50. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi qanday?
J: Jahon maydonlarida fuqarolarning mafkuraviy poligonlar tahdidini doimo his qilib yashashi, mislsiz ilmiy kashfiyotlar, universal texnologiyalar, axborotlar tarqatishlar, globallashuv.
51. Diniy konfessiya – ...
J: Muayyan dinga e’tiqod qiluvchi kishilar jamoasi.
52. Axborot xavfsizligi -
J: Axborot resurslar va kanallarning himoyalanganlik darajasi hamda ma’lumotlar manbasiga yo‘l topish holatidir
53. Prozelitizm so‘zining ma’nosi?
J: Boshqa dindagi kishilarni o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilish.
54. "Mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan qudratlidir" degan fikr kimga tegishli ?
J :Islom Karimov
55. Diniy globallashuv ...
J: bir tomondan, vijdon erkinligi va bag‘rikenglik tamoyillari asosida dinlararo sog‘lom muloqotning intensivlashuvi, diniy ong va madaniyatning rivojlanishi, ikkinchi tomondan, diniy niqob ostidagi g‘arazli kuchlar hamda soxta diniy oqimlar faoliyatining kuchayib borishidan iborat murakkab va ziddiyatli hodisa hisoblanadi.
56. «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida keltirilgan?
J: 31-moddasid
58. Kosmopolitizm ...
J: Kosmopolitizm (grekcha kosmopolites-dunyo fuqarosi) - "jahon davlati" tuzishni va "jahon fuqaroligi"ni targ‘ib qiluvchi ta’limot. Kosmopolitizm jahon miqiyosida axborot ayirboshlash imkoniyatlari oshib borayotgan hozirgi davrda Vatan tushunchasi nisbiy xarakterga ega ekanini ro‘kach qiladi.
59. Fuqarolik jamiyati bu...?
J: fuqarolarning o’z-o’zini boshqarishi.
60.Globallashuv atamasi kim tomonidan va nechanchi yil ilmiy muomalaga kiritilgan?
J: T.Levitt, 1983 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |