Joul – Lens qonuni
Download 7.39 Kb.
|
joul lens qonuni
Joul – Lens qonuni Kuchlanish manbaiga ulangan tok zanjirining bir jinsli qismini kuzatamiz. Elektr kuchlari dt –vaqt oralig’ida q=1dt zaryadni ko’chirib ish bajaradi: (5.25) Om qonuniga muvofiq, bu ish quyidagicha ifodalanadi: (5.26) Agar zanjir qo’zg’almas bo’lib, unda hech qanday ximiyaviy o’zgarishlar sodir bo’lmasa, bajarilgan ish o’tkazgichning ichki energiyasini oshirishga sarflanadi hamda o’tkazgich qiziydi. Buni Joul va Lenslar (1844-y) bevosita tajribada aniqlaganlar. Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq dQ=dA (5.27) (5.28) Joul-Lens qonunining ifodasi. Tokli o’tkazgichlardan ajralib chiqqan issiqlik miqdori, tok kuchining kvadrati bilan o’tkazgich qarshiligi va o’tish vaqtining ko’paytmasiga to’g’ri proporsionaldir. Tokli o’tkazgichlardagi issiqlik hodisalarini xarakterlash uchun solishtirma issiqlik quvvati tushunchasidan foydalaniladi. Birlik hajmda bir sekund vaqt oralig’ida ajralib chiqqan issiqlik miqdoriga son jihatdan teng kattalik solishtirma issiqlik quvvati deyiladi. (5.29) Tok kuchini uning zichligi orqali ifodalab: (5.30) (5.29) va (5.30) lardan: yoki (5.31) (5.31) Joul-Lens qonuning differensial ko’rinishidir. (Elektr tokining issiqlik ta’siridan har xil maqsadlarda foydalanish mumkin. cho’g’lanma tolali lampa yaratilishi. Mufel pechlarining ishlash prinsiplari elektr tokining issiqlik ta’siriga asoslangan). Download 7.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling