Ajratish organi bo’lib juft chanoq buyragi-metanefros xizmat qiladi. CHanoq buyraklaridan bir juft siydik yo’llari chiqadi. Siydik yo’llari orqa tomonidan kloaqaga ochiladi. Qorin tomondan kloaqaga siydik pufagi ochiladi. - Ajratish organi bo’lib juft chanoq buyragi-metanefros xizmat qiladi. CHanoq buyraklaridan bir juft siydik yo’llari chiqadi. Siydik yo’llari orqa tomonidan kloaqaga ochiladi. Qorin tomondan kloaqaga siydik pufagi ochiladi.
- Ko’payish organlari. Jinsiy bezlari tana bo’shlig’iga umurtqa pog’onasining yon tomonidan joylashadi. Erkaklarning ko’payish organi oval tangacha shaklida bo’ladigan juft urug’donlardan iborat. Urug’donlardan kanalchalar chiqib: urug’don xosil qiladi. Bu urug’ yo’liga aylanadi. Kaltakesaklarning kloakasining orqa devori bo’rtib, kopulyativ organ xosil qiladi. Urg’ochi kaltakesakning tuxumdonlari bel umurtqalarining ostida joylashadi. Tuxum yo’lining oldingi uchi tana bo’shlig’iga, keyingi uchi esa kloakaga ochiladi. Urug’langan tuxum oq moddasining yo’qligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Tuxumda qattiq po’stloq xam bo’lmaydi. Tuxum terisimon parda bilan qoplangan. Urug’lanishi ichki. Kaltakesaklarning embrionlarini atrofini o’rab oladigan xamda embrion ustida bir biriga qo’shilib ketadigan amnion bilan seroz pardasi va allantoius pufagi xosil bo’ladi. Bu burma keyingi qarab o’sadi va zarodishni o’rab oladi. Natijada: amnioning ichida amnion bo’shlig’i va amnion suyuqligi xosil bo’ladi. Amnion bo’shlig’i zarodish uchun muxit bo’lib xizmat qiladi. Amnion bilan bir vaqtda allantoius xam xosil bo’ladi. Allantoius zarodish uchun xam nafas olish xam siydik pufagi bo’lib xizmat qiladi. Bu qobiqlar tuxumni mexanik ta’surotlardan qurib qolishdan saqlaydi.
1. Xartum boshlilar turkumi – Rhynchocephalia. Bu turkum o’z ichiga eng qadimgi sudralib yuruvchilarning shu kunga qadar yashab kelgan yagona turini-gatteriyani oladi. Gatteriya katta kaltakesakka o’xshaydi va bo’yi 75 sm gacha yetadi. Gavdasining ustida uchburchak shaklidagi shox palstinkalar qator bo’lib joylashadi. Umurtqasiz amfitsel tipda bo’ladi. Umurtqalarning orqasida xorda saqlanadi. Tepa ko’zi yaxshi rivojlangan. Nog’ora bo’shlig’i va nog’ora pardasi yo’q. Kopulyativ organi bo’lmaydi, bu sudralib yuruvchilar ichida yagona xol. Gatteriya yer yuzida faqat yangi Zellandiya va unga yaqin orollarda tarqalgan. Kam harakatchan va kechasi hayot kechiruvchi hayvonlar hisoblanadi. Albatros va boshqa okean qushlari bilan yer kovaklarida yashaydi. Hasharot va chuvalchanglar bilan ovqatlanadi. 8-12 ta tuxumi 12 oy davomida rivojlanadi. 20 yilda jinsiy yetiladi. - 1. Xartum boshlilar turkumi – Rhynchocephalia. Bu turkum o’z ichiga eng qadimgi sudralib yuruvchilarning shu kunga qadar yashab kelgan yagona turini-gatteriyani oladi. Gatteriya katta kaltakesakka o’xshaydi va bo’yi 75 sm gacha yetadi. Gavdasining ustida uchburchak shaklidagi shox palstinkalar qator bo’lib joylashadi. Umurtqasiz amfitsel tipda bo’ladi. Umurtqalarning orqasida xorda saqlanadi. Tepa ko’zi yaxshi rivojlangan. Nog’ora bo’shlig’i va nog’ora pardasi yo’q. Kopulyativ organi bo’lmaydi, bu sudralib yuruvchilar ichida yagona xol. Gatteriya yer yuzida faqat yangi Zellandiya va unga yaqin orollarda tarqalgan. Kam harakatchan va kechasi hayot kechiruvchi hayvonlar hisoblanadi. Albatros va boshqa okean qushlari bilan yer kovaklarida yashaydi. Hasharot va chuvalchanglar bilan ovqatlanadi. 8-12 ta tuxumi 12 oy davomida rivojlanadi. 20 yilda jinsiy yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |