Joy plani va geografik xaritalarga oid mavzularni o'qitishda mashqlardan foydalanish usuli


Download 17.11 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi17.11 Kb.
#1049079

Joy plani va geografik xaritalarga oid mavzularni o'qitishda mashqlardan foydalanish usuli
Geodeziya va topografiya fanlari, ularning ahamiyati, ilmiy-amaliy vazifalari va bosbqa fanlar bilan aloqasi Hudud uning qog‘ozda kichraytirilgan tasviri topografik xaritalar asosida o‘rganiladi. Topografik xarita faqat yer yuzasini har tomonlama o‘rganishdagina emas, balki territoriyani hudud jihatdan o‘zlashtirish, tabiiy resurslami hisobga olish va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish hamda turli xil inshootlar qurish kabi ilmiy va amaliy ishlarda keng qo‘llaniladi. Topografik xarita barcha geografik xaritalami tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Umuman, mamlakatimiz hududining topografik xaritalarini tuzish qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vositalaridan biri hisoblanadi. Ma’lum bir hududning topografik xaritasini tuzish uchun mazkur hududni topografik jihatdan o‘rganib, uning plani olinadi. Yer yuzasini topografik jihatdan o‘rganish maqsadida uning planini olish nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanadigan fan topografiya deyiladi. Topografiya grekcha so‘z bo‘lib “joyni tasvirlash” degan ma’noni bildiradi. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlana borishi munosabati bilan hududni topografik jihatdan o‘rganish va uning planini olish metodlari ham taraqqiy eta borgan. Dastlabki vaqtlarda joyning plani yoki xaritasi ko‘z bilan chamalab, keyinchalik oddiy asboblar bilan plan asosida tuzilgan bo‘Isa, endilikda takomillashgan asboblar bilan plan olish yoki samolyot va kosmosga o‘matilgan maxsus aerofotoapparat bilan olingan joy suratini (aero va kosmosuratni) qayta ishlash natijasida tuziladi. Hozirgi vaqtda yer yuzasini topografik xaritasini tuzishda plan olishning turli metodlari qo‘llanadi. Topografik plan olishning ana shu metodlarini o‘rganish hamda plan olish ishini tashkil etish va bajarish topografiyaning asosiy vazifasidir. Topografiyani, ko‘pincha geodeziya deb ham yuritadilar. Lekin topografiya bilan geodeziya bir mazmunli fan emas. Geodeziya yer ustida o‘lchash ishlari bilan shug‘ullanadi. Bu o‘lchash ishlari yeming shakli va kattaligini aniqlash hamda xarita va plan tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladigan geodezik tayanch shaxobchalarini Ьафо qilish maqsadida bajariladi. Bulami o‘rganish va bajarish oliy geodeziyaning vazifasiga kiradi, Geodezik o‘lchash metodlari turli inshootlami, masalan, gidrotexnika, gidromelioratsiya inshootlarini qurishda, har xil sanoat va kommunal xo‘jalik qurilishlarida, yerlami qismlarga bo‘lishda hamda boshqa shu kabi ishlarda keng qo‘llaniladi. Bu o'lchash ishlarini o‘rganish va bajarish geodeziyaning vazifasi hisoblanadi. Geodezik o‘lchashlardan va bu o‘lchashlaming yakunlaridan topografiya foydalanadi. Masalan, geodezik sliaxobchalarsiz hududning topografik xaritalarini tuzish murnkin emas. Yer shakli tushimchasi yagona emas va u yoki bu inasalalami yechish aniqligiga qo‘yilgan talabga ko‘ra Yeming shakli va o‘lchamlarmi turiicha talqin qilish murnkin. Bir holatda Yemi shar deb qabul qilish mumkin bo‘Isa, boshqa holatda, masalan, geodeziya va kartografiya ko‘plab masalalami yechishda qutbiv siqiqligi bo‘lgan ikki o‘qli aylanma ellipsoid deb qabul qilinadi. Quruqlik Yer yuzasining 1/3 hissasiga yaqin qismini tashkil etadi. Uning yuzasi dengiz yuzasidiin o'rtacha 900 m baland ко Чап lib turadi, bu esa Yeming o'rtacha radiusi R-6371 km ga nisbatan juda kichik miqdordir. Yer yuzasini 70% dan ko‘pi dengiz va okeanlar bilan qoplangani sababli Yeming shakli deb birinchi yaqinlashishda, dengiz va okeanlaming tinch holatdagi yuzasi bilan chegaralangan va suv yuzasini materiklar ostidan barcha nuqtalarda shovun chizig'i yo‘nalishiga рефеп«11ки1уаг davom ettirish bilan hosil qilmgan shakl qabul qilingan (1.1- rasm). Yeming bunday shakli nemis fizigi Listingning taklifiga ko‘ra geoid deb ataladi. Geoidni o‘rganish bilan geodezistlar 100 yildan ortiqroq vaqt davomida shug‘ullangan. Hozirgi kunda dunyo okeani akvatoriyasida sun’iy yo‘ldoshdan altimetriya usulida uni ostidagi dengiz va okean yuzasidagi nuqtalargacba bo‘lgan masofalami o‘lchab, geoid sirtini yuqori aniqlikda (balandlik bo‘yicha 0,1 - 0,3 m gacha) o‘rganilmoqda. Yeming shaklini o‘rganishda ko‘p vaqtlardan beri quyidagi tarzda yondosxiladi. Dastlab sirti nisbatan oddiy va geometrik jihatdan yaxshi o‘rganilgan, unda geodezik masalalami yechish uchun qulay va birinchi yaqinlashishda yeming shakli va o‘lchamlarini to‘liq xarakterlaydigan yer modelining shakli va oMchamlari aniqlanadi. So‘ngra bu Yer modelining yuzasi boshlang‘ich deb qabul qilinib, unga nisbatan o‘rganiluvchi shakl - geoid (kvazigeoid) yoki real Yeming yuzasidagi nuqtalaming balandliklari aniqlanadi, shu tariqa konkret shakli va o‘lchamlarini tavsiflovchi ma’lumotlar olinadi. Geodeziya masalalarini yechishda bunday shakl sifatida umumyer ellipsoidi deb ataluvchi kichik qutbiy siqilishli aylanma ellipsoid qabul qilinadi. Gauss - Kryugerning to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi. Yuqorida aytib o'tganimizdek Yer sharini yuzasini tekis yuzaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tasvirlab bo‘lmaydi. Buning uchun Yer sharining tabiiy yuzasini awallo ellipsoid yuzaga, undan keyin esa tekis yuzaga tasvirlash kerak. Bu ancha qiyin va murakkab matematik masaladir. Yer ellipsoidi yuzasini tekis yuzaga tushirish usuliga kartografik proyeksiya deyiladi. Xaritani maqsadiga ko‘ra uning proyeksiyalari ham har xil bo‘ladi. Hamma yirik masshtabli topografik xaritalar tuzishda, nemis olimlari Gauss va Kryugerlar taklif qilishgan teng burchakli ko‘ndalang slindrik proyeksiyadan foydalaniladi. Bu proyeksiyaning geometrik xususiyati shundan iboratki, Yer shari bosh meridiandan boshlab sharq tomonga 6° li 60s ta zonaga O - . . . . bo‘lingan. Bu 6 li zonalaming har biri alohida - alohida ko‘ndalang slindr ichiga joylashtirilib so‘ng yoyiladi ya’ni proyeksiyalanadi. BGnda burchaklar o‘zgarmasligi shart qilib olingan. Shunga ko‘ra bu proyeksiyada tuzilgan topografik xaritalarda tasvirlangan burchaklar yer yuzasidagi shu burchaklarga teng bo‘ladi 2 nuqta orasidagi masofalar ham deyarli xatosiz tasvirlanadi. Binobarin, topografik xaritalarda masshtab hamma joyda deyarlik bir xil bo‘ladi. Bu esa topografik xaritalarda nuqtalaming geografik va to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlashga imkon beradi. Nuqtalaming geografik koordinatalari (kenglik va uzoqliklar) burchaklar birligida gradus, minut, sekundlar bilan o‘lchansa, to‘g‘ri burchakli koordinatalar esa burchak birligida emas uzunlik o‘lchov birligida ya’ni km, m hisobida ko‘rsatiladi. Davlat geodezik tayanch tarmog‘i o‘zidan past darajadagi geodezik tarmoqlarni rivojlantirish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Davlat geodezik tarmog‘i planli va balandlik tarmoqlariga bo‘linadi. Planli tarmoq triangulyatsiya, poligonometriya va trilateratsiya usullarida, balandlik tarmoq esa geometrik nivelirlash usulida quriladi. Davlat planli va balandlik tarmoqlarining har biri 4 ta sinfga (1,2,3 va 4) boiinadi. Davlat planli 1 sinf tarmog‘i triangulyatsiya yoki poligonometriya qatorlaridan tashkil topgan poligonlar qo‘rinishida quriladi. Davlat 2 sinf planli tarmog‘i 1 sinf poligoni ichida yaxlit uchburchaklar tarmog‘i ko‘rinishida quriladi. 3 va 4 sinf punktlari alohida uchburchaklar sistemasidan tashkil topib o‘zidan yuqori sinf tarmog‘i punktlariga bog‘lanadi (tayanadi). Zichlash geodezik tarmoqlari davlat geodezik tarmoq punktlarini yanada ziehlash (qalinlashtirish) maqsadida rivojlantiriladigan 1 va 2 razryad triangulyatsiya yoki poligonometriya tarmoqlaridan iborat. Geodezik syomka tarmoqlari. Teodalit yo‘llari syomka geodezik tarmog‘i berilgan masshtabdagi topografik syomkani bujurishni ta’minlaydigan darajagacha geodezik tarmoqni ziehlash va turli maqsadlardagi qurilish ishlarida geodezik asos sifatida quriladi. Syomka tarmog‘i teodolit yo‘li (planh tarmoq) va teodolit - nivelir yo‘li ko‘rinishida quriladi. Syomka tarmog‘i trangulyatsiya usulida ham qurilishi mumkin. Teodolit yo‘li yopiq yoki ochiq ko‘pburchaklardan tashkil topib ularni burilish nuqtalari o‘mi joyda mahkamlanib koordinatalari bir sistemada aniqlangan bo‘ladi. Teodolit yo‘li nuqtalari syomka qilinadigan maydonda bir xil oraliqda, bir - biridan ko‘rinadigan hamda nuqtalar orasidagi tomonlar uzunligini o‘lchash uchun qulay joyda tanlanadi. Yo‘l tomonlari uzunligi syomka masshtabiga bog‘liq belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak: masalan, 1: 500 uchun 0,8 km; 1:1000 - 1,2 km; 1:2000 - 2,0 km; 1:500 - 4 km yo‘l punktlaridan eng kamida 1 ta 2 tasi davlat geodezik punktlariga bog‘lanishi ko‘zda tutiladi. Joyga chiqib yo‘l nuqtalari maxkamlanadi. Yo‘l tomonlarining burilish burchaklari texnik aniqlikdagi teodolit bilan to‘la qabul usulida o‘lchab chiqiladi. Yo‘l tomonlari uzunligi tasma yoki dalnomerda ikki marotaba (to* g‘ri va teskari yo‘nalishda) o‘lchanadi. Geografik xarita - Yer yuzasining yoki uning biror qismini yeming egriligini hisobga olib, ma’lum matematik qoidalar asosida biroz o'zgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qog‘ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proyeksiyasi) bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlaming geografik o‘mini, joylashishini, holatini, vaqt mobaynida o‘zgarishini va ular orasidagi o'zaro bogliqlikni ko!rsatadi. Nuqtalami ham planli ham balandlik o‘rnini (holatini) aniqlashga imkon beradigan joyni mufassal (batafsil) xaritasiga topografik xarita deyiladi. Mazmuniga ko‘ra topografik xaritalar geografik xaritalarning umumgeografik xaritalar guruhiga kiradi. Ma’lumki, umumgeografik xaritalarda joyning barcha (hamma, jami) asosiy elementlari (relyef, gidrografiya, crsimlik qoplami va gruntlar, aholi punktlari, yo‘llar va aloqa vositalari, siyosiy-ma’muriy chegaralar, iqtisodiyot va madaniyat elementlari) bir xil aniqlikda mukammallikda ko‘rsatiladi. Masshtabining yirik maydaligiga qarab ular topografik (1:10000, 1:25000, 1:50000 va 1:100000); obzor topografik (1:200000, 1:300000 va 1:500000) va obzor (1:1000000 va undan mayda) xaritalarga bo‘linadi.
Download 17.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling