Joriy nazorat
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7xABO78IPTEL6GmGowWICfT2zkgazKn6 (1)
JORIY NAZORAT Topshiriq-1 (TEST) 1. Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi? a) yer rentasi, ish haqi, foiz-dividend, foyda; b) yer rentasi, foiz-dividend, foyda, ish haqi; c) yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda; d) foiz-dividend, foyda, ish haqi, yer rentasi; e) foyda, yer rentasi, ish haqi, foiz-dividend. 2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu... a) ishlab chiqarish natijalarining mehnat xarajatlariga nisbati; b) ishlab chiqarish natijalarining kapital sarflariga nisbati; c) ishlab chiqarish natijalarining yer omiliga nisbati; d) ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati; e) yerga va kapitalga qilingan xarajatlar natijasi. 3. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashga quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi? a) universal qonun bo„lib, doimo amal qiladi; b) uning amal qilishi doirasi cheklangan bo„lib, eng avvalo, kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishli; c) qisqa muddatli davrga xos; d) ko„plab tovarlarga nisbatan qo„llab bo„lmaydi; e) naflilikni baholovchi yagona o„lchov yo„q.
a) xizmat ko„rsatishda; b) iste‟molda; c) iqtisodiy nafli ish bajarishda; d) ishlab chiqarishda; e) yuqoridagilarning barchasida. 5. Quyidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishning moddiy omili hisoblanadi? a) xom ashyo; b) materiallar; c) bino va inshootlar, mashinalar, asbob va uskunalar, xom ashyo; d) mehnat quroli; e) pul mablag„lari. 6. Iqtisodiy resurslar hisobiga olinadigan daromad turini aniqlang: a) ish haqi, foiz, renta, me‟yordagi foyda; b) mukofot; c) dividend; d) foyda; e) yalpi daromad. 7. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi? a) ishlab chiqarish natijalari sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi; b) ishlab chiqarish natijalari jonli mehnat sarflari bilan taqqoslanadi; c) ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi; d) ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag„lar qiymati bilan taqqoslanadi; e) yuqoridagi barcha usulda. 8. Quyidagilardan qaysi biri mehnat kooperatsiyasini xarakterlaydi? a) mehnatning alohida faoliyat turlariga ajralishi; b) xodimlarning iqtisodiy faoliyatining biron turini bajarishga yoki mahsulotning alohida turlarini ishlab chiqarishga moslashuvi; c) mehnatning alohida va bir-biriga bog„liq turlarining uyushishi; d) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining bir-biriga bog„liqligining kuchayishi; e) yuqoridagilarning barchasi. 9. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi? a) mahsulot miqdorining uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga nisbati bilan; b) mahsulot miqdorining qilingan sarf-xarajatlarga nisbati bilan; c) mahsulot miqdorini asosiy kapitalga taqqoslash yo„li bilan; d) mahsulot miqdorini aylanma kapitalga taqqoslash yo„li bilan; e) yuqoridagi barcha usulda.
a) moddiy ne‟matlar ishlab chiqarish; b) ehtiyojlarni qondirish; c) bozorga tovarlar yetkazib berish; d) ishlab chiqarish natijalarining to„xtovsiz ortib borishi; e) xizmatlar ko„rsatish. 11. Iqtisodiy resurslar nima? a) tovar; b) pul; c) insonlar; d) kapital, yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati;
e) tabiiy resurslar. 12. Samaradorlik nima? a) iqtisodiyotning o„sishi; b) sarflangan resurslarni tejash; c) ishlab chiqarish xarajatlarining o„sishi; d) «natija» va «xarajat» nisbati; e) narxlarning pasayishi. 13. Ijtimoiy ishlab chiqarish nima? a) ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayoni; b) iste‟mol buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni; c) ishchi kuchini ishlab chiqarish jarayoni; d) jamiyat miqyosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni; e) xizmat ko„rsatish jarayoni. 14. Hayotiy zarur ne’matlar va boyliklarni takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan faoliyat qanday nomlanadi? a) ishlab chiqarish (xizmat ko„rsatish); b) ayirboshlash; c) taqsimlash; d) iste‟mol; e) iqtisodiy faoliyat. 15. Iqtisodiy faoliyatning qaysi turi (bosqichi)da yaratilgan iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchiga o‘tadi? a) ishlab chiqarish(xizmat ko„rsatish); b) xizmat ko„rsatish; c) ayirboshlash; d) taqsimlash; e) iste‟mol. 16. Takror ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yaratilgan tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard foydalanuvchilarini topadi? a) ishlab chiqarish(xizmat ko„rsatish); b) xizmat ko„rsatish; c) ayirboshlash; d) taqsimlash; e) iste‟mol. 17. Takror ishlab chiqarish jarayonining qaysi bosqichida nafaqat hayotiy zarur ne’mat (xizmat)lar balki iqtisodiy resurslar va ishchi kuchi tarmoq, soha, hudud va iqtisodiy faoliyat turlari o‘rtasida taqsimlanadi? a) ishlab chiqarish (xizmat ko„rsatish); b) xizmat ko„rsatish; c) ayirboshlash; d) taqsimlash; e) iste‟mol. 18. Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat qanday nomlanadi? a) iqtisodiy faoliyat; b) ishlab chiqarish; c) ayirboshlash; d) taqsimlash; e) iste‟mol. 19. Iqtisodiy ne’mat, tovar va xizmatlar yaratiladigan tarmoq va sohalar qanday nom bilan ataladi? a) moddiy ishlab chiqarish; b) nomoddiy ishlab chiqarsh sohalari; c) iqtisodiyotning real ishlab chiqarish tarmoq va sohalari; d) xalq xo„jaligi tarmoq va sohalari; e) milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalari. 20. Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlar va boyliklarni ishlab chiqaradigan tarmoq va sohalar qanday nomlanadi? a) xalq xo„jaligi; b) milliy iqtisodiyot; c) moddiy ishlab chiqarish; d) nomoddiy ishlab chiqarish; e) milliy ishlab chiqarish. JORIY NAZORAT Topshiriq-2 (KEYS) O‟zbekiston YaIM mahsulotida qishloq xo‟jaligining hissa salmoqlidir. Innovatsion iqtisodiyot haqida gapirar ekanmiz albatta qishloq xo‟jaligi va undagi amalga oshirilayotgan innovatsiyalar ham alohida o‟rin tutadi. Iqtisodiyotning agrar sektorida tarkibiy o‟zgarishlar va diversifikatsiyalash, shuningdek, resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish evaziga 2002-2018 yillarda qishloq xo‟jaligi yalpi mahsuloti o‟sib borish dinamikasiga ega bo‟ldi (1-rasm). Qishloq xo‟jaligi yalpi mahsulotining tarkibi ham o‟zgardi. Dehqonchilikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ustuvorlik berilishi natijasida ularga ajratilayotgan ekin maydonlarining kengaytirilishi va hosildorligini oshirishga oid agrotexnologik tadbirlarni amalga oshirish evaziga dehqonchilik ulushi 2002 yildagi 50,6 foizdan 2018 yilda 53,2 foizgacha oshishiga erishilgan bo‟lsa, chorvachilik ulushi esa 49,4 foizdan 46,8 foizgacha kamaydi (2 – rasm).
ishlab chiqarish dinamikasining o’sishi, % 1
holati tahlili 2 Agrar tarmoqdagi iqtisodiy islohotlar jarayonida fermerlik harakatiga ustunlik berilganligi natijasida yalpi qishloq xo‟jaligi mahsuloti ishlab chiqarishidagi uning ulushi 2002 yildagi 10 foizdan 2018 yilda 27,3 foizga oshdi, ammo shu bilan birga yalpi qishloq xo‟jaligi mahsuloti ishlab chiqarishda dehqon xo‟jaliklari mahsulotlari asosiy qismni tashkil etadi. 2002 yilda yalpi qishloq xo‟jaligi mahsulotida ularning ulushi 64 foizni, 2018 yilda - 70 foizni tashkil etgan. Qishloq xo‟jaligida amalga oshirilgan tarkibiy o‟zgarishlar natijasida qishloq xo‟jaligi korxonalarining ulushi 2002 yilda 26 foizdan 2018 yilda 2,7 foizgacha kamayishiga olib keldi, (3 – rasm).
1 Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган 2 Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган 3 – rasm. Xo’jalik shakllari bo’yicha yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotining taqsimlanishi, % 3 Shuni ham ta‟kidlab o‟tishimiz lozimki, O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-260- sonli “2016-2020 yillarda qishloq xo‟jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi Qarori bu borada amalga oshirilgan ishlarning uzviy davomi bo‟lib, keyingi besh yil mobaynida qishloq xo‟jaligi mahsulotlari etishtirish hajmini oshirib, sohani yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi. Tadqiqot davomida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani fermer xo‟jaliklari, MMTP, SIU va mineral o‟g‟it bilan ta‟minlash shoxobchalarining rahbarlari o‟rtasida so‟rovnoma o‟tkazildi. I. Fermer xo‟jaliklari rahbarlari o‟rtasida o‟tkazilgan so‟rov-anketa natijalariga ko‟ra: - “muqobil mashina traktor parkining barcha xizmat turlari mavjudmi?” degan savolga “barcha xizmat turlari mavjud” deb 58%, “ba‟zi xizmat turlari yo‟q” deb 35%i, “ba‟zi xizmat turlarini joriy etish zarur” va “kerakli bo‟lgan texnikalar xo‟jalikda mavjud” deb 3,5%dan respondentlar javob berishdi. - “MMTPda texnikalarni ta‟mirlash va servis xizmatini rivojlantirish zarur” deb 83% va 17%i “chorvachilik tarmog‟ini mexanizatsiyalashtirishga oid xizmatlar”ni MMTPlarda rivojlantirish zarur deb hisoblashadi;
3 Ўзбекистон Республика Давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида тузилган. - “MMTPda mavjud texnikalar holati qanday?” degan savolga respondentlarning 83 % i MMTP mavjud texnikalar eskirgan, 4% ayrim texnikalar eskirgan va 3%i “parkda kerakli texnikalar yo‟q” deb javob berishgan; - fermer xo‟jaliklariga xizmat ko‟rsatayotgan “SIUlarning texnika, jihoz, uskuna va inshootlarning holati qanday?” degan savolga 89% “barcha texnika va inshootlari eski” va 11%i “qisman eskirgan, remont talab” deb javob berishgan. - “respublikada o‟tkaziladigan innovatsion yarmarkada ishtirok etganmisiz?” degan savolga respondetlarning 3%i “ha” deb javob berishdi; - “fermer xo‟jaligingizda oxirgi 5 yilda o‟simlikchilikning qaysi sohasi bo‟yicha yangi navlar kiritilgan”ligi so‟ralganda fermer xo‟jaligi rahbarlarining 45% paxtachilik va g‟allachilik bo‟yicha, 20% paxtachilikka, 10%i g‟allachilik bo‟yicha va 25%i paxta, g‟alla va mevasabzavotchilik sohalariga yangi navlar joriy etishganligini qayd etishdi; - yangi nav hisobiga o‟simliklarning hosildorligi so‟rovnomada ishtirok etgan fermer xo‟jaliklarining 32 %ida juda kam oshgan va 68%ida 5-10%gacha oshgan;
- so‟rov-anketada ishtirok etanlarning 7%i fermer xo‟jaligiga “oxirgi 5 yilda zotdor chorva mol olib kelganmisiz?” degan savolga “ha” deb javob berishgan; - respondentlar naslli mol hisobiga chorva mollarning mahsuldorlik darajasi 10-20%gacha, olinadigan daromad va rentabellik darajasi esa 5-10%gacha oshganligini qayd etishgan; - “oxirgi 5 yilda yangi texnika sotib oldingizmi?” deb so‟ralganda respondentlarning 10 %i “ha” va 90% “yo‟q” deb javob berishgan. - respondentlarning 34%i istiqbolda fermer xo‟jaliklarini rivojlantirishda texnika, mexanizmlar, uskunalar va resurstejovchi texnologiyalarning yangi avlodiga, 21%i o‟simliklarni himoya qilishga, 14%i chorva mollarning yangi zoti va sun‟iy urug‟lantirishga, chorva mollarni parvarishlash jarayonida yangicha yondashuv va qishloq xo‟jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida, shuningdek, 3%i o‟simliklarning yangi nav va duragaylarini joriy etishga talab yuqoriligini bildirishdi; - respondentlarning 86%i innovatsiyalarni joriy etishdagi asosiy tusiq sifatida mablag‟ning etishmasiligini qayd etishgan bo‟lsa, 10%i shu sohada ilmiy ish olib borayotgan olim mutaxassislar bilan hamkorlik yo‟lga quyilmaganligi e‟tirof etishgan; - respondentlarning 20%i oliy ma‟lumotli ekanligini aytib o‟tishgan. II. Muqobil MTP rahbarlari o‟rtasida o‟tkazilgan so‟rov-anketa natijalariga ko‟ra: - “nechta fermer xo‟jaligiga xizmat ko‟rsatasiz?” degan savolga respondentlarning 88%i “50-100tagacha”, xizmat ko‟rsatiladigan maydon bo‟yicha “500-1000gektargacha” deb javob berishdi; - fermer xo‟jaliklaridan tashqari muqobil MTP rahbarlarining 13%i dehqon xo‟jaliklariga va qishloq xo‟jaliklari korxonalariga ham xizmat qilishini ta‟kidlashgan; - anketa so‟rov natijalariga ko‟ra, respondentlar tomonidan oxirgi 5 yilda muqobil MTPlarga yangi texnikalar xarid qilinmagan va investitsiya jalb qilinmagan; - respondentlarning 63%i “fermer xo‟jaliklarining muqobil MTPida mavjud texnikalarga bo‟lgan talabi qondirilayapti?” degan savolga “yo‟q” va 37%i “ha” deb javob berishdi; - muqobil MTPlar “oliy ta‟lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasi bilan hamkorlik yo‟lga qo‟yilganmi?” degan savolga barcha respondentlar “yo‟q” deb javob berishdi va barcha respondentlar “muqobil MTP faoliyatiga yangilik kiritishda asosiy tusqinlik” sifatida “mablag‟ning yo‟qligi” deb javob berishdi; - respondentlarning 75%i oliy ma‟lumotli. III. Mineral o‟g‟it bilan ta‟minlash shoxobcha rahbarlari o‟rtasida o‟tkazilgan so‟rov-anketa natijalariga ko‟ra: - “nechta fermer xo‟jaligiga xizmat ko‟rsatasiz?” degan savolga respondentlarning 47%i “100tadan ziyod” deb va “xizmat ko‟rsatiladigan maydon” bo‟yicha respondentlarning 82% “1000gektardan yuqori” deb javob berishdi;
- anketa-so‟rovda ishtirok etgan mineral o‟g‟it bilan ta‟minlash shoxobchalari rahbarlarining 94%i fermer xo‟jaliklaridan tashqari dehqon xo‟jaliklariga ham xizmat qilishini ta‟kidlashgan; - respondentlarning 100%i “oxirgi 5 yilda necha so‟mlik investitsiya jalb qilgansiz” hamda “oliy ta‟lim muassasasi yoki ilmiy – tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirganmisiz?” degan savollarga “yo‟q” deb javob berishgan; - respondentlarning 100%i “mablag‟ning etishmasligi shoxobchaga yangilik kiritishga to‟sqinlik bo‟lmoqda” deb javob berishdi. IY. Suv iste‟molchilari uyushmasi rahbarlari o‟rtasida o‟tkazilgan so‟rov- anketa natijalariga ko‟ra: - “nechta fermer xo‟jaligiga xizmat ko‟rsatasiz?” degan savolga respondentlarning 40%i “50tagacha”, qolgan 60%i teng miqdorda “50-100 tagacha ” va “100tadan ziyod” deb hamda “xizmat ko‟rsatiladigan maydon” bo‟yicha respondentlarning 60% “1000gektardan yuqori” deb javob berishdi; - fermer xo‟jaliklaridan tashqari respondentlarning 50%i dehqon xo‟jaliklariga, 20% dehqon hamda qishloq xo‟jaligi korxonalariga va 10%qishloq xo‟jaliklari korxonalariga ham xizmat qilishini aytib o‟tishgan; - respondentlarning birontasi ham oxirgi 5 yilda texnikalar xarid qilmagan; - respondentlarning 20% (50-110 mln.so‟mgacha) uyushmaga investitsiya jalb qilganliklarini aytib o‟tishdi; - SIUda mavjud texnikalarning muddati bo‟yicha savolga berilgandan, respondentlarning 40% mavjud texnikalar muddati 10 yildan ziyod, 35%ida SIUda “umuman texnikalar yo‟q” deb javob berishdi; - “suv resurslarini tejash maqsadida qanday yangiliklarni kiritish zarur” deb savol berilganda respondentlarning 20%i “suv resurslariga haq to‟lashda bozor mexanizmini joriy etish” va 80%i “suv inshootlarini to‟liq yangilash, yangi texnika va uskunalarini olib kelish” deb javob berishdi; - ushbu respondentlar ham yangilik kiritishda eng katta to‟sqinlik sifatida (90%) “mablag‟ning etishmasligi” deb javob berishdi; - respondentlarning 20%i oliy ma‟lumotli, 70%i o‟rta maxsus va 10% o‟rta ma‟lumotli. O‟tkazilgan so‟rov – anketa natijalariga ko‟ra, fermer xo‟jaliklari hamda unga xizmat ko‟rsatuvchi infratuzilma ob‟ektlar o‟z korxonalariga yangilik kiritishda eng katta muammo sifatida pul mablag‟larning etishmasligini e‟tirof etishgan, (1-jadval), shuningdek, respondentlar ko‟rsatilgan xizmatlar uchun to‟lov o‟z vaqtida amalga oshirilmayotganligi ta‟kidlab o‟tishgan. Ushbu muammoni bartaraf etishda fermer xo‟jaliklari va unga xizmat ko‟rsatuvchi infratuzilma ob‟ektlari o‟rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni bozor mexanizmlari asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‟lar edi. 1-jadval Fermer xo’jaliklari va unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma ob’ektlari o’rtasidagi so’rovnoma natijalari, % 4
yurituvchi sub’ektlar Innovatsiyalarni kiritishga tusqinlik qilayotgan muammolar, shu jumladan Mablag’ etarli emasligi Shu sohada ilmiy ish olib borayotgan olim mutaxassislar bilan hamkorlik yo’lga quyilmaganligi Fermer xo’jaligi uchun kerakli yangiliklar to’g’risidagi ma’lumotga ega emasligi Boshqa sabablar Fermer xo’jaliklari 86
10 3 1 Muqobil MTP 95
3 1 1 Mineral o’g’it bilan ta’minlash shoxobchalar 100
- - - Suv iste’molchilari uyushmasi 90
5 4 1 Keys bo„yicha savol va topshiriqlar:
4 Анкета сўров натижалари асосида ишлаб чиқилди 1. “2019-2021 yillarda O‟zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‟g‟risida”gi Farmonining mazmuni va mohiyatini yoritib bering. 2. Qishloq xo‟jaligini innovatsion rivojlantirishga ijobiy va salbiy ta‟sir etuvchi omillarni yoritib bering. 3.
Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‟jaligini innovatsion rivojlantirish tajribalarini keltiring. 4. “Nima uchun?” va “Baliq skeleti” organayzerlari orqali O‟zbekistonda qishloq xo‟jaligi tarmog‟ida innovatsion faoliyatning rivojlanishiga salbiy ta‟sir etuvchi omillarni aniqlang. 5. “Qanday?” ierarxik diagrammasi orqali muammoni echish yo‟llarini aniqlang. 6.
Olingan anketa so‟rovnoma va statistik ma‟lumotlardan foydalangan holda O‟zbekistonda qishloq xo‟jaligini innovatsion rivojlantishning SWOT – tahlili o‟tkazing. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling