo'shimchalar
B)ko'p ma'noli qo'shimchalar
C)so'z yasovchi qo'shimchalar
D)Ava C
36. Bilimdonlikdan so'zida nechta morfema (ma'noli qism) bor?
A)2 ta
B)3 ta
C)4 ta
D)5 ta
37. Taqlid so'z + so'z yasovchi shaklidagi yasama so'zlarni belgilang.
A)pirpirak, vizvizak
B)yarqiroq, qiltiriq
C)taq-taq, apil-tapil
D)A va B
38. Tub so'z berilgan gatorni toping.
A)aylana, tugal
B)to'kin (kuz), sog'in (sigir)
C)quruq, erkin
D)barchasi yasama so'zlar
39. So’z yasovchi qo'shimchalar qatorini belgilang.
A)-gay, -gina, -li, -man, -siz
B)-tir, -gach, -lar, -ib, -zor
C)-la, -li, -lan, -dan, -paz
D)- dor, be-, -zor, -cha, -xo'r
40. Shakl hosil qiluvchi qo'shimchalarni toping.
A)-k, -kor, -chi, -i
B)-siz, -ing, -sa, -guncha
C)-cha, -roq, -ib, -niki
D)-b, ser-, -di, -miz
41. Tub so'zni aniqlang.
A) yuksak
B) boylik
C) sana
D) tinch
42. Qaysi gatorda -siz qo'shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha
vazifasida qo'llangan?
A)Odobni odobsizdan o'rgan.
B)U bu gapdan xabarsiz edi.
C)Siz bebaho insonsiz.
D)Suvsiz hayot bo'lmaydi.
43. Qarsak so’zining asosini toping.
A) qars
B) qarsa
C) qar
D) qarsak
44. Qo'shma so'zlar berilgan qatorni toping.
A)chiza oladi
B)quvonib ketdi
C)o'qib chiqdi
D)qo'shma so'z berilmagan
45. Muomalalarimizni so'zidagi yasovchi qo'shimchalarni toping.
A)-lar
B)-imiz
C)-ni
D) bu tub so'z bo'lib, yasovchi qo'shimchalari yo'q
46. Qoramtir so’zida nechta so'z yasovchi qo'shimcha bor?
A)1 ta
B)2 ta
C)3 ta
D)bu tub so'z bo'lib, yasovchi qo'shimchalari yo'q
47. Uyum so'zi qaysi qatorda to'g'ri tahlil qilingan?
A)uy (ot), -im (egalik qo'shimchasi)
B)uy (fel), -im (so'z yasovchi qo'shimcha)
C)uy (fel), -um (so'z yasovchi qo' shimcha)
D)uy (ot), -im (ot yasovchi qo'shimcha)
48. «Derazamning oldida bir tup
O'rik oppoq bo'lib gulladi».
Ushbu misralarda nechta yasama so'z bor?
A) 1 ta
C) 3 ta
B) 2 ta
D) 4 ta
49. Yasama so'zlar berilgan qatorni toping?
A)shaftolizor, musobaqa, tepalik
B)bilim, olim, tilim
C)gulla, churilla, o zim
D)o'kinch, o'roq, unum
50. Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal.
Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so'zidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
51. Qaysi qatordagi gapda no- old qo'shimchasini so'z yasovchi sifatida
ajratib bo'lmaydi?
A) Noto'g'ri narsalarni bo'yab ko'rsatishlarni rad etmoq darkor.
B) O'zini bilimdon deydigan nodondan qoch.
C) Noo'rin savol xunuk javobga sabab bo'ladi.
D) Agarda til har har narsani valdirayversa, hamma o'zini noqulay sezadi.
52. Kesimlik ko'rsatkichi, gumon yuklamasi va orttirma nisbat qo'shimchasi
bo'lib kela oladigan morfemani aniqlang.
A)-man
B)alla-
C)-dir
D)-t
53. Sevinch so'zini ma'noli qismlarga ajrating.
A)sev - in - ch
B)sevin - ch
C)sev - inch
D)se - vinch
54. Yig'lamsira, kulimsira, oqarinqira so'zlari tarkibidagi qo'shimchalar
vazifasiga ko'ra qanday qo'shimcha sanaladi?
A)so'z yasovchi
B)shakl yasovchi
C)so'z va shakl yasovchi
D)fe'lning grammatik kategoriyalariga mansub qo'shimcha
55. Suvoqchilardan so'zining morfologik tarkibi qaysi qatorda berilgan?
A)suv - oq - chi - lar - dan
B)suva - q - chi - lar - dan
C)suvoq - chi - lar - dan
D)suvoqchi - lar - dan
56. Ekinni erta ekkan hosilini erta o'rar.
Ushbu gapda qo'llangan qo'shimchalar miqdori va ularning vazifasiga ko'ra turlari
qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) 2 ta lug'aviy shakl yasovchi, 3 ta sintaktik shakl yasovchi
B) 1 ta so'z yasovchi, 2 ta lug'aviy shakl yasovchi, 3 ta sintaktik shakl yasovchi
C) 1 ta so'z yasovchi, 3 ta lug'aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
D) 2 ta so'z yasovchi, 1 ta lug'aviy shakl yasovchi, 3 ta sintaktik shakl yasovchi
57. Gullab yotgan o'rikzor xira pardaga burkandi.
Gapdagi so'z yasovchi qo'shimchalarni aniglang.
A) -lab, -zor, -da
B) -n, -di, -ga
C) -b, -gan, -zor
D) -la, -zor
58. Mardikorchilik sozi ma'noli qismlarga to'g'ri ajratilgan qatorni toping.
A)mard - ikor - chi - lik
B)mardi - kor - chilik
C)mardi - kor - chi - lik
D)mardikor - chilik
59. Xunobgarchilik so'zi ma'noli qismlarga to'g'ri ajratilgan qatorni toping.
A)xunob - gar - chi - lik
B)xunob - garchi - lik
C)xunob - garchilik.
D)xun - ob - gar - chilik
60. Birdan ortiq mustaqil ma'noli so'zlarning birikuvidan hosil bo'lgan so'zlarni toping.
A)g'uborsiz, sharsimon, ishchan
B)do'stlik, gulzor, qalamdon
C)sadarayhon, sotib olmoq, tuyaqush
D) qardoshlarcha, yangicha, do'stona
61. Qaysi qatordagi so'zlarda bir xil vazifadagi qo'shimchalaming ikki marta
qo'shilishini kuzatish mumkin?
1) kichkinagina; 2) ixchamgina; 3) yarmisi; 4) ukasi; 5) singlisi
A) 3, 5
B) 1, 3, 5
C) 3, 4,5
D) 1, 2, 3, 4, 5
62. Yasama so'zlar berilgan qatorni toping.
1) dukurla; 2) bukla; 3) ishqala; 4) oyla; 5) qashila; 6) tipirchila.
A)faqat 1 va 4
B)barcha so'zlar yasama
C) 1, 2, 3, 4
D) 1, 2, 4 - yasama sozlar, 3, 5, 6 - ma'noli qismlarga ajralmaydi
63. E’tibor berganmisiz yoki yo'qmi, sizning sadoqatda tengsiz do'stingiz
bor. Shodligingizda quvonchingizga quvonch qo'shadi, g'amgin pallada
dardingizni oladi.
Ushbu parchada yasama so'zlar necha o'rinda qatnashgan?
A) 5 B) 6 C) 4 D) 3
64. Qaysi qatorda -lik qo'shimchasi sifat yasovchi qo'shimcha vazifasini bajargan?
A)qishlik, ko'ylaklik
B)shodlik, xotirjamlik
C)to'rtik, birlik
D)tezlik, ko’plik
65. Qaysi qatorda -lik qo'shimchasi ot yasovchi qo'shimcha vazifasini bajargan?
A)sihat-salomatlik, do'stlik
B)qishlik, shaharlik
C)yo'qchilik, kamchilik
D)gulchilik, yozuvchilik
66. Qofiya she'riy asarning ohangdorligi va ta'sirchanligini kuchaytiradi, asaring yod olinishini osonlashtiradi.
Ushbu gapda so'z yasovchi qo'shimchalar necha o'rinda ishtirok etgan?
A) 8 B) 5 C) 7 D) 6
67. Qaysi qatordagi sozlar ma'noli qismlarga noto'g'ri ajratilgan?
A)abad - iy - at
B)yir -t - qich - lar - cha
C)odim - la - t - moq
D)abad - iyat
68. -in qo'shimchasi haqida aytilgan fikrlarning qaysi biri to'g'ri?
A) fe'lning o'zlik nisbati va maihul nisbatini hosil qiladi
B)fe'l o'zak-negizidan ot yasaydi
C)holatga, paytga munosabatni bildiruvchi ravishlar yasaydi
D) barcha javoblar to'g'ri
69. Quyida berilgan so'zlarning qaysi birini ma'nosiga ko'ra har xil ozak-negiz
va qo'shimchaga ajratish mumkin?
1) boshi; 2) o'qi; 3) gullar; 4) boylar; 5) terim.
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 2, 3, 4, 5
C) 3, 4,5
D) 4,5
70. Qaysi javobdagi undosh tovushlar so'z yasash uchun xizmat qiladi?
A)k, q
B)т, y
C)r, ch
D)A, B, C
71. Berilgan qaysi so'zlar to'rtta ma'noli qismga ajraladi?
1) go'zallashtirmoq; 2) yonboshlab; 3)sanog'ini; 4) surishtirmoq; 5) ta'mirlatmoq.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 4, 5
72. To'y sizsiz o'tmaydi.
Bu to'yning rahbari sizsiz.
Ostiga chizilgan -siz qo'shimchasi ...
A) 1-so'zda so'z yasovchi, 2-so'zda sintaktik shakl yasovchi
B) 1-so'zda sintaktik shakl yasovchi, 2-so'zda so'z yasovchi
C) har ikkalasida so'z yasovchi
D) har ikkalasida sintaktik shakl yasovchi
73. Qo'shimchalarning vazifasiga ko'ra qaysi turi so'zga qo'shilib uning
turkumini o'zgartira oladi?
A)so'z yasovchi qo'shimchalar
B)sintaktik shakl yasovchilar
C)lug'aviy shakl yasovchilar
D)Ava C
74. Murakkab qo'shimchalar berilgan qatorni toping.
1) temirchilik; 2) kosibchilik; 3)so'zlash; 4) o'zlash; 5) terlama; 6) bir yoqlama.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1,2 D) 1, 3, 6
75. O'zak ma'nosiga ta'sir etmaydigan qo'shimchali so'zlar berilgan gatorni
toping.
A)qalamim, onamiz, hovlida, o'qiding
B)kitob, suv, xonadon, etikdo'z
C)ko'chalar, kitobxon, havo, qizil
D)kuchli, chiroyli, mevali, gulli
76. Tepkilashishlariga so'zi tarkibida nechta so'z yasovchi, nechta lug'aviy shakl yasovchi, nechta sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha bor?
A) 1 ta soz yasovchi, 3 ta lug'aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
B) 2 ta so'z yasovchi, 3 ta lug'aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
C) 4 ta lug'aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
D) 5 ta lug'aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
77. Namgarchilikda so'zi nechta ma'noli qismlarga ajraladi?
A) 5 B) 2 C) 3 D) 4
78. Quyidagi so'zlarning gaysi biri ma'noli qismlarga bo'linmaydi?
A) yupanch B) sevinch C) o'tinch D) birinch
79. Quyidagi so'zlardan qaysi biri uchta ma'noli qismga bo'linadi?
A)yupanch
B)suyanch
C)ovunch
D)ishonch
80. Quyidagi so’zlarning qaysi biri ma'noli qismlarga bo'linadi?
A)karch
B)g'arch
C)berch
D)ayanch
81. Saylov, uyum so’zlarining asosini aniglang.
A)saylov, uy
B)sayl, uy
C)sayla, uy
D)saylov, uyum
82. O'zakda u (yu) tovushlari bo'lgan fe'llardan ot yasalganda, yasovchi -im
qo'shimchasi qaysi yozuv qoidasi asosida yoziladi?
A)fonetik yozuv
B)morfologik yozuv
C)shakliy yozuv
D)so'z yasovchi go'shimchalar doim morfologik yozuv asosida yoziladi
83. Berilgan maqoldagi yasama so'zlar qaysi qatorda to'g'ri tahlil qilingan?
Sirti yaltiroq, ichi galtiroq.
A) yaltira + q, qaltira + q fe'ldan sifat yasalgan
B)maqoldagi barcha so’zlar tub so'zlar
C)sir + t otdan ot yasalgan; yaltir + oq, qaltir + oq taqlid so'zdan sifat yasalgan
D) sir + t otdan ot yasalgan; yalt + iroq, qalt + iroq taqlid so'zdan sifat yasalgan
84. Sifat + ot shaklidagi qo'shma so'zni belgilang
A)qirqog'ayni, atirgul
B)ko'zoynak, tomorga
C)qoramol, qizilurug'
D)mingoyoq, kaltakesak
85. -la qo'shimchasi qanday so'zlarga qo'shilganda shakl yasovchi vazifasida bo'ladi?
A)taqlid so’zlarga
B)olmoshlarga
C)otlarga
D)fe'llarga
86. Tarkibida birgina qo'shimcha maviud bo'lgan so'zni toping.
A)atamoq
B)aylanma
C)ho'plam
D)haydovchi
87. 1) bezorilik; 2) bexosdan; 3) begonasiramoq; 4) beorlik; 5) bezattirmog.
Berilgan so'zlarning qaysilari tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud?
A) 3, 4, 5 B) 4 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 3,4
88. So'z tarkibida -cha o'rniga -dek, kabi, singari qo'shimchalarini qo'shish
mumkin bolsa, u qanday qo'shimcha hisoblanadi?
A) kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha
B)so'z yasovchi qo'shimcha
C)kichraytirish shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha
D) shakl yasovchi go'shimcha
89. Qaysi qatordagi so'zda -ma so'z yasovchi qo'shimchasi shakl yasovchidan
so'ng joylashgan?
A)qovurma
B)yo'qlama
C)dimlama
D)qaynatma
90. Tub so'zni toping.
A) kemtik
B) nodon
C) bodroq
D) tayanch

Download 141.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling