Joriy nazorat 1- topshiriq 1-masala
Download 32.27 Kb.
|
1-topshiriq (JN)
23-masala
1) R radiusli doiraga nuqta tashlanadi. Bu nuqta doiraga ichki chizilgan kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping. 2) Qutida bir xil o‘lchamdagi 10 ta shar bor. Ularning 3 tasi qizil, qolganlari ko‘k. Tavakkaliga olingan sharning ko‘k chiqish ehtimolini toping. 24-masala 1) Otilgan torpedoing kemani cho‘ktirib yuborish ehtimoli 1 taqsim 2 ga teng. Agar kemani cho‘ktirib yuborish uchun bitta torpedoning mo‘ljalga tegishi yetarli bo‘lsa, 4 ta torpedoning kemani cho‘ktirib yuborish ehtimolini toping. 2)Talaba programmadagi 20 savoldan 18 tasini biladi. Talabaning imtihon oluvchi taklif etgan 3 ta savolni ham bilish ehtimolini toping. 25-masala 1) Qutida 6 ta qora, 9 ta oq shar bo‘lib, undan tavakkaliga 4 ta shar olindi. Olingan 4 ta sharning 3 tasi oq bo‘lish ehtimolini toping. 2) Qutida 10 ta miltiq bo‘lib. Ularning 4 tasi optik nishon bilan ta’minlangan. Mеrganning optik nishonli miltig’idan o‘q uzganda nishonga tеkkizish ehtimoli 0,95 ga tеng. Optik nishon o‘rnatilmagan miltiq uchun bu ehtimol 0,8 ga tеng. Mеrgan tavakkaliga olingan miltiqdan nishonga o‘q tеkkizdi. Qaysi birining ehtimoli katta? Mеrgan optik nishonli miltiqdan o‘q uzganmi yoki optik nishon o‘rnatilmagan miltiqdan o‘q uzganmi? 26-masala 1) O‘yin kubigi tashlanganda toq son chiqish ehtimoli topilsin. 2) Elektr zanjiriga erkli ishlaydigan 3 ta element ketma-ket ulangan. Birinchi, ikkinchi va uchinchi elementlarning buzilish ehtimollari mos ravishda quyidagiga teng: p1=0.1; p2=0.15; p3=0.2. Zanjirda to‘k bo‘lmasligi ehtimolini toping. 27-masala 1) Loto o‘yini ishtirokchilari 1 dan 100 gacha nomerlangan loto sharlari joylashtirilgan qopdan tavakkaliga shar olishganda birinchi son 5 ga karrali bo‘lmasligi ehtimolini toping. 2) Ikki sportchidan har birining mashqni muvaffaqiyatli bajarish ehtimoli 0.5 ga teng. Sportchilar mashqni navbat bilan bajaradilar, bunda har bir sportchi o‘z kuchini ikki marta sinab ko‘radi. Mashqni birinchi bo‘lib bajargan sportchi mukofot oladi. Sportchilarning mukofotni olishlari ehtimolini toping. Download 32.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling