Жорий назорат саволлари


Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi


Download 32.74 Kb.
bet10/10
Sana05.01.2022
Hajmi32.74 Kb.
#207625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ЖОРИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ минтака иқтисодиёти

3 . Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi


Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchiolimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko’rsatish mumkin.

E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq.

Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:


  1. Mamlakatlar o’zlarida ortiqcha bo’lgan ishlab chiqarish omilini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o’zlarida taqchil bo’lgan ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar.

  2. Xalqaro savdo yo’lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi.

  3. Mahsulotlar eksporti o’rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti egallaydi.

Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo’lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.

Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko’rinishlarga ega. Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko’rsatmoqda. Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar aynan ushbu yo’nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ko’proq er resurslari kerak bo’ladi va ular shu yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladilar.



Xeksher—Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda «Leontev paradoksi» yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. V.Leontev AQSh kapital ortiqcha bo’lgan mamlakat bo’lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarishida aynan shu omillar ko’proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi. 1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdo-ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning xarakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.

D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.
Download 32.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling