Joylashish sharoitlari
Konlarning joylashish sharoitlari
Download 475.36 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
Konlarning joylashish sharoitlari.
Turli tabiiy sharoitlarda joylashgan, istalgan shakldagi foydali qazilmalar koni ochiq usulda qazib olinadi. Kon ishlari texnologiyasi va mexanizatsiyasini tanlashga hamda umumiy texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarga konning joylashish sharoitlari ta’sir kо‘rsatadi. Bu sharoitlarning turlichaligiga qaramasdan ularning barchasi bir-biridan farqqiluvchi belgilari bо‘yicha quyidagi turlarga bо‘linadi (3.1-rasm): 1. Konlar shakliga qarab quyidagilarga bо‘linishi mumkin: a) qalinligi va ustki hamda ostki tekis yuzalari nisbiy saqlangan qatlamsimon uyumlar va qatlamlar ( a,b,v,g,d,ye,j) b) murakkab shaklli uyumlar; v) tektonik buzilgan qatlamlar tizimi (z,i,k,l,m). 2. Uyumlarning yer ustiga nisbatan joylashishiga qarab konlar quyidagilarga ajratiladi: a) yer yuzasiga yaqin joylashgan yoki kichik qalinlikdagi nanoslar bilan qoplangan ustki turdagi konlar (a); b) yer yuzasiga nisbatan pastda joylashgan chuqur turdagi konlar (b,v,g,d,ye,j,z,k,m); v) yer yuzasiga nisbatan balandda joylashgan ya’ni, tog‘ yonbag‘rida yoki tepalikda joylashgan tog‘li turdagi konlar; g) qisman tog‘da yoki tog‘ yonbag‘rida va chuqurlikda birga joylashgan baland-chuqur turdagi konlar (i,l). 3. Gorizontga nisbatan qiyalik burchagi buyicha foydali qazilmalar uyumining quyidagi turlari mavjud (3.1-rasm): a) gorizontal yoki 10-15 gacha qiyalik burchagiga ega bо‘lgan nishab (a,b,v,g,d); Bunday sharoitlarda ruda tanasining yon tomonidan qazib olish tavsiya etilmaydi va imkoni boricha qoplovchi jinslarni qazib olingan maydonga joylashtirish kerak. b) qiyalik burchagi 10-15 dan 25-30 gacha bо‘lgan qiyaliklar (3.1-rasm j); Bunday sharoitlarda qoplama jinslarni qazib olingan maydonga joylashtirishga yul qо‘ymaydi, biroq jinslarni ruda yon tomonidan yetkazib berish talab etilmaydi; v) qiyalik burchagi 25-30 dan yuqori bо‘lgan tik (ye,z,i,m). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling