Jquery selektorlar,hodisalar. Jquery ui


else if (name == "Rustam" || name == "Axmedov") { console


Download 129.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi129.49 Kb.
#1578721
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
web-3

else if (name == "Rustam" || name == "Axmedov") {
console.log("Salom Rustam Axmedov!");
}
else {
console.log("Salom notanish odam!");
}
If-else ham o’zgarishsiz.
Umumiy dasturlash teoriyasini o’rganib, boshqa tillarni oson o’zlashtirishingiz mumkin degan
edim. Mana, JavaScript o’zagini darrov tushunib oldik. Agar umumiy dasturlash teoriyasini
yaxshi tushungan bo’lsangiz, boshqa tillarni ham shunaqa tez o’zlashtirishingiz mumkin. Endi siz
istalgan tilda dastur yoza olasiz. Bu narsa php darsida ham o’z isbotini topgan edi.
Lekin har hil tillarda o’zinig qo’shimcha “shirinliklari” bor, ya’ni boshqa tillarda yo’q biror qulay
imkoniyatlar.


let bar = function () {
console.log('Hello, world!');
}
Misol uchun funksiyalarni o’zgaruvchanda saqlashimiz mumkin. Bunaqa funksiyalar anonim
funksiyalar deyiladi. Chunki funksiyaning nomi yo’q.
bar();
Endi ushbu funksiyani chaqiramiz.
let foo = {};
Yana bir misol: JavaScript tilida obyektlarni birdaniga, sinflar yozmasdan yaratish mumkin.
Obyekt yaratish uchun figuralik qavs ochib-yopamiz.
let foo = {
name: "Akmal"
};
Orasida xususiyat yozamiz. Xususiyat va qiymatimiz ikki nuqta belgisi orqali ajralib turadi. Hozir
biz foo obyektini yaratdik, uning bitta – name nomli xususiyati bor. Uning qiymati Akmal ga teng.
let foo = {
name: "Akmal",
age: 32
};
Xususiyatimizdan so’ng vergul qo’yib, boshqa xususiyatlar ham yozishimiz mumkin.
let foo = {


name: "Akmal",
age: 32,
sayMyName() {
console.log(this.name);
}
};
Obyektimizning usullari ham bo’lishi mumkin. E’tibor berganingizdek usul nomi oldidan, na
function [fankshn] kalit so’zi, na funksiyanig turi haqida ma’lumot ko’rsatmaymiz.
foo.sayMyName();
Keling ushbu funksiyamizni chaqiramiz. Konsolda “Akmal” so’zi chiqdi. Demak hammasi joyida.
Ushbu obyekt yaratish formati JSON, ya’ni JavaScript Object Notation – deyiladi. Bu shunaqa
qulay formatki, uni JavaScript’ga a’loqasi bo’lmagan tillar ham ishlatishadi.

Download 129.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling